• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyatiga 2025-yili 5 mlrd dollar investitsiya jalb etilishi rejalashtirilmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni Toshkent viloyatida qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish, ish o‘rni va investitsiyani ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Toshkent viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar, turizm, umuman, barcha sohalarda juda katta imkoniyatlar bor. So‘nggi yetti yilda hudud iqtisodiyoti 1,5 barobar o‘sgan. Sanoat korxonalari 2 barobar ko‘payib, 12 mingtaga yetgan.

    Lekin imkoniyatlar bundan ancha ko‘p, ular to‘la ishga solinmayapti. Masalan, viloyatdagi jami yerlarning bor-yo‘g‘i 25 foizidan qishloq xo‘jaligida foydalaniladi. Har gektarga to‘g‘ri keladigan daromad ham boshqa joylarga nisbatan kam. Bekobod va Ohangaron shaharlari, Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Piskent tumanlarida qayta ishlash darajasi juda past. Oziq-ovqat xavfsizligi, meva-sabzavotlar eksporti ham imkoniyatga yarasha emas.

    Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda yerdan foydalanish samaradorligini oshirish choralari belgilandi. Unga ko‘ra, har bir klaster, fermer va dehqon xo‘jaligi maydonidagi ekinlar, mahsulot hajmi, ishchilari soni, soliq tushumi kabi maʼlumotlar “Agroplatforma” axborot tizimiga kiritiladi. Kelgusi yilda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 7 ta tumanda 52 ming gektarda 3-marta hosil olish yo‘lga qo‘yiladi. 5 ming gektarda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlar tashkil qilinadi.

    Umuman, 22 ta tuman-shahardagi yerlar qayta ishlovchi va eksportchi korxonaga bog‘lanadi. Bu orqali kelasi yil 3,5 million tonna meva-sabzavot yetishtirib, 500 million dollar eksport qilish mumkinligi aytildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Toshkent viloyatining infratuzilmasi, logistikasi tadbirkorlik uchun juda qulay. Lekin ishlab chiqarish, savdo va xizmatlar umumiy maydoni uch yilda bor-yo‘g‘i 1,6 million kvadrat metrga oshgan, bu poytaxtdan 3,5 barobar kam. Investitsiyaviy loyihalar uchun toifasi o‘zgartirilgan 9 ming gektar yerning 2 ming gektaridan foydalanilmayapti. Bo‘sh turgan davlat inshootlari ham bor.

    Holbuki, investorlar bu hududda “aqlli shahar”, tibbiyot klasteri, yashil energetika stansiyasi qurish tashabbusini bildirgan. Vodiylik va poytaxtlik minglab tadbirkorlar ham biznesini kengaytirish, yangi korxona, mehmonxona, savdo va turizm majmualari qurish uchun joy izlab yuribdi.

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va viloyat mutasaddilariga bu boradagi sustkashliklar ko‘rsatib o‘tildi. Bino va yerlarni tadbirkorlarga qulay shartda auksionga chiqarish, ularning negizida investitsiya, ish o‘rni va eksportni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Toshkent viloyati hokimi kelgusi yil 5 milliard dollar investitsiya jalb etish hamda eksportni 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi. Davlatimiz rahbari uning tarkibiga eʼtibor qaratib, kutilayotgan investitsiyaning yarmi shundog‘am rivojlangan Olmaliq, Angren, Chirchiq shaharlari, Ohangaron, Zangiota va Qibray tumanlariga to‘g‘ri kelishini qayd etdi. Shu bois sanoat va xizmatlar nisbatan orqada bo‘lgan Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Parkent, Piskent, Quyi Chirchiq va Chinozda qo‘shimcha loyihalar qilib, ish o‘rinlari ochish zarurligi taʼkidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Toshkent viloyatidagi imkoniyatlar hisobiga barcha aholini daromadli qilish mumkinligi aytildi. Kelgusi yilda viloyatda 700 ming odamning bandligini taʼminlab, ishsizlikni tabiiy darajasigacha tushirish, 22 ming oilani daromadli qilib, kambag‘allikni hozirgi 7,2 foizdan 4 foizga kamaytirish, mehnat migrantlarini yurtimizga qaytarib, ishga joylashtirish vazifa qilib olindi.

    Prezident yig‘ilishda qatnashgan viloyat tadbirkorlari bilan ham muloqot qildi. Ularning taklif va tashabbuslariga alohida eʼtibor qaratib, bu borada mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

    10.12.2024, 16:43   Izoh (0)   3616
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#Toshkent viloyati

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” dayjesti: 15-oktyabrning eng muhim xabarlari

    15.10.2024, 22:41

    “Daryo” dayjesti: 17-oktyabrning eng muhim xabarlari 

    17.10.2024, 22:39

    18-oktyabrning eng muhim xabarlari: Surxondaryoda gaz quvuriga urilgan avtomashina, qurilishi to‘xtatilgan Samarqanddagi talabalar yotoqxonasi, Qashqadaryoda sud r...

