Yangi yil arafasida ko‘pchilik bayramona kayfiyat bag‘ishlaydigan “Uyda yolg‘iz” filmi har yili kattalar va bolalar sevib tomosha qilinadi. Uning birinchi qismi 1990-yilda katta ekranlarga chiqqan. Filmda bosh rolni 10 yoshli Makoley Kalkin ijro etgan va o‘z davrining eng taniqli yosh aktyorlaridan biriga aylangan.

Bayram arafasida oila a’zolari tomonidan uyda unutib ketilgan bola haqidagi komediya 476 million dollar daromad bilan Rojdestvo mavzusidagi eng kassabop filmga aylangan. Bu rekord 21 yil davomida saqlanib qolgan. So‘ng 2011-yilda “Bekorchi yigitlar 2: Vegasdan Bangkokka” filmi ushbu rekordni yangilagan.
Kalkin ushbu roli uchun “Oltin globus” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Film muvaffaqiyatidan so‘ng “Uyda yolg‘iz 2: Nyu Yorkda adashgan bola” nomli davomi suratga olingan. Rejissyor Kris Kolambus esa Kalkinning iste’dodidan hayratda qolganini yashirmagan.

Ammo filmga mehri baland bo‘lgan tomoshabinlar uni har safar yangicha nigoh bilan tomosha qilishadi. Shu bois ham, bu klassikaga aylangan kartinada kichik, ba’zan kulgili xatoliklar ham e’tibordan chetda qolmaydi.
Pitssa
Kalkinning filmdagi akasi Bazz pitssa yeyayotgan sahnada kamera uni chap qo‘lda ushlab turganini ko‘rsatadi. Ammo keyingi kadrlarda to‘satdan ovqat uning o‘ng qo‘lida paydo bo‘ladi.


Buyumlar
Bazzning xonasidagi narsalar o‘ziga xos “hayot kechiradi”. Masalan, bir rakursda yashil futbolka stulning chap chetida osilib turgan bo‘lsa, keyingi planda u boshqa joyda paydo bo‘ladi.


Chiroq
Garajdagi chiroq o‘z-o‘zidan yonib o‘chadi. Bu vaqtda unga Kevin ham, o‘g‘rilar ham tegmaydi. Syujetga ko‘ra esa bosh qahramonning oila a’zolari allaqachon Parijga ketgan bo‘ladi.


Suratlar
Uydagi ayrim buyumlar o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘ladi. Masalan, zinapoyalar yonidagi devorda osilgan oilaviy surat yo‘qolib qoladi.


Dazmol
Ko‘plab tomoshabinlar filmdagi o‘g‘rilar (ularni aktyorlar Jo Peshi va Deniyel Shtern ijro etgan) boshidan o‘tkazgan travmalar keyin real hayotda omon qolish mumkin emas, deb hisoblaydi.

Ayniqsa, bir sahna ko‘pchilikda savollar tug‘diradi: nega Marv boshiga dazmol tushgach, yuzida kuygan iz paydo bo‘ladi? Axir dazmol elektr tarmog‘iga ulangan emasdi-ku. Qolaversa, bunday zarb bilan uning yuz suyaklari sinishi kerak edi.
Izoh (0)