Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 24-iyul kuni Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

“Tug‘ilgan kuningiz qutlug‘ bo‘lsin, dadajon! Siz men uchun har doim donishmandlik va kuch-qudrat timsoli bo‘lib kelgansiz. Men sizning cheksiz mehringizdan quvvat olib ulg‘aydim.
Dadajon! Tun-u kun sizning o‘y-xayolingiz nimalar bilan band ekanini yaxshi bilaman. Siz xalqimiz uchun yashayapsiz. Umringizni shu yurtga, uning tinchligi, odamlar farovonligiga bag‘ishlagansiz. Chunki siz faqat oilamizning emas, butun bir millatning otasisiz.
Men sizning bemisl mehr-muhabbatingiz, fidoyi xizmatlaringiz, barcha mashaqqatlarni yengishda ko‘rsatayotgan matonatingiz oldida bosh egaman.
Allohdan faqat bir narsani so‘rayman — sizni doim o‘z panohida asrasin. Men uchun. Hammamiz uchun...”, deyiladi tabrikda.
O‘zbekiston prezidenti 24-iyul kuni 68 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat, din va sport arboblari, mamlakatning barcha hududlari va xorijdagi fuqarolardan qutlovlar kelmoqda. Jumladan, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Janubiy Koreya, Turkiya prezidentlari telefon orqali muloqotda Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi.
Izoh (0)