• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Attestatsiyadagi qing‘irliklar: 200 dan ortiq nomzodlar sinovlardan chetlashtirilgan

    Qoraqalpog‘istonda ta’lim sohasida poraxo‘rlik ortidan uch kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi munosabat bildirdi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Keltirilishicha, 2024-yil yanvardan boshlab maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari attestatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda. 

    Malaka (test) sinovlarini (shuningdek, kasbiy sertifikatlash, menejerlik sertifikati sinovlarini ham) shaffof, adolatli, xolis o‘tkazish maqsadida har ikkala bosqich ham kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn), FaceID — yuzni tanib olish orqali o‘tkaziladi.

    Qayd etilishicha, ayrim pedagoglar tomonidan turli qing‘ir yo‘llar bilan toifa olishga urinish holatlari ham uchrab turibdi. O‘tgan malaka sinovlarida turli taqiqlangan vositalar, xususan aloqa vositalaridan foydalanish holati bo‘yicha 200 dan ortiq nomzodlar sinovlardan chetlashtirilgan. 

    Xususan, joriy yildagi sinovlarda respublika bo‘yicha jami 79 nafar, shu jumladan 68 nafari aloqa qurilmalaridan foydalangani sababli jarayondan chetlashtirildi.

    Ayrimlar esa, firibgarlik yo‘li bilan testdan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilib, pedagoglar ishonchiga kirmoqda, ulardan pul olib jinoyatga qo‘l urish holatlari ham uchrayapti.

    Ushbu holatlarni bartaraf etish, har qanday turdagi qoidabuzarliklarni  oldini olish maqsadida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tegishli organlar, xususan Bosh prokuratura bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda. Aniqlangan holatlar bo‘yicha huquqiy baho berish uchun barcha ma’lumotlar tergov organlariga yetkazilmoqda.

    Nukus shahridagi umumta’lim maktabi o‘qituvchisi mazkur maktab direktori o‘rinbosarining topshirig‘iga asosan, kasbiy sertifikat olish bo‘yicha sinovlaridan o‘tkazib berish evaziga Chimboy tumanida ishlovchi hamkasbidan 1000 dollar olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.

    Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, direktor o‘rinbosari 100 nafardan ortiq o‘qituvchini davlat attestatsiyasidan o‘tkazib berish evaziga har biridan 1000-1500 AQSH dollari miqdorida pul olib, bu haqda o‘zining shaxsiy bloknotlari va qog‘ozlarda aks ettirib kelgan. 

    Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Pedagoglarning bilim va malakasini baholashni tashkil etish sho‘basi bosh metodisti ham aloqadorligi aniqlanib, u o‘qituvchilardan davlat attestatsiyasidan o‘tkazishga yordam berish evaziga yig‘ilgan 10 450 dollarni ixtiyoriy ravishda topshirgan.

    Shu bilan birga, o‘qituvchilarni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazmasdan, test jarayoniga uyali aloqa vositalari bilan kirishlariga sharoit yaratib bergan Milliy gvardiya xodimining ham o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgani ma’lum bo‘lgan.

    Aniqlanishicha, ular pora tariqasida olingan pullarni o‘zaro taqsimlagan.

    19 iyun, 17:30   Izoh (0)   1164
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Attestatsiya#pora#chetlashtirildi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Haftalik dayjest: Toshkentdagi ShHT, “zamhokim”dagi 100 dollar yoki kim bosh vazir bo‘ladi?

    03.11.2019, 15:38

    “O‘lim jazosini kiritgan bilan korrupsiya o‘zidan-o‘zi yo‘qolib ketmaydi” — Ruslanbek Davletov

    16.11.2021, 14:44

    Jizzaxda o‘qituvchilarni pul evaziga attestatsiyadan o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan markaz xodimi qo‘lga tushdi

    15.04.2022, 05:00

    Ta’lim inspeksiyasi xodimiga pora taklif qilgan shaxs qamoqqa olindi

    07.12.2022, 21:24

    O‘zbekistonda sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi o‘zgardi

    26.07.2023, 14:16

    O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tashkil etildi

    11.09.2023, 19:40

    Malaka toifasi berilgan CHQBT o‘qituvchilarining maoshi ayrim maktab o‘qituvchilarining maoshiga tenglashtiriladi

    10.11.2023, 19:41

    O‘zbekistonda ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

    17.02.2024, 09:40

    O‘zbekistonda moliyaviy mustaqil OTMlariga ayrim vakolatlar berilmoqda

    03.04.2024, 10:48

    Qashqadaryoda 19 ming nafarga yaqin o‘qituvchi attestatsiyadan o‘tmoqda

    18.04.2024, 11:48

    O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari malakasi sinovdan o‘tkazildi. Natijalar qanday?

    27.05.2024, 11:39

    Bo‘lajak sudyalar davlat attestatsiya sinovlaridan o‘tkazilmoqda

    10.07.2024, 17:26

    Maktabga qabul, ikki smenali darslar, o‘quvchilarga bepul avtobus — taʼlim to‘g‘risida suhbat

    19.07.2024, 18:20

    Kuba tajribasi, raqobat, halollik va e’tibor — o‘zbek boksini dunyoda tengsiz darajaga olib chiqqan besh sabab

    25.09.2024, 21:00

    Qirg‘izistonda o‘qituvchilarning o‘rtacha ish haqi ma’lum qilindi  

    20.10.2024, 21:40

    Ichki ishlar vazirligi 2024-yilda 300 ga yaqin “uchastkavoy”ni tizimdan haydagan, 100 ga yaqinini ishdan bo‘shatgan

    15 mart, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.