• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    “7-bo‘lmadagi mo‘jiza”: Janubiy Koreyaning oila davrasida tomosha qilishga mo‘ljallangan ajoyib filmlari

    Koreya kinosining kuchli tomonlaridan biri osiyolik rejissyorlarning turli yosh va millatdagi insonlarga ta’sir qiladigan jonli hikoyalar yaratish iste’dodidir. Bunday filmlardagi bir qarashda oddiy tuyulgan syujet zamirida bir nechta dolzarb ijtimoiy mavzular yashiringan. Masalan, voyaga yetish, o‘zligini anglash, hayotning barcha bosqichlarida shaxslararo munosabatlarning murakkabligi kabi masalalar aks ettiriladi.

    “Pandani qutqarish”

    • Xalqaro nomi: Mr. Zoo: The Missing VIP
    • Ishlab chiqarilgan yili: 2020-yil
    • Rejissyor: Kim Tae-yun
    • Yosh chegarasi: 12+

    Xitoy Xalq Respublikasi boshqa davlatlar bilan muloqot o‘rnatishning o‘ziga xos vositasiga ega — panda diplomatiyasi: Xitoy do‘stlik va mustahkam xalqaro aloqalar ramzi sifatida hamkorlariga qora-oq ayiqlarni vaqtinchalik beradi. Shunday voqea “Pandani qutqarish” komediyasiga asos bo‘lgan. Minmin ismli hayvon Janubiy Koreyaga XXRdan ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning 25 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimga keltiriladi.

    Pandani qo‘riqlash vazifasini maxsus agent Chu o‘z zimmasiga oladi, bu orqali lavozimda ko‘tarilishni umid qiladi. Biroq pandani jinoyatchilar o‘g‘irlab ketishadi, Chu nafaqat himoyasidagi hayvonni, balki hushini ham yo‘qotadi. O‘ziga kelgach esa hayvonlar tilini tushuna olishini anglaydi. Film turli xil hayvonlar (xususan, nafaqaga chiqish arafasidagi politsiya iti) ishtirokidagi kulgili lavhalarga boy bo‘lib, chuqur mavzular — o‘zaro yordam, insoniylik, hayvonlarga nisbatan g‘amxo‘r munosabatda bo‘lish zaruratini qamrab oladi.

    “Dada”

    • Xalqaro nomi: Papa
    • Ishlab chiqarilgan yili: 2012-yil
    • Rejissyor: Xan Ji-sin
    • Yosh chegarasi: 12+

    “Dada” dramasida qiz bilan ota o‘rtasidagi murakkab munosabatlar yoritiladi. Bunda gap biologik ota haqida emas, balki o‘gay ota to‘g‘risida bo‘lib, u hatto hech kimning otasi bo‘lishni rejalashtirmagan edi. Biroq koreyalik musiqa prodyuserining AQSHda qolish maqsadida tuzgan soxta nikoh shartnomasi to‘satdan fojiaga — uning rasmiy xotinining halok bo‘lishiga olib keladi.

    Turli millatga mansub olti bolaning yagona vasiysi bo‘lib qolgan Chxun Sob dastlab vaziyatni vaqtinchalik qiyinchilik deb biladi va ularning hech biri bilan aloqa o‘rnatishni xohlamaydi. Ammo asrandi qizi Junning noyob qo‘shiqchilik iste’dodi uni fikridan qaytishga majbur qiladi. Avvaliga u qizdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga urinadi, keyinchalik esa nafaqat unga, balki uning aka-ukalari va opa-singillariga ham chinakamiga bog‘lanib qolganini anglaydi.

    “Yigirma”

    • Xalqaro nomi: Twenty
    • Ishlab chiqarilgan yili: 2015
    • Rejissyor: Li Byong-hon
    • Yosh chegarasi: 16+

    “Yigirma” filmida turli xarakter va ijtimoiy kelib chiqishga ega bo‘lgan uch do‘st haqida hikoya qilinadi. Chi-ho — ishsiz, ota-onasi hisobiga kun kechiradigan, uchrashuvlar va qizlarga mukkasidan ketgan xushtor; Kyong-je — tirishqoq va uyatchan universitet talabasi, korporatsiyada karyera qilishni orzu qiladi; Don-u esa endigina ish boshlagan manga rassomi, oilasining moliyaviy qiyinchiliklari tufayli ertalabdan kechgacha ishlashga majbur. Vaziyatlari turlicha bo‘lsa-da, ularning umumiy jihatlari ham yetarli: birinchidan, do‘stliklari, ikkinchidan esa uchalasi ham bosib o‘tishi lozim bo‘lgan ulg‘ayish yo‘lidagi to‘siq. Birinchi muhabbat, birinchi ko‘ngilsizlik, birinchi xiyonat — qahramonlar bularning barchasini ilk bor boshdan kechiradi va har biri qiyinchiliklarni o‘zicha yengishga, o‘zligini yo‘qotmaslikka harakat qiladi.

