• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Farzand

    “Tolibon” haqida ham bor: atrofdagi olamni o‘zgartirayotgan qahramonlar to‘g‘risidagi multfilmlar

    Zamonaviy animatsiyada qizlar oq otdagi shahzodasini kutmaydigan syujetlar tobora ko‘paymoqda — ular yaqinlarini va erkin bo‘lish huquqini o‘zlari himoya qiladi. Bu multfilmlar butun dunyo qarshi bo‘lsa ham, ichki ovozni eshitish, o‘zingizga sodiq qolish va to‘g‘ri deb bilgan narsalaringiz uchun kurashish qanchalik muhimligini ko‘rsatadi.

    “Oila boquvchi” (2017)

    Rejissyor: Nora Tumi

    “Tolibon” hukmronligi ostidagi Kobul ayollarning erkak hamrohisiz ko‘chaga chiqishi mumkin bo‘lmagan joy. Bosh qahramon Parvona o‘qituvchi otasi tufayli o‘qish va yozishni biladi, ammo otasi taqiqlangan kitoblarni o‘qigani uchun qamoqqa olinadi. Oila boquvchisiz qolgach, u o‘g‘il bola kiyimini kiyib, oziq-ovqat izlab shaharga chiqishga qaror qiladi.

    “Oila boquvchi” Afg‘oniston va Pokistonda keng tarqalgan madaniy hodisa — bachaposh (forscha — “o‘g‘il boladek kiyingan”)ni tasvirlaydi. Qizcha erkin yurish va ish topish uchun erkaklar kiyimini kiyib, uzun sochlarini yashiradi. Bu tanlov Parvonaga vaqtinchalik imtiyozlar bersa-da, butun oilasini fosh bo‘lish xavfi ostida qoldiradi.

    “Kaguya malikasi haqidagi afsona” (2013)

    Rejissyor: Isao Takahata

    Сказание о принцессе Кагуя мультфильм, 2013, дата выхода трейлеры актеры  отзывы описание на Кинопоиске

    Eng qadimgi yapon hikoyalaridan biri — “Bambuk kesuvchi chol haqidagi qissa”ning ekranlashtirilgan talqini. Kambag‘al chol bambuk novdasida kichkina qizcha topib oladi. Chol o‘sha bambukdan oltin va ipak topmaguncha qizchani kampiri bilan birga tarbiyalaydi. Buni taqdir belgisi deb bilgan chol qizni oliyhimmat xonim sifatida tarbiyalash kerak, degan xulosaga keladi. Ota-onasi uni poytaxtga olib ketishadi, qizga Kaguya ismini berishadi va saroy xonimi hayotiga tayyorlashga kirishadilar.

    Malika Kaguya hayotsevar va mustaqil qahramonning timsoli hisoblanadi. U saroy odob-axloqini va sitra chalishni osonlikcha o‘zlashtiradi, biroq yuqori tabaqaning qolipiga sig‘ishdan va manfaat yuzasidan turmushga chiqishdan bosh tortadi.

    “Avril va soxta dunyo” (2015)

    Rejissorlar: Kristian Dimar, Frank Ekindji

    Dunyoda mashhur olimlar — Albert Eynshteyn, Nikola Tesla, Sergey Korolev va boshqalar g‘oyib bo‘la boshlaydi. Ularning yo‘qolishi tufayli texnologik taraqqiyot sekinlashib, ko‘mir energiyasiga bog‘liqlik resurslar uchun urushlarga olib keldi. Qolgan olimlar hukumat uchun ishlashga va yangi qurollar yaratishga majbur bo‘ladi.

    Bosh qahramon Avrilning oilasi hokimiyatdan yashirincha har qanday tirik mavjudotni o‘lim va kasalliklardan himoya qila oladigan “sirli zardob” preparatini yaratish bo‘yicha tajribalar o‘tkazayotgan edi. Biroq politsiya ularni fosh qilgach, oila qochishga majbur bo‘ladi va Avril ota-onasidan ajralib qoladi. Qizning yagona hamrohi gapiruvchi mushuk Darvin bo‘lib qoladi.

    O‘n yil o‘tgach, Avril ta’qiblardan yashiringan holda o‘z laboratoriyasida ishini davom ettiradi. Darvin, do‘sti Yuliy va bobosi bilan birgalikda u global inqirozning oldini olishga va oilasini qutqarishga harakat qiladi.

