• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonliklar 2023-yilda davlat byudjetiga qancha soliq to‘lagani maʼlum bo‘ldi

    O‘tgan yili mamlakat byudjeti daromadlarining 165,9 trillion so‘mi soliqlardan tushgan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri keldi. Yil davomida jismoniy shaxslar salkam 30 trillion so‘miga daromad solig‘i to‘lagan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    O‘tgan 2023-yilda davlat byudjeti daromadlari 231,7 trillion so‘mga yetdi (2022-yilda 201,8 trillion so‘m bo‘lgan). Daromadlarning 165,9 trillion so‘mi (tushumlarning 71,6 foizi) soliq, 58,4 trillion so‘mi (25,2 foiz) boj to‘lovlaridan shakllandi.

    Hisobot davrida daromadlar tarkibida bevosita soliqlar ulushi 31,6 foiz, bilvosita soliqlar 35,9 foiz, resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i 12,1 foizni tashkil etdi.

    Bevosita soliqlardan tushgan daromadlarning (jami 73,1 trillion so‘m) eng katta ulushi foyda solig‘i (40,8 trillion so‘m) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 29,9 trillion so‘m so‘mni (2022-yildagidan 5,6 trillion so‘m ko‘p) tashkil etdi.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Yil davomida bilvosita soliq tushumlari 83,32 trillion so‘mga yetdi. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘ining ulushi 57,9 trillion so‘m, aksiz solig‘i 15,8 trillion so‘m bo‘lgan.

    O‘z navbatida resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i 28 trillion so‘mni tashkil etdi. Bunday soliqlar tarkibidagi mol-mulk solig‘idan byudjetga 5,1 trillion so‘m, yer solig‘idan salkam 7 trillion so‘m, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan 15,3 trillion so‘m tushgan.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Vazirlik tahliliga ko‘ra, o‘tgan yili qo‘shilgan qiymat solig‘idan manfiy farqni qoplash uchun soliq to‘lovchilarga 21,6 trillion so‘m miqdorida QQS va keshbek summalari qaytarib berilgan.

    “Energoresurs qazib chiqarish, qayta ishlash hajmining kamayishi, dunyo bozorida paxta tolasi, don va kimyoviy o‘g‘itlar narxi pasayishi hamda yil boshida kuzatilgan anomal sovuq sharoitida korxonalar xarajatining oshishi va korxonalar faoliyatining vaqtincha to‘xtatilganligi soliq tushumlari yo‘qotilishiga olib keldi. Shu bilan birga, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz solig‘ining “nol” stavkasi belgilanishi hisobiga 2023-yilda tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida 1,3 trillion so‘m qoldirildi”, — deya holatni izohlagan Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

    O‘tgan yili aylanmadan olinadigan soliq 2,4 trillion so‘mni tashkil etib, tushumlar 2022-yildagiga nisbatan 105,4 milliard so‘mga (4,2 foiz) kam bo‘ldi. Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar soni 2022-yilga nisbatan 9,4 mingtaga (2,6 foiz) kamayib, 360 mingtani tashkil etdi.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda daromad solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslar soni 2023-yil yanvardagi 5 million 252 ming kishidan 5 million 527 ming kishiga (5,2 foiz) ko‘paygan. Mol-mulk solig‘i to‘lovchilar soni esa bir yil avvalgidan (7,6 million kishi) 2,1 foizga (7,76 million kishi) o‘sgan. Yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslar o‘tgan yilgidan 131,1 ming kishiga ko‘payib, 7 million 56 ming kishidan ko‘proqni tashkil qilgan.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Yuridik shaxslardan foyda solig‘i to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvarda 164,4 mingta, 2024-yil boshida 183,5 mingtani tashkil etgan. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslar soni o‘tgan yilning boshidagidan (164,4 mingta) sezilarli — 11,6 foizga (jami 183,5 mingta) oshgan.

    Shu bilan birga, yer solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslar soni 2023-yil 1-yanvardagi 180,2 kishidan yil oxiriga kelib 186,1 ming kishiga ko‘paygan. Mol-mulk solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslar soni ham o‘tgan yil avvalidagi 77,1 mingtadan yil oxirida 78,3 mingtaga oshgan.

    30.05.2024, 15:37   Izoh (0)   10903
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda inflyatsiya oshdi. Bozorlarda narxlar qanday o‘zgarmoqda?  

    22.05.2024, 18:10

    O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari jon boshiga necha puldan to‘g‘ri keladi? 

    23.05.2024, 18:30

    O‘zbekistonda muammoli kreditlar ulushi rekord darajada o‘sdi

    28.05.2024, 16:25

    O‘zbekistonda uy-joy narxlari nega tez oshmoqda? Markaziy bank izoh berdi

    29.05.2024, 16:45

    Avtomobillar asl narxidan qimmat sotilishda davom etmoqda — Markaziy bank

    29.05.2024, 19:35

    “Bino qurib sotish nosog‘lom banklar ishi” — iqtisodchi uchta davlat bankining biznes markazlari sotuvga qo‘yilgani haqida 

    30.05.2024, 12:40
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Braziliya AQSH tarif choralari tufayli JSTga shikoyat kiritdi

    Dunyo | 12 avgust, 00:15

    “Agar men bo‘lmaganimda, Putin hozir hech kim bilan gaplashmasdi ham” — Tramp

    Dunyo | 11 avgust, 23:50

    Boshidan o‘q yegan kolumbiyalik senator vafot etdi

    Dunyo | 11 avgust, 23:40

    AQSH maxfiy xizmati Putin va Tramp uchrashuvidan oldin Ankorijda bir uyni ijaraga olgan — NYT

    Dunyo | 11 avgust, 23:31

    Tramp Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan gaplashadi

    Dunyo | 11 avgust, 23:20

    Andijonda Damas 9 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 23:10

    “Xotiramni yo‘qotib qo‘yishni istagandim” — aktrisa Huvaydo Jumayeva oila sabab san’atdan ketishga rozi bo‘lgani haqida gapirdi (video)

    Shou-biznes | 11 avgust, 23:00

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:53

    O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi yalpi ichki mahsulotning 35 foiziga tengligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:40

    Janubiy Xitoy dengizida Xitoy va Filippin kemalari to‘qnashdi (foto, video)

    Dunyo | 11 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.