Madridning “Real” hamda Angliyaning “Liverpul” klublari futbolchilar almashinuvi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Real Madrid Confidential nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Liverpul” Rodrigo Goesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Javob tariqasida, “Real Madrid” himoyachi Ibrohim Konateni tarkibiga qo‘shishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, “Liverpul” madridliklarga qo‘shimcha tarzda taxminan 35 million yevro to‘lashni ham mo‘ljallagan.
Avvalroq matbuotda Konatening “Real”ga o‘tishni istayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. 26 yoshli fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026-yilda yakuniga yetadi. “Liverpul” esa uni bepul qo‘yib yubormaslik uchun transfer variantini ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, 24 yoshli Rodrigo esa yaqinda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida kam o‘yin amaliyoti olgani sababli jamoani tark etish haqida o‘ylayotgani aytilmoqda. Braziliyalik futbolchi 2026-yilgi Jahon chempionatida terma jamoa safida qatnashishni hamda doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. Hozircha bitim yakuniga yetmagan, biroq tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.
Izoh (0)