• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Farzand

    Yozgi ta’tilda bola dars qilishi kerakmi? Mutaxassis javob berdi

    Bahor yakunlanib, maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq jaranglashi bilan bolalar uzoq kutilgan yozgi ta’tilga chiqishadi. Ko‘pchilik ota-onalar esa shu zahoti savolga duch keladi: “Yozda ham bola bilim olishdan uzoqlashmasligi kerakmi?” Ayrimlar farzandini o‘qishdan butunlay ozod qilish kerak desa, boshqalar bilim olishdan to‘xtamaslik tarafdori. Xo‘sh, qaysi yondashuv to‘g‘ri?

    Foto: Alamy
    Foto: Alamy

    Bu borada bolalar neyropsixologi, psixologiya fanlari nomzodi Varvara Yudenichning fikrlariga tayanamiz.

    Maktab o‘quvchisi yozgi ta’til paytida dars qilishi kerakmi?

    To‘qqiz oy davom etgan o‘quv yili bolaga katta yuklama beradi. May oyiga kelib, hatto eng yaxshi baholarga o‘qiydigan bolalar ham charchay boshlaydi. Doimiy zo‘riqqan miya dam olishga muhtoj, shuning uchun uzoq ta’tillar nafaqat ta’limning ajralmas qismi, balki zarurat hamdir. Yoz davomida bola kuch to‘playdi, chiniqadi, tana va ruhiyat resurslarini tiklaydi.

    Agar ota-onalar bolaga ruhan va jismonan dam olishiga yo‘l qo‘ymay, uni doimiy ravishda qo‘shimcha darslar bilan yuklayversa, buning oqibatida bola charchagan, asabiy holga tushadi va o‘qish samaradorligi pasayadi.

    Uch oylik ta’til bolaga ko‘plik qilmaydimi?

    Foto: Alamy
    Foto: Alamy

    O‘yin va hordiq uchun ajratilgan uchlik oy muddat dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi bolalar orzu qiladigan dam. AQShning birorta shtati va maktablarida bunday uzoq davom etadigan ta’til yo‘q. Shu bois, uch oylik dam olish ko‘plik qilmaydimi, degan mantiqiy savol yuzaga keladi.

    Ta’tilning uch oy davom etishiga, avvalo, o‘qituvchilar ham qarshi. Chunki ular sentyabrda bir necha haftani bolalar ta’til vaqtida unutgan bilimlarini tiklashga sarflashadi. Ular buni muntazam yozgi mashg‘ulotlar orqali hal qilish tarafdori. Biroq psixologiyada bunday fikrni yo‘q. Tadqiqotlarga ko‘ra, bola chinakam dam olishi uchun kamida ikki oy kerak. Uchinchi oy esa asta-sekin yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, yangi intizomga moslashish uchun zarur.

    Yil davomida o‘rganilgan ma’lumot miyaga chuqur singgan bo‘lsa, u uch oy ichida yo‘qolib ketmaydi. Ha, ayrim formulalar yoki qoidalar unutilishi mumkin, ammo ular bilan bog‘liq fikrlash usuli va amaliy ko‘nikmalar saqlanib qoladi. Demak, uch oylik dam olish o‘quvchining miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

    Kimlar yozda dars qilishi muhim?

    Foto: Alamy
    Foto: Alamy

    Aqliy va jismoniy rivojlanish darajasi normal bo‘lgan bolalar uchun yozda alohida mashg‘ulotlar shart emas. Agar o‘quvchining o‘zlashtirishida jiddiy muammo bo‘lsa, qo‘shimcha darslar o‘tish kerak.

    Agar o‘qituvchi bolaning sinfda qolishini yoki soddalashtirilgan dasturli maktabga/yangi sinfga o‘tishini tavsiya qilgan bo‘lsa, yozda dars qilish kerak bo‘ladi. Bunday holatda faqat repetitor bilan emas, balki muammoning ildizini — ya’ni ma’lumotni o‘zlashtira olmaslik sababini hal qiladigan mutaxassis bilan ishlash muhim. Bu logoped, psixolog yoki neyropsixolog bo‘lishi mumkin. Bunday bolalarga yozda repetitor bilan ishlash keyingi o‘quv yilidagi muammolarning oldini olishga yordam beradi.

    Bola yaxshi ko‘radigan barcha qo‘shimcha darslar va to‘garaklarni yozda to‘xtatib qo‘ymaslik zarur. Ayniqsa, sport va ijodiy mashg‘ulotlar foydali bo‘ladi. Bolada chinakam qiziqish uyg‘otadigan har qanday qo‘llanma ham o‘rinli: masalan, husnixat uchun chiroyli daftarlar, g‘ayrioddiy va quvnoq masalalar to‘plamlari, ko‘paytirish jadvalini o‘rganishga yoki o‘qish malakasini oshirishga yordam beradigan mavzuli stol o‘yinlari shular jumlasidandir.

    Kitob o‘qishni mashq qilish uchun esa xohishga qarab sevimli kitoblarni tanlash mumkin. Boshqa badiiy asarlarni yozda audio shaklida tinglash ham foydali.

    Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikni osonlashtirish uchun ta’til vaqtida nimalar qilish kerak?

