• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Markaziy Osiyo

    “Biz e’tiborsiz qoldira olmaydigan mintaqa”: Henrik Hololey MO davlatlari bilan savdo alqolari va Ukrainadan keyingi hamkorlik haqida

    Oxirgi ikki yarim yil ichida Markaziy Osiyoga Bryussel va Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlarning qiziqishi misli ko‘rilmagan darajada oshganiga guvoh bo‘ldik, deydi “Daryo”ga bergan intervyusida Yevropa ittifoqining yuqori martabali vakili Henrik Hololey.

    Hololey Yevropa ittifoqining mintaqadagi maqsadlariga batafsil to‘xtalib, Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonning bugungi geosiyosiy sharoitda ahamiyati ortib borayotgani sababli Yevropa ittifoqi sa’y-harakatlari aloqadorlik, muhim xom ashyo va barqaror rivojlanishga qaratilganligini ta’kidladi.

    Yevropa ittifoqining yuqori martabali vakili Henrik Hololey
    Foto: aripaev.ee
     “Yevropa yetakchilari, jumladan Germaniya kansleri, Fransiya, Italiya va Germaniya prezidentlarining yuqori darajadagi tashriflari davom etmoqda, bu Yevropa ittifoqi ishtirokining eng yuqori cho‘qqisini ko‘rsatmoqda”.

    Uning ta’kidlashicha, bu ortib borayotgan e’tibor Yevropa ittifoqining mintaqadagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga sodiqligini aks ettiradi.

    Hololeyning e’tirof etishicha, jahonda yuz berayotgan so‘nggi mojarolar, xususan, Ukrainadagi urush Yevropaning Markaziy Osiyo bilan hamkorligini tezlashtirgan.

    Sharqiy Yevropadan anʼanaviy savdo yo‘llari va energiya taʼminoti to‘xtatilgani sababli, Markaziy Osiyoning Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi strategik mavqeyi tobora jozibador bo‘lib bormoqda.

    “Markaziy Osiyo hozirgi murakkab vaziyatda Yevropa ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan muqobil koridor va barqaror hamkorlikni taklif qilishi aniq”, deydi Hololey.

    Uning ta’kidlashicha, ustuvorliklarning bu o‘zgarishi Yevropani transkaspiy transport koridorini yangidan shoshilinch ravishda tadqiq qilishga undagan.

    “Biz beqaror hududlarni chetlab o‘tib, o‘zaro iqtisodiy imkoniyatlarni yaratishda xavfsiz va samarali aloqalarni rivojlantirish uchun Markaziy Osiyodagi hamkorlar bilan faol ishlayapmiz”, deya qayd etgan rasmiy.

    Resurslar va infratuzilmaga investitsiyalar

    Yevropa ittifoqining Global Gateway strategiyasining markazida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan barqaror, o‘zaro manfaatli hamkorlikka alohida e’tibor berilmoqda. Tashabbus energiya almashinuvi, iqlim barqarorligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi sohalarni qo‘llab-quvvatlaydi, asosiy komponent raqamli va jismoniy aloqalarga qaratilgan.

    Hololey nafaqat infratuzilmani yaxshilash, balki chekka hududlarni Internetga bilan taʼminlash uchun yirik sunʼiy yo‘ldosh loyihasi kabi raqamli yechimlarni ham o‘z ichiga olgan loyihalar ishlab chiqilayotganini qayd etdi.

    Muhim xomashyolarga to‘xtalar ekan, Hololey quyidagicha izoh berdi:

    “Muhim xomashyo bo‘yicha hamkorlik bizning hamkorlikning eng yangi sohasi bo‘lsa-da, u ham eng yuqori salohiyatga ega. Qozog‘iston va O‘zbekiston kabi Markaziy Osiyo davlatlari nodir yer elementlariga boy va biz ularni qayta ishlash hamda ishlab chiqarish, ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy barqarorlikni oshirish orqali qo‘shimcha qiymatni mahalliy darajada saqlab qolishga yordam berishga intilamiz”.

    Hololey Yevropa ittifoqining yondashuvini u ba’zi boshqa investitsiyalarda ko‘rilgan “korroziv kapital”ga qarama-qarshi qo‘ydi.

    “Korroziv kapital mahalliy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlamasdan faqat resurslarni qazib olishga intiladi. Bunday investitsiyalar qisqa muddatli foyda keltirishi mumkin, lekin ko‘pincha mamlakatlarni qarzga tortadi. Yevropa ittifoqi esa haqiqiy sheriklikni rivojlantirish, mahalliy sanoatni qurish va mamlakatda qiymatni saqlab qolishga yordam berish tarafdori”, deya ogohlantirdi u.

    Aloqalarni yaxshilash: Transkaspiy transport koridori

    Yirik infratuzilma loyihalaridan biri – Transkaspiy transport yo‘lagi Yevropa va Markaziy Osiyoni xavfsiz savdo yo‘li orqali bog‘lashga qaratilgan. Yevropa ittifoqi yo‘lakning ishlashi uchun zarur bo‘lgan qariyb 18,5 milliard dollarlik 40 dan ortiq loyihalarni belgilab berdi.

    “Biz bu yo‘lakni Markaziy Osiyodagi hamkorlar bilan rivojlantirmoqdamiz, garchi transchegaraviy logistika va qulaylik bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa-da, bizda muvaffaqiyatga erishish uchun kuchli qat’iyat bor”, dedi Hololey.

    U ushbu yo‘nalish bo‘ylab savdoni tezlashtirish uchun muhim komponentlar sifatida elektron yuk hujjatlari va soddalashtirilgan chegarani kesib o‘tish kabi raqamli yechimlarni ta’kidladi.

