Zafar Azimov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida 2022-yilning dekabridan Nozim Husanov ishlab kelayotgandi. U 2023-yilning aprelida lavozimidan ozod etilgan. Ayni paytga qadar ushbu lavozim vakant edi.
Zafar Azimov Toshkent moliya institutining bakalavriat (2002—2006-yillar) va magistratura (2006—2008-yillar) bosqichlarini tamomlagan. U 2007—2019-yillarda Markaziy bankda turli rahbarlik lavozimlarida, shu jumladan, iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirish departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2019—2021-yillarda “O‘zsanoatqurilishbank”da boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lgan.
Sirojiddin Boboqulov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u bosh vaziri kotibiyati “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar 2021-yildan “Xalq banki” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Bundan avval Alisher Muratov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga 2024-yil 23-sentyabridan Botir Zohidov rahbarlik qilib kelmoqda.
Izoh (0)