    “Yovvoyi oila” (2024)

    Rejissyor: Klod Barras

    Bosh qahramon Keriya Borneo orolida ulg‘ayadi. Uning otasi palma yog‘i ishlab chiqarish uchun o‘rmonlarni kesadigan kompaniyada ishlaydi. Mahalliy punan qabilasi uchun o‘rmon shunchaki yer emas, balki hayotning yagona manbai, shu bois ular uni yo‘q qilishni to‘xtatishga urinadi.

    Keriya o‘zi punanlar avlodidan, biroq onasi vafot etgach, otasi uni shaharga olib ketgan. U qizining sivilizatsiya yonida xavfsizroq bo‘lishiga umid qiladi, ammo eng katta xavf yovvoyi o‘rmon emas, balki uni yo‘q qilayotgan odamlar ekanligi ma’lum bo‘ladi. Qahramonga o‘z ildizlariga qaytishida amakivachchasi Selay, mehribon buva-buvisi va qo‘lga o‘rgatilgan orangutan Oshi yordam beradi. Ular bilan birga qiz o‘z xalqining madaniyatini kashf etadi va tabiat kuchini his qilishni o‘rganadi.

    “Bo‘rilar haqida afsona” (2020)

    Rejissyorlar: Tomm Mur, Ross Styuart

    “Bo‘rilar haqida afsona” — “Ovchi qiz”ni yaratgan Cartoon Saloon studiyasining yana bir asari. Bu safar voqealar XVII asr Irlandiyada kechadi. Robin — lord-protektorga xizmat qiluvchi ingliz ovchisining qizi. Qizaloq otasining izidan borishni orzu qiladi, biroq otasi unga qal’a devoridan tashqariga chiqishni qat’iyan man etadi: afsonalarga ko‘ra, o‘rmonda bo‘ri-odamlаr yasharmish. Robin baribir qochib ketadi va o‘rmonda Meb — sirli afsonalardagi bo‘riga aylanish qobiliyatiga ega bo‘lgan qizil sochli yovvoyi qizni uchratadi.

    Bo‘ri-odamlar dunyosi shaharliklar o‘ylaganidek dahshatli emas ekan. Meb bilan do‘stlashgach, Robin hayvonlar dushman emas, balki o‘rmonning ajralmas qismi ekanligini anglaydi. U otasiga bo‘rilarni qirib tashlash shart emasligini isbotlashga urinadi, ammo otasi uni tinglashni istamaydi. Aynan shu paytda Robin o‘z sirini bilib oladi: tushida u ham bo‘riga aylanar ekan.

    “Vaqtni bo‘ysundirgan qiz” (2006)

    Rejissyor: Mamoru Xosoda

    Makoto — o‘quvchi qiz, hayotidagi eng omadsiz kunlardan birini boshdan kechirmoqda: u poyezd tagida qolishiga oz qoladi, darslarga kechikadi va o‘qishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Kutilmaganda uning qo‘liga vaqt ichida sayohat qilish moslamasi tushib qoladi. Avvaliga u bu yangi kuchdan kundalik hayotida foydalanadi: baholarini to‘g‘rilaydi, sport natijalarini yaxshilaydi, do‘stlarining munosabatlariga aralashadi. Biroq vaqt o‘tishi bilan ma’lum bo‘ladiki, vaqt ichida sayohatlar soni cheklangan ekan va ba’zi qarorlarning oqibatlarini endi o‘zgartirib bo‘lmaydi.

    30 iyul, 16:59   Izoh (0)   2199
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT G‘arbning ko‘rsatmalari bilan faoliyat yuritadi — “Tolibon”

    Dunyo | 31 iyul, 12:05

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 31 iyul, 11:50

    Namanganda harakatlanayotgan mashina tomiga o‘tirib, video olgan ayolga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 iyul, 11:45

    Kamchatkadagi kuchli zilziladan so‘ng Yevrosiyodagi eng yirik vulqon otildi (video)

    Dunyo | 31 iyul, 11:40

    Shakarsiz gazli ichimliklar qandli diabetga chalinish ehtimolini 38 foizga oshirishi aniqlandi

    Ilm-fan | 31 iyul, 11:38

    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

    Reklama | 31 iyul, 10:30

    “Real” va “Atletiko” bir futbolchiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 31 iyul, 11:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.