    “7-bo‘lmadagi mo‘jiza”

    • Xalqaro nomi: Miracle in Cell No. 7
    • Ishlab chiqarilgan yili: 2013
    • Rejissyor: Li Xvan-gyon
    • Yosh chegarasi: 16+

    “7-bo‘lmadagi mo‘jiza” koreys kinematografiyasining eng mashhur asarlaridan biri. Syujet markazida rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lgan, og‘ir jinoyatda nohaq ayblanib qamoqqa tashlangan erkakning hikoyasi turadi. Biroq u yerda ham qahramon umidini yo‘qotmaydi va kameradoshlarining hamda xodimlarning shunchalik mehrini qozonadiki, ular tavakkal qilib, qoidalarga ko‘ra qat’iyan taqiqlangan bo‘lsa-da, qizalog‘i bilan uchrashuvini uyushtirishga qaror qilishadi.

    Ushbu mashhur dramaning turli talqinlarini to‘rtta mamlakat — Hindiston, Turkiya, Indoneziya va Filippin allaqachon suratga olgan, shuningdek, ispan va Gollivud remeyklari ham rejalashtirilmoqda.

    “Xotirasiz sevgi”

    • Xalqaro nomi: Love Reset / 30 kun
    • Ishlab chiqarilgan yili: 2023
    • Rejissyor: Nam De-jun
    • Yosh chegarasi: 18+

    “Xotirasiz sevgi” romantik komediyasi turli daromad va ijtimoiy mavqega ega oilalardan kelib chiqqan er-xotin munosabatlarining boshi berk ko‘chaga kirib qolgani haqida hikoya qiladi. Janjal va kelishmovchiliklardan charchagan Chon-yol va Na-ra ajrashishga qaror qilishadi. Biroq qonunga ko‘ra, ular nikohning rasman bekor qilinishini kutib, yana 30 kun birga yashashlari kerak. Sud binosidan uyga qaytayotganda er-xotin avtohalokatga uchraydi, natijada ikkalasi ham xotirasini yo‘qotadi. Kasalxonada o‘zlariga kelgach, qahramonlar bir-birlarini qaytadan taniy boshlaydi va ular o‘rtasida yana his-tuyg‘ular alangalanadi. Garchi boshidanoq tengsiz nikohga qarshi bo‘lgan oilalari juftlikni ajrashishga undagan sabablarni eslatishga va jarayonni oxiriga yetkazishga harakat qilishsa-da, sevgi g‘alaba qozonadi.

    “Xavfli kasb”

    • Xalqaro nomi: Extreme Job
    • Ishlab chiqarilgan yili: 2019-yil
    • Rejissyor: Li Byon-xon
    • Yosh chegarasi: 18+

    Syujetga ko‘ra, beshta omadsiz politsiyachi giyohvand moddalar savdogarlari to‘dasini kuzatib, ularning iniga yaqin joyda bino ijaraga olishadi va shubha uyg‘otmaslik uchun u yerda ovqatlanish restoranini ochishadi. Restoran kutilmaganda juda mashhur bo‘lib ketadi: politsiyachilardan birining maxsus retsepti bo‘yicha tayyorlangan tovuq go‘shti uchun uzun navbatlar paydo bo‘la boshlaydi, jinoyatchilarni qo‘lga olish esa ikkinchi darajali masalaga aylanib qoladi.

    16 iyun, 09:40   Izoh (0)   1246
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #koreys seriallari#filmlar#shou-biznes#kino

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tomoshabinni ekrandan ko‘z uzmay ko‘rishga undovchi qiziqarli turk seriallari (video)

    28.09.2021, 11:55

    Dramalar davrini boshlab bergan eng yaxshi koreys seriallari 

    10.08.2024, 10:50

    Ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys detektiv seriallari

    21.09.2024, 13:55

    Ancha vaqt ta’siridan chiqib keta olmaysiz: Eng qo‘rqinchli koreys seriallari

    22.10.2024, 17:05

    Netflix tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi 5 ta koreys seriali (treyler) 

    28.10.2024, 18:40

    Qiziqarli syujeti bilan har qanday Gollivud filmlarini ortda qoldiradigan chet el seriallari

    07.11.2024, 17:50

    Hamma narsadan charchaganlar uchun: hayotga va ishga ishtiyoq uyg‘otadigan koreys seriallari

    21.11.2024, 09:55

    Koreys seriallari yulduzlari bitta qism uchun qancha gonorar oladi?

    22.11.2024, 14:52

    Yangi yil kayfiyatini yaratishga yordam beradigan koreys seriallari

    28.12.2024, 11:52

    Ramyonga bo‘lgan muhabbat va Netflix’dagi mashhurlik: qanday qilib koreys seriallari butun dunyoga ta’sir o‘tkazmoqda?

    11 yanvar, 09:49

    Faqat “Kalmar o‘yini” emas: Janubiy Koreyaning eng yaxshi 7 ta seriali

    17 yanvar, 17:55

    Qayg‘uli yakuni bilan tomoshabinlar qalbini tilka-pora qilgan koreys seriallari (treyler) 

    13 fevral, 17:37

    Doramalar nima haqida: Koreys seriallarining to‘rtta mashhur mavzusi

    10 mart, 09:35

    Kinolokatsiyalar: koreys seriallari tez-tez suratga olinadigan mashhur joylar

    20 mart, 09:29

    Qiziqarli syujeti bilan “Kalmar o‘yini”dan qolishmaydigan mashhur koreys seriallari

    27 mart, 11:43

    Yuqori reytingga ega turk seriallari: turklar o‘zi yaxshi ko‘rgan top dizilar

    20 may, 18:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.