O‘zbekistonda tug‘ilishlarning hududlar kesimi bo‘yicha taqsimlanishi e’lon qilindi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar—aprel oylarida, respublika bo‘yicha 266 478 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Tug‘ilishlarning hududlar kesimi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- Samarqand viloyati — 32 118 ta
- Farg‘ona viloyati — 30 371 ta
- Qashqadaryo viloyati — 29 792 ta
- Surxondaryo viloyati — 24 599 ta
- Andijon viloyati — 23 513 ta
- Namangan viloyati — 22 843 ta
- Toshkent viloyati — 20 698 ta
- Toshkent shahri — 20 023 ta
- Xorazm viloyati — 12 447 ta
- Buxoro viloyati — 12 390 ta
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 11 896 ta
- Jizzax viloyati — 11 787 ta
- Navoiy viloyati — 7 367 ta
- Sirdaryo viloyati — 6 634 ta.
2024-yil bo‘yicha
Tug‘ilish statistikasi
2024-yilda O‘zbekistonda 926,4 ming nafar bola tug‘ilgan. Shundan 479,5 ming nafari o‘g‘il, qolgan 446,9 ming nafari qizlar. Mamlakatda 2018-yildan beri birinchi marta tug‘ilishning yillik o‘sishi to‘xtagan. O‘tgan yilda tug‘ilganlar soni nafaqat 2023-yil, balki 2022-yil ko‘rsatkichidan ham past bo‘lgan.
Tug‘ilishning kamayishi respublikaning barcha hududlarini qamrab olgan. Garchi shiddat bilan qisqarayotganiga qaramay, eng yuqori tug‘ilish darajasi Surxondaryoda, eng kam tug‘ilish Qoraqalpog‘istonda. Shaharlarda tug‘ilish qishloqlardan ko‘ra tezroq qisqarmoqda. Xususan, 2023-yilda shaharlarda 480,2 ming bola tug‘ilgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 454,5 mingtagacha keskin qisqargan. Qishloqlarda esa 2023-yilda 481,8 ming, o‘tgan yili 471,9 ming chaqaloq dunyoga kelgan.
Nikohlar va ajrashishlar
2024-yilda O‘zbekistonda 271,8 mingta nikoh qayd etilgan. Bu kamida 15 yillik minimum ko‘rsatkich hisoblanadi. Hatto 2010-yilda ham 292,3 ming nikoh ro‘yxatga olingan. Yaʼni nikohlar aholi soniga mutanosib ravishda o‘smagan.
O‘tgan yil mobaynida nikoh tuzganlarning 136,7 ming nafari (50,3 foiz) shaharlarda, 135,1 ming nafari (49,7 foiz) qishloq joylarida yashovchilar bo‘lgan.
O‘tgan yili nikohlanuvchilarning o‘rtacha yoshi oshishda davom etgan. Yaʼni erkaklarda 27,1 yosh, ayollarda 22,3 yoshga yetgan (2023-yilga nisbatan 0,1 yoshga yuqorilagan).
Nikohlar sonining eng ko‘p ulushi Samarqand (31,4 mingta), Qashqadaryo (29,2 mingta), Farg‘ona (29,2 mingta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Umr ko‘rish davomiyligi
O‘zbekistonda 2024-yilda tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi. Mamlakatda tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi dinamikasi quyidagicha:
- 1991 yilda — 66,4 yosh
- 1995 yilda — 69,1 yosh
- 2000 yilda — 70,8 yosh
- 2005 yilda — 71,8 yosh
- 2010 yilda — 73 yosh
- 2015 yilda — 73,6 yosh
- 2020 yilda — 73,4 yosh
- 2024 yilda — 75,1 yoshni tashkil etdi.
Tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi hududlar bo‘yicha quyidagicha:
- Toshkent shahri — 76,8 yosh;
- Farg‘ona viloyati — 76,6 yosh;
- Buxoro viloyati — 76,3 yosh;
- Jizzax viloyati — 76 yosh;
- Navoiy viloyati — 75,8 yosh;
- Toshkent viloyati — 75,1 yosh;
- Samarqand viloyati — 74,8 yosh;
- Namangan viloyati — 74,6 yosh;
- Xorazm viloyati — 74,6 yosh;
- Qashqadaryo viloyati — 74,4 yosh;
- Surxondaryo viloyati — 74 yosh;
- Andijon viloyati — 73,7 yosh;
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 73 yosh;
- Sirdaryo viloyati — 72,2 yosh.
Izoh (0)