Madridning “Real” klubi Angliya terma jamoasi himoyachisi va “Liverpul” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Trent Aleksander-Arnold bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.
Futbolchi Ispaniya klubi bilan 2031-yil iyun oyining oxirigacha amal qiladigan uzoq muddatli bitim imzolagan. Trent Aleksander-Arnold 2016-yildan beri “Liverpul”ning asosiy jamoasida harakat qilib kelgan. Himoyachi Mersisayd klubi bilan ikki karra Angliya chempionligi, shuningdek, mamlakatdagi barcha ichki kuboklarni, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini hamda UEFA Chempionlar Ligasini yutishga muvaffaq bo‘lgan.

“Real Madrid” 2024/25-yilgi mavsumni Ispaniya La Ligasida ikkinchi o‘rinda yakunladi. Yevropa Chempionlar Ligasida esa madridliklar “Arsenal”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani erta tark etdi.
Izoh (0)