• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Sergelidagi xususiy maktab o‘quvchisi kaltaklangani aytilmoqda. Shifokorlar o‘quvchiga bosh miya jarohati tashxisini qo‘ygan

    Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi xususiy maktab o‘quvchisi shu maktabda ishlovchi to‘garak rahbari tomonidan kaltaklangan. Bu haqda “Daryo”ga kaltaklangan bolaning yaqinlari xabar berdi. 

    Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2025-yilning 4-aprel kuni sodir bo‘lgan. 

    Foto: Videodan kadr
    O‘g‘lim Abdullohni Sergelidagi “Mudarris” maktabiga o‘qishga bergandim. 7-sinfda o‘qiydi. Uning shaxmat ustozi bor ekan, tadbir bo‘layotgan paytda u o‘g‘limni urgan. Farzandim tadbir paytida sinfdoshi ukasining mazasi qochib qolganini aytmoqchi bo‘lib, uning oldiga borganida o‘qituvchi dastlab bolamning boshiga urgan. Keyin voqea joyida kamera borligi uchun uni kamerasiz xonaga olib o‘tib kaltaklagan. O‘g‘lim o‘qituvchisining kaltaklashi oqibatida yopiq bosh miya ichki jarohatini olgan. Xususiy klinikada ham tekshirtirdim, aynan shunaqa jarohat chiqyapti, deydi voqea haqida gapirgan Sherali Mahmudov. 

    Murojaatchining aytishicha, u kecha, 7-aprel kuni farzandini Chilonzor tumanidagi respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga ham olib borgan. 

    16-balnitsa’da ham bosh miya ichki jarohati deyishdi. Shifokorlar 102 qilishgan, IIBdan ariza olishgandi. Ammo natija yo‘q. Shu sabab kecha, 7-aprel kuni Sergeli tuman prokuraturasiga murojaat qilib, IIB xodimlarining harakatsizligini aytdim. Shunday bo‘lsa-da, natija yo‘q. Shu bois jurnalistlarga voqeani aytyapman, deydi murojaatchi. 

    Sherali Mahmudov “Mudarris” xususiy maktabiga borib, voqea sodir bo‘lgan paytda kameraga tushgan videoni olgan.

    Maktab direktori shaxmat o‘qituvchisini ishdan olganini aytgandi. Lekin o‘qituvchi yana maktabda faoliyat yuritayotgan ekan. Direktordan nega aldashganini so‘raganimda o‘zi 8 soat darsi bor edi, shuni o‘tib berib ketadi deyishdi, deydi u. 

    “Mudarris” xususiy maktabining Sergeli filiali direktori Zamira Sulaymonova “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda voqea kaltaklangan o‘quvchisi haqida ekanini bilgach, darsda ekanini, keyinroq o‘zi qo‘ng‘iroq qilishini bildirdi. Takroriy qo‘ng‘iroqqa javob bermadi. Maktabda akademik direktor sifatida faoliyat yurituvchi Sohibxon Ibragimovning ma’lumot berishicha, voqeadan so‘ng shaxmat to‘garagi rahbari ishdan olingan. Maktab direktoriga hayfsan berilgan. 

    Videoni ko‘rganimda shaxmat to‘garagi rahbarining bola boshiga bir marta urganini ko‘rib, unga maktabda joy yo‘qligiga amin bo‘ldim. Tan olish kerak to‘garak rahbari ancha tajribali, namunali xodimlardan biri edi. Yaxshi kadrdan ayrilish maktab uchun ham yomon. Biroq pedagogga xos bo‘lmagan xatosi uning shu yaxshi tomonlarini ham yopib ketdi. Uni ishdan oldik. Maktab direktoriga ham shunday holatga e’tiborsizlik qilgani uchun hayfsan berdik, deydi maktab mas’uli.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    8 aprel, 17:06   Izoh (0)   7888
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #maktab#Sergeli#o‘quvchi#o‘qituvchi#shifoxona

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.