    18.10.2024, 22:40

    Shavkat Mirziyoyev chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar bilan tanishdi

    21.10.2024, 15:38

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    01.11.2024, 20:01

    Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilish, fermerni haqoratlagan Boyovut hokimi, Samarqandda o‘zini yuk mashina ostiga tashlagan erkak: 1-noyabrning eng muhim xab...

    01.11.2024, 22:40

    “Qo‘shning tinch, sen tinch”. O‘zbekiston dunyo yakkalagan Afg‘onistondan nima kutmoqda?

    06.11.2024, 15:48

    “Oq oltin” kulfati. O‘zbekiston nega paxta qulligiga mahkum etilgan edi? Tarix, sabablar va oqibatlar haqida

    13.11.2024, 08:00

    Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi, kuchga kirgan yangi qonunlar, Andijon viloyati bo‘yicha yig‘ilish: 18-noyabrning eng muhim xabarlari 

    18.11.2024, 23:20

    Prezidentning Senat birinchi majlisidagi nutqi, Andijondagi Bobur haykalining ko‘chirilishi, Namangan va Buxoroda is gazidan besh kishining vafot etishi: 19-noyabr...

    19.11.2024, 22:50

    Tuman hokimidan prezidentgacha: O‘zbekistonning yaqin tarixida joniga qasd qilingan olti amaldor

    02.12.2024, 12:45

    Bosh murabbiyi o‘zgargan “Paxtakor”, sherigini o‘ldirib, 15 yilga qamalgan yuk tashuvchi erkak, prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlangan Abdusalom Aziz...

    04.12.2024, 22:55

    O‘zbekistonning GSP+ dasturiga kiritilgani doirasida 27 ta muhim xalqaro konvensiyani qabul qilish bo‘yicha ishlar boshlanadi — Senat

    06.12.2024, 14:59

    Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliqda qurilayotgan Ugam River turistik majmuasida bo‘ldi

    06.12.2024, 15:22

    Prezident “Ugam-1” kichik gidroelektr stansiyasini borib ko‘rdi

    06.12.2024, 16:54

    O‘zbekistondagi barcha davlat universitetlarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi

    06.12.2024, 21:00

    Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliqdagi kapsula uylardan iborat turizm maskanida bo‘ldi

    06.12.2024, 17:35

    Prezident Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

    06.12.2024, 19:45

    Konstitutsiyaning 32 yilligi munosabati bilan 483 kishi afv etildi

    06.12.2024, 20:16

    Yangi elektropoyezdda Hojikentga borgan prezident, afv etilgan 483 kishi, Toshkent—Samarqand o‘rtasida qo‘shimcha yo‘lga qo‘yiladigan “Afrosiyob”: 6-dekabrning eng...

    06.12.2024, 23:05

    Prezident “G‘elon” turistik zonasini tashkil etish bo‘yicha qarorni imzoladi

    07.12.2024, 13:00

    Navoiyga 2025-yili tarmoq korxonalaridan tashqari 2 mlrd dollar investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda

    07.12.2024, 15:16

    Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va daromadli ish bilan taʼminlash chora-tadbirlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazil...

    07.12.2024, 20:28

    “Halol mehnatingiz va shijoatingiz uchun katta rahmat” — Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

    08.12.2024, 12:55

    Netanyaxu Suriya chegarasiga bordi (video) 

    08.12.2024, 22:45

    Bashar Asad oilasi bilan Moskvaga uchib keldi - “TASS”

    08.12.2024, 23:11

    AQSH Suriya hududiga 70 dan ortiq aviazarba berdi 

    09.12.2024, 08:55

    Qirg‘izistonda osoyishtalik to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi 

    09.12.2024, 10:45

    Turkiya Suriya muxolifatining Asadni ag‘darish rejalari haqida 6 oy oldin bilgan — manba 

    09.12.2024, 12:05

    Janubiy Koreya prezidentining mamlakatdan chiqishi taqiqlandi

    09.12.2024, 12:55

    Tramp Zelenskiy istaklarini oshkor qildi

    09.12.2024, 14:33

    Erdo‘g‘on Suriyaning keyingi taqdiri haqida bayonot berdi

    10.12.2024, 09:05

    Tramp AQSHda tug‘ilganlarga fuqarolik berishni taqiqlamoqchi

    10.12.2024, 10:45

    Suriyada ayollarni hijob o‘rashga majburlash taqiqlandi

    10.12.2024, 11:10

    Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi (video)

    10.12.2024, 13:13

    Tramp, Mask, Netanyaxu: “Yil odami” uchun kimlar da’vogarlik qilmoqda?

    10.12.2024, 15:55
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.