O‘zbekistonda aholi zichligi yildan yilga oshib borayotgani ma’lum bo‘ldi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga respublika bo‘yicha aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 83,6 kishini tashkil etmoqda.
Yillar bo‘yicha aholi zichligi dinamikasi quyidagicha:
- 1991-yil — 46,1 kishi
- 1995-yil — 50,2 kishi
- 2000-yil — 54,6 kishi
- 2005-yil — 58 kishi
- 2010-yil — 62,4 kishi
- 2015-yil — 69,1 kishi
- 2020-yil — 75,5 kishi
- 2025-yil — 83,6 kishi
1-aprel holatiga hududlar bo‘yicha aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida 1 km² ga o‘rtacha 6 983,2 kishini, Andijon viloyatida 807,9 kishini hamda Farg‘ona viloyatida 615,7 kishini tashkil etgan.
Hududlar kesimida 1 km² ga to‘g‘ri keladigan aholi soni quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 12,2 kishi
- Andijon viloyati — 807,9 kishi
- Buxoro viloyati — 51,8 kishi
- Jizzax viloyati — 72,8 kishi
- Qashqadaryo viloyati — 128 kishi
- Navoiy viloyati — 9,9 kishi
- Namangan viloyati — 422,7 kishi
- Samarqand viloyati — 257,3 kishi
- Surxondaryo viloyati — 147,3 kishi
- Sirdaryo viloyati — 218,3 kishi
- Toshkent viloyati — 206,2 kishi
- Farg‘ona viloyati — 615,7 kishi
- Xorazm viloyati — 337,1 kishi
- Toshkent shahri — 6 983,2 kishi.
Aholi soni bo‘yicha statistika
1-aprel holatiga O‘zbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 37,7 mln kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich, 2024-yilning mos davriga nisbatan 2 foizga ko‘paygan.
Shundan:
- ayollar soni — 18 714,9 ming kishi;
- erkaklar soni — 18 982,9 ming kishi;
- shahar joylarda — 19 216,4 ming kishi;
- qishloq joylarda — 18 481,4 ming kishi.
O‘zbekistonda 2025-yilda necha kishi vafot etishi mumkinligi prognoz qilingan edi. O‘zbekistonda o‘limlar soni 2025-yilda 223,9 ming kishini tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,3 yoshni tashkil etadi. Mamlakatda o‘lim holatlarining yarmidan ko‘pi qon aylanish tizimi kasalliklari sabab yuz bermoqda.
1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 15—49 yosh toifasiga mansub ayollar soni 9 million 424 ming nafarni tashkil etdi.
Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich yillar davomida barqaror o‘sishni namoyon etmoqda. Quyida mazkur toifadagi ayollar sonining yillar bo‘yicha dinamikasini ko‘rish mumkin:
- 1991-yil — 4 821,2 ming kishi;
- 1995-yil — 5 418,5 ming kishi;
- 2000-yil — 6 289 ming kishi;
- 2005-yil — 7 172,2 ming kishi;
- 2010-yil — 7 945,4 ming kishi;
- 2015-yil — 8 649,3 ming kishi;
- 2020-yil — 8 982,3 ming kishi;
- 2025-yil — 9 424 ming kishi.
Demografik dinamika mamlakatda aholi tarkibi va ijtimoiy siyosat yuzasidan muhim ma’lumotlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, reproduktiv yoshdagi ayollar sonining ortishi sog‘liqni saqlash, ta’lim va mehnat bozorida strategik rejalashtirish uchun muhim asos hisoblanadi.
2025-yilning yanvar—aprel oylarida, respublika bo‘yicha 266 478 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDY organlarida qayd etilgan.
