“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytishga qaror qildi. Bu haqda Goal.pl nashri xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, 36 yoshli forvard Yan Urban milliy jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangach, yana terma jamoa safida to‘p surishga rozi bo‘lgan.

Levandovski terma jamoaga qaytish uchun hech qanday shart qo‘ymagan, hatto sardorlik bog‘ichi borasida ham hech qanday talab bildirmagan. Manbaga ko‘ra, bu masala keyinchalik muhokama qilinishi mumkin, biroq hujumchi ayni paytda hech narsani da’vo qilmayapti.
Ma’lumot uchun, avvalroq Levandovski sobiq murabbiy Mixal Probej bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli terma jamoadagi faoliyatini to‘xtatgan edi. Aynan sardorlik bog‘ichidan mahrum etilgani futbolchiga yoqmagani aytilgan. Shundan so‘ng Probej iste’foga chiqqan. Endilikda esa tajribali forvard Polsha terma jamoasi tarkibiga qaytishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Levandovski 2008-yilda, 20 yoshida Polsha terma jamoasida debyut qilgan. U shu kungacha milliy jamoa safida 158 ta o‘yinda maydonga tushib, 85 ta gol muallifiga aylangan.
Izoh (0)