Alisher Muratov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tayinlovga qadar u 2023-yil oktyabridan Biznesni rivojlantirish bankida boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Undan avval 2020-yil avgustidan “Qishloqqurilishbank” raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga 2024-yil 23-sentyabridan Botir Zohidov rahbarlik qilib kelmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining yana bir o‘rinbosari — Ra’no Turdiboyeva ushbu lavozimda 2023-yil yanvaridan buyon ishlab kelmoqda.
Izoh (0)