Tug‘ilishlarning hududlar kesimi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- Samarqand viloyati — 32 118 ta
- Farg‘ona viloyati — 30 371 ta
- Qashqadaryo viloyati — 29 792 ta
- Surxondaryo viloyati — 24 599 ta
- Andijon viloyati — 23 513 ta
- Namangan viloyati — 22 843 ta
- Toshkent viloyati — 20 698 ta
- Toshkent shahri — 20 023 ta
- Xorazm viloyati — 12 447 ta
- Buxoro viloyati — 12 390 ta
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 11 896 ta
- Jizzax viloyati — 11 787 ta
- Navoiy viloyati — 7 367 ta
- Sirdaryo viloyati — 6 634 ta.
2024-yil bo‘yicha
Tug‘ilish statistikasi
2024-yilda O‘zbekistonda 926,4 ming nafar bola tug‘ilgan. Shundan 479,5 ming nafari o‘g‘il, qolgan 446,9 ming nafari qizlar. Mamlakatda 2018-yildan beri birinchi marta tug‘ilishning yillik o‘sishi to‘xtagan. O‘tgan yilda tug‘ilganlar soni nafaqat 2023-yil, balki 2022-yil ko‘rsatkichidan ham past bo‘lgan.
Tug‘ilishning kamayishi respublikaning barcha hududlarini qamrab olgan. Garchi shiddat bilan qisqarayotganiga qaramay, eng yuqori tug‘ilish darajasi Surxondaryoda, eng kam tug‘ilish Qoraqalpog‘istonda. Shaharlarda tug‘ilish qishloqlardan ko‘ra tezroq qisqarmoqda. Xususan, 2023-yilda shaharlarda 480,2 ming bola tug‘ilgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 454,5 mingtagacha keskin qisqargan. Qishloqlarda esa 2023-yilda 481,8 ming, o‘tgan yili 471,9 ming chaqaloq dunyoga kelgan.
Nikohlar va ajrashishlar
2024-yilda O‘zbekistonda 271,8 mingta nikoh qayd etilgan. Bu kamida 15 yillik minimum ko‘rsatkich hisoblanadi. Hatto 2010-yilda ham 292,3 ming nikoh ro‘yxatga olingan. Yaʼni nikohlar aholi soniga mutanosib ravishda o‘smagan.
O‘tgan yil mobaynida nikoh tuzganlarning 136,7 ming nafari (50,3 foiz) shaharlarda, 135,1 ming nafari (49,7 foiz) qishloq joylarida yashovchilar bo‘lgan.
O‘tgan yili nikohlanuvchilarning o‘rtacha yoshi oshishda davom etgan. Yaʼni erkaklarda 27,1 yosh, ayollarda 22,3 yoshga yetgan (2023-yilga nisbatan 0,1 yoshga yuqorilagan).
Nikohlar sonining eng ko‘p ulushi Samarqand (31,4 mingta), Qashqadaryo (29,2 mingta), Farg‘ona (29,2 mingta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Umr ko‘rish davomiyligi
O‘zbekistonda 2024-yilda tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi. Mamlakatda tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi dinamikasi quyidagicha:
- 1991-yilda — 66,4 yosh
- 1995-yilda — 69,1 yosh
- 2000-yilda — 70,8 yosh
- 2005-yilda — 71,8 yosh
- 2010-yilda — 73 yosh
- 2015-yilda — 73,6 yosh
- 2020-yilda — 73,4 yosh
- 2024-yilda — 75,1 yoshni tashkil etdi.
Tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi hududlar bo‘yicha quyidagicha:
- Toshkent shahri — 76,8 yosh;
- Farg‘ona viloyati — 76,6 yosh;
- Buxoro viloyati — 76,3 yosh;
- Jizzax viloyati — 76 yosh;
- Navoiy viloyati — 75,8 yosh;
- Toshkent viloyati — 75,1 yosh;
- Samarqand viloyati — 74,8 yosh;
- Namangan viloyati — 74,6 yosh;
- Xorazm viloyati — 74,6 yosh;
- Qashqadaryo viloyati — 74,4 yosh;
- Surxondaryo viloyati — 74 yosh;
- Andijon viloyati — 73,7 yosh;
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 73 yosh;
- Sirdaryo viloyati — 72,2 yosh.
Izoh (0)