    Markaziy Osiyodagi barqarorlik: asosiy ustunlik

    Hololeyning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo barqarorligi uni bugungi notinch global manzaradan ajratib turadi.

    “Bu hozir eng barqaror mintaqalardan biri”.

    Barqarorlik Markaziy Osiyoni jozibador sarmoyaviy tanlovga aylantirayotganiga ishora qilib, shunday dedi:

    “Dunyoning ko‘p qismlari bilan solishtirganda, Markaziy Osiyoning barqarorligi va hamkorlik xarakteri uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam muhit yaratadi. Albatta, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha ko‘p ishlar qilinishi kerak, ammo poydevor mustahkam”.

    Yevropa ittifoqi va O‘zbekiston munosabatlarining ijobiy kelajagi

    Hololey so‘z yakunida Markaziy Osiyodagi barqarorlik va hamkorlik ruhini global noaniqlik sharoitida istiqbolli sarmoyaviy muhitni taklif etishi bilan izohladi:

    “Barqarorlik va hamkorlikning ijobiy namunasi Markaziy Osiyoni ajratib turadi”.

    O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishga yaqinlashayotgani va Yevropa ittifoqi bilan muzokaralar davom etayotgani munosabati bilan Hololey Yevropa ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida bo‘lajak kelishuvga ishonch bildirdi.

    “Biz shu yerdamiz va O‘zbekiston hamda butun Markaziy Osiyo bilan farovon hamkorlikni intiqlik bilan kutamiz”, deya xulosa qildi u.
    14.11.2024, 14:07   Izoh (0)   5910
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Markaziy Osiyo#sarmoya#YI

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘iziston Markaziy Osiyo davlatlarini tarixiy birlikka qaytishga chaqirdi

    22.12.2022, 17:47

    “Odamlarni birlashtirish usuli sifatida viza tarafdori va himoyachisiman” — Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti

    19.01.2024, 13:25

    Ipak yo‘lining qayta tiklanishi: imkoniyatlar koridorini shakllantirish

    20.06.2024, 20:30

    Qozog‘istonning Markaziy Osiyodagi o‘rni: Mamlakatning mintaqadagi munosabatlari nimalarga asoslanadi?

    23.09.2024, 18:21

    Kelajakni qayta quramiz: Yandex Plus Jahon ijodiy iqtisodiyot konferensiyasida (WCCE) 2024

    25.09.2024, 16:40

    YTTB O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish prognozini 6 foizgacha pasaytirdi

    26.09.2024, 18:55

    “O‘zbekiston dengizga chiqish imkoniyati yo‘q davlatdan quruqlikdagi savdo markaziga aylanmoqda” — Runze Yu

    03.10.2024, 21:45

    “O‘zbekistonning Yevrosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilishi potensial investitsiyalar kalitidir” — rais Nikolay Podguzov

    04.10.2024, 16:40

    Isroil—Eron urushi Markaziy Osiyoga qanday ta’sir qiladi?

    07.10.2024, 17:31

    “Tolibon” nega qo‘shni davlatlarga tahdidli murojaatlar yo‘llamoqda. Unga ishonsa bo‘ladimi?

    18.10.2024, 11:15

    SamAuto “Komtrans Tashkent 2024” ko‘rgazmasida eng yangi past polli avtobus prototipini taqdim etdi

    24.10.2024, 19:37

    “Ikki yilda bir necha mlrd kubometr gaz qazib olinadi” — Ismatilla Ergashev O‘zbekistonning Afg‘onistonda boshlagan energetika loyihalari haqida

    25.10.2024, 15:19

    “O‘zbekistonda yashil energetika loyihalariga 15 mlrd dollar sarmoya kirityapmiz” — Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi vakili 

    28.10.2024, 15:12

    “Qo‘shning tinch, sen tinch”. O‘zbekiston dunyo yakkalagan Afg‘onistondan nima kutmoqda?

    06.11.2024, 15:48

    Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 mlrd kub metr suv olishi mumkin 

    11.11.2024, 21:14

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni valiahdi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi? 

    11.11.2024, 21:08

    Shavkat Mirziyoyev Bokudagi iqlim konferensiyasida qanday muammolarga to‘xtaladi? Sherzod Asadov javob berdi 

    12.11.2024, 15:33

    90 ming dollarga yaqinlashgan Bitkoin: qanday qilib oddiy to‘lov tizimi eng qimmat aktivga aylanmoqda?

    12.11.2024, 20:00

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel bilan uchrashdi

    12.11.2024, 18:07

    Ziroat Mirziyoyeva — yoshlarga: “Sizning faolligingiz, saʼy-harakatlaringiz hayotimizni, Yer sayyorasi atalmish umumiy makonimizni, albatta, o‘zgartiradi”

    12.11.2024, 19:23

    Prezidentning Bokudagi iqlim sammitida ishtiroki, faollik darajasi pasaygan uy-joy bozori, Farg‘onada pora olayotganda ushlangan korrupsiyaga qarshi kurashuvchi ma...

    12.11.2024, 23:05

    Ziroat Mirziyoyeva COP29 da O‘zbekiston milliy pavilyoni bilan tanishdi (foto)

    13.11.2024, 09:05

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbarlari “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish loyihasiga start berdi

    13.11.2024, 13:31

    Qirg‘izistonda sobiq bosh prokuror o‘rinbosari hibsga olindi 

    13.11.2024, 22:00

    Mahalliylashgan, fosh etilgan, qatl qilingan ingliz xufiyalari: Buyuk Britaniyaning Turkistondagi josuslik faoliyatiga bir nazar

    13.11.2024, 19:25

    Qirg‘izistonda Qozog‘istondagi avariya tufayli internetda uzilishlar yuz berdi

    14.11.2024, 09:20
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.