Surxondaryo viloyati Uzun tumanida Nexia urib yuborgan 8 yoshli qizaloq vafot etdi. Bu haqda “Hudud” dasturida xabar berildi.

Maʼlum qilinishicha, 29 yoshli fuqaro Nexia-2 avtomobilini boshqarib kelib, yaqin atrofda maktab borligini ko‘rsatuvchi belgi bo‘lsa-da, tezlikni pasaytirmagan. Oqibatda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizaloqni urib yuborgan.
Holatga guvoh bo‘lgan qizaloqning dugonasi voqea haqida uning onasiga xabar bergan. Ayol yetib borganda farzandi shifoxonada vafot etgan bo‘lgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudida holat yuzasidan ish ko‘rib chiqildi.
Sud hukmi bilan haydovchi 2 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Yo‘llarda bolalar o‘limi
2024-yil noyabr oyida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Cobalt katta tezlikda voyaga yetmagan ikki qizni urib yubordi. Shuningdek, Samarqandda avtobus maktab yaqinida yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgandi. Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisi Nexia urib yuborishidan vafot etgandi.
Senat bergan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yilning 5 oyi davomida jami 359 nafar o‘quvchi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan va 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohatlari olgan. 2023-yilda bolalar bilan bog‘liq 1 794 ta YTH yuz berib, ularda 1 568 nafar bola jarohatlangan, 263 nafari vafot etgan.
Sentyabrda Toshkentda BYD 9 yoshli maktab o‘quvchisini urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgandi. Xuddi shu kabi holat iyul oyida Navoiy viloyati Xatirchi tumanida sodir bo‘lgan. Katta tezlikda harakatlanayotgan BYD piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 9 yoshli qizaloqni bosib ketgan. O‘sha oyda Samarqandda 7 yashar bola avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etdi. Aprelda Jizzaxda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi.
Bolalar ishtirokida ayanchli YTHlar ko‘paygach, jamoat faollari yo‘llarda bolalar o‘limi uchun siyosiy javobgarlik bo‘lishi kerakligini aytdi.
- Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi.
- Yana Namangan: 4-sinf bola 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi.
- “Tormoz ishlamay qoldi”. Namanganda ikki sinfdosh ijaraga olingan mashinada YTHga uchradi (video).
- Sirdaryoda yuqori tezlikda harakatlangan haydovchi 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi (video)
- Yangiyo‘lda yuk mashina haydovchisi velosipeddagi 9 yoshli bolani bosib ketdi (video)
- Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi
- Farg‘onada Nexia haydovchisi bosib ketgan velosipeddagi 12 yoshli bola vafot etdi (video)
Izoh (0)