    Foto: Alamy
    Foto: Alamy

    Yoz — bu harakat va o‘yinlar mavsumi. Bola qancha ko‘p ochiq joylarda harakatda bo‘lsa, shu qadar miya faoliyati rivojlanadi. Quyidagilar maktab o‘quvchisining o‘qish ko‘rsatkichini yaxshilashga yordam beradi:

    • toza havoda uzoq sayrlar, tog‘ va dalalarga chiqish;
    • turli yuzalarda (maysa, qum, tosh) yalangoyoq yurish;
    • suv, loy, qum ishtirokidagi o‘yinlar;
    • koptok bilan o‘yinlar (futbol, voleybol, basketbol);
    • harakatli o‘yinlar (quvlashmachoq, berkinmachoq);
    • faol dam olish (toqqa chiqish, suzish, sakrash, arg‘imchoqda uchish);
    • boshqa bolalar bilan muloqot;
    • yangi, yorqin taassurotlar (sayohatlar ham kiradi);
    • ko‘p miqdorda yangi sabzavot, meva va rezavorlar iste’mol qilish;
    • to‘g‘ri kundalik rejim va doimiy suv ichish.

    Xulosa qilib aytganda, kun bo‘yi toza havoda faol o‘yinlar bilan band bo‘lish va sevimli kitoblarni o‘qib turish yozgi ta’tilni o‘tkazishning eng yaxshi usulidir.

    10 iyun, 21:50   Izoh (0)   1128
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #farzand#ta’til#ta’lim#tarbiya#psixologiya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janozadan to‘g‘ri sahnaga. Yaqinlarini yo‘qotgan bo‘lsa-da, muxlislari uchun sahnaga chiqqan o‘zbek sanʼatkorlari 

    22 may, 15:42

    “Hayvonlar shahri 2”ning birinchi tizer-treyleri chiqdi: Judi va Nik qaytmoqda

    21 may, 16:55

    Aktrisa Keyt Uinsletning qizi Kann kinofestivalida debyut qildi

    21 may, 18:45

    Toshkent metropoliteni xodimi homilador xotinini o‘ldirib, kanalga tashlab yubordi

    21 may, 18:30

    Yozgi ta’til boshlanishidan avval bolalarda o‘tkazish kerak bo‘lgan 5 ta muhim tekshiruv

    23 may, 10:56

    “Jahongir Poziljonov shartimni yaxshi bajaryapti”. Elmurod Haqnazarovning “Djigar” konsertidan reportaj 

    22 may, 21:40

    “Farzandlarimning tarbiyasida ko‘p ishtirok etolmaganman”. Zohida Umarova o‘g‘li Yorqinxo‘ja va qizi Madlen haqida

    28 may, 18:01

    O‘nta bo‘lsa o‘rni bo‘lak: jahon shou-biznesining ko‘p farzandli yulduzlari

    24 may, 16:25

    Qiziqarli va foydali: bolalarning zerikishiga yo‘l qo‘ymaydigan 8 ta interaktiv o‘yinchoq

    24 may, 14:35

    XX asrda Gollivud aktyorlari amal qilishi majburiy bo‘lgan qat’iy qoidalar

    26 may, 10:25

    “Bo‘ydoq yigitga turmushga chiqqanman”. Instabloger Kamola Oripova ikkinchi turmushidan baxt topgani haqida

    26 may, 19:45

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    27 may, 21:40

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    27 may, 22:20

    Sara Jessika Parker farzandlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlamoqchi emas

    30 may, 13:24

    Mashhurlikdan voz kechib, san’atni butunlay tark etgan o‘zbekistonlik san’atkorlar

    30 may, 16:17

    Bolalikdanoq tishlarga zarar yetkazadigan 6 ta mahsulot

    30 may, 16:43

    San’atkorlar oilasida tug‘ilgan, 3 yoshida sahnaga chiqqan va Asal Shodiyevaning qalbini zabt etgan Shohruxxon 40 yoshda

    2 iyun, 15:10

    Nobud bo‘lgan homila, zo‘ravon er va mudhish kasallik: “Mening go‘zal enagam” — Anastasiya Zavorotnyuk hayotidagi fojialar haqida

    2 iyun, 11:47

    Futbol yulduzlarining mashhurlikda o‘zidan qolishmaydigan rafiqalari

    3 iyun, 15:05

    “Ota-onalik — bolaligingda yoningda ko‘rishni istagan katta odam bo‘lish imkoniyatidir”. Milliarderlar farzandlarini qanday tarbiylaydi?

    3 iyun, 13:28

    Taqiq, cheklov va jazolar: Yaponiya imperatorlari qanday yashaydi?

    3 iyun, 09:44

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Britaniyalik 2 yoshli bolakay dunyoning yuqori intellektli insonlari jamiyatining eng yosh a’zosiga aylandi

    3 iyun, 19:28

    Yaqin Sharqning eng go‘zal qirolicha va malikalari qanday ko‘rinishga ega?

    4 iyun, 20:11

    Pitt, Beyonse, Madonna va boshqa dunyo yulduzlarining farzandlari nima bilan shug‘ullanmoqda?

    5 iyun, 13:19

    Vyetnamda “bir oilaga ikki farzand” siyosati bekor qilindi

    4 iyun, 20:45

    Omadsiz 4 ta nikoh, qizining vafoti. Umri davomida ko‘plab “taqdir hazillariga” bardosh berib kelayotgan aktrisa Barbara Brilska — 84 yoshda

    5 iyun, 21:30

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi 

    7 iyun, 16:20

    “Ozodlikka qorong‘i yo‘l orqali” — avval qizil armiyada, so‘ng Turkiston legioni va AQSH razvedkasida ishlagan o‘zbek o‘g‘loni haqida

    8 iyun, 13:30

    Mashhur turk seriallarining eng go‘zal qahramonlari: aktrisalar o‘z qahramonlariga qanchalik o‘xshaydi?

    10 iyun, 09:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.