• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Yashnobod hokimligi sud qarorini bajarmayapti, noqonuniy bo‘shatilgan hokim yordamchisi esa sarson bo‘lmoqda

    Toshkent shahrining Yashnobod tumani hokimligi masʼullari, shaxsan hokim O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan sud qarori ijrosini taʼminlamayapti. Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodim esa ishsizlikdan sarson bo‘lmoqda. Bu haqda “Daryo”ga ism-sharifi jamoatchilikka sir bo‘lib qolishini so‘ragan murojaatchi maʼlum qildi.

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Murojaatchining aytishicha, u 2024-yilning 2-may kuni Yashnobod tumani hokimining “Parvoz” mahallasida faoliyat yurituvchi yordamchisi sifatida ish boshlagan bo‘lib, o‘ziga nomaʼlum sabablarga ko‘ra, shu yilning 12-sentyabr kuni hokim farmoyishiga asosan lavozimidan bo‘shatilgan.

    Foto: Skrinshot

    Men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tuman hokimining 2024-yil 12-sentyabrdagi farmoyishiga ko‘ra tugatilgan. Biroq hokimlik meni ishdan bo‘shatishda Mehnat kodeksining 161-moddasi (Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish) 2-qismi 4- va 5-bandlarini bir vaqtda qo‘llab, noqonuniy bo‘shatishni amalga oshirgan. 2024-yilning 22-noyabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining mana shu masaladagi majlisida sudyaga buni asoslab berib, hokim farmoyishini qonunga xilof deb topishni so‘radik, deydi murojaatchi.

    Sud hujjatida keltirilishicha, hokim yordamchisining ishdan olinishiga tuman hokimligining ichki tartib-qoidalariga amal qilmaslik, tuman prokurori, hokimning birinchi o‘rinbosari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, MFY raisining xodim haqidagi bildirgilari asos qilib keltirilgan. Sud mazkur hujjatlarni ko‘rib chiqar ekan, hokim farmoyishini bekor qilishni, xodimga majburiy ishdan qolgan kunlari uchun hokimlikka ish haqi to‘latishni lozim topgan.

    Foto: Skrinshot

    Sud tuman hokimining 2024-yil 12-sentyabrdagi meni ishdan bo‘shatish haqidagi farmoyishini bekor qilib, meni ishimga tiklash, shuningdek, majburiy progul uchun hokimlikdan 17 million 640 ming so‘m ish haqimni undirish haqida qaror chiqargan. Ammo hokimlik har ikki talabni ham bajarmayapti, deydi murojaatchi.

    “Daryo” jurnalisti Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining 2024-yil 22-noyabrdagi qarori ijrosi taʼminlanmayotgani sababi bilan qiziqdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latovning maʼlumot berishicha, hokimlikning xodimlar bilan ishlovchi masʼuli murojaatchini ishga tiklamagan taqdirda javobgarlikka tortilishi haqida rasman ogohlantirilgan.

    Foto: Yandex

    Xodimni ishga tiklash bo‘yicha hokimlikka qaror yuborilgan. Ular qarorni bajarmasa, hokimlik masʼullariga nisbatan maʼmuriy chora ko‘riladi. MIBning Yashnobod tuman bo‘limi boshlig‘i shaxsan bu bo‘yicha shug‘ullanyapti, deydi tahririyatga bu haqda axborot bergan Farrux Toshpo‘latov.

    Tahririyat jurnalisti bilan suhbatlashgan Yashnobod tumani hokimligi masʼuli, hokimlikning tahliliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i Shahzod Isroilov MIBdan ularga ogohlantirish xati kelganini tasdiqladi.

    Ikki kun ilgari MIBdan shu haqda qaror kelgan. Hozircha ijrosi taʼminlanmagan. Boisi tuman hokimi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasiga ko‘ra shifoxonada sog‘lig‘ini tiklayotgani uchun ishga chiqmayapti. Hokim ishga qaytgach, bu haqda qaror chiqariladi va murojaatchi ishiga tiklanadi, deydi Shahzod Isroilov.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    23.12.2024, 18:55   Izoh (0)   7899
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Yashnobod#hokim#sudya#hokim yordamchisi#aholi#murojaat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

    27.08.2020, 01:32

    Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida IIO FMBga yangi boshliqlar tayinlandi

    27.08.2020, 04:35

    Jurnalistga tashlangani bilan tanilgan Abdurasul Vahobov Olmazor hokimi o‘rinbosari lavozimiga qayta tiklandi

    04.11.2020, 12:48

    Korxonalarni sog‘lomlashtirish markaziga aylantiriladigan “Navro‘z” to‘yxonasining 1-qavatida ishsizlarga yordam ko‘rsatiladi

    20.11.2020, 15:59

    Dehqonoboddagi qulab tushishi mumkin bo‘lgan tibbiyot maskani qayta ta’mirlanadigan bo‘ldi

    19.05.2021, 07:49

    Olot va Past Darg‘om tumanlari IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

    23.06.2021, 22:10

    Foto: Odamlar orasidagi Shavkat Mirziyoyev

    24.07.2021, 17:08

    Toshkentdagi har bir mahallaga 10 mlrd so‘mdan ajratiladi — Shavkat Mirziyoyev

    19.10.2021, 15:18

    Ortiqxo‘jayevdan poytaxtning sobiq rahbarigacha. Toshkent hokimlari qaysi rusumdagi xizmat mashinasidan foydalanadi?

    13.04.2022, 18:28

    Katta pulga “uxlatilgan” tadbirkor, mashinalar qatnovidan dod deyotgan aholi: Yashnobod hokimi va’dabozmi? 

    18.01.2024, 20:05

    Toshkentda ikkinchi gastronomik ko‘cha tashkil etiladi

    13.07.2024, 17:33

    Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonun, Toshkentda ro‘y bergan mudhish qotillik ishi, prezident maslahatchisining talabalar bilan uchrashuvi: 15-noyabrning...

    15.11.2024, 23:00

    “OIV bilan yashaydiganlar ham oddiy inson” — Respublikadagi OITSga qarshi kurashish markazi mas’uli bilan suhbat (foto, video)

    02.12.2024, 15:36

    Toshkentda 6-dekabr kuni ikkita YTH sodir bo‘ldi

    07.12.2024, 09:50

    Toshkentda avtobus va ikkita yengil mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

    09.12.2024, 17:55

    Har sovuqda shu bo‘lar takror: O‘zbekistondagi metan zapravkalarda yana navbatlar paydo bo‘ldi (foto)

    10.12.2024, 18:00

    O‘zbekiston bosh archasi qayerga o‘rnatilishi ma’lum qilindi 

    11.12.2024, 11:05

    Toshkentda metallni qayta ishlash zavodida qariyb 27 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    11.12.2024, 17:30

    Toshkent—Farg‘ona yo‘nalishida harakatlanayotgan mashinadan qariyb 5 kilo gashish topildi

    11.12.2024, 18:46

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 18 yoshli haydovchi vafot etdi

    11.12.2024, 22:47

    Toshkent va Andijonda ikkita YTH sodir bo‘ldi

    14.12.2024, 11:29

    Toshkentda pulli to‘xtash joylari uchun qayta savdo o‘tkazildi

    19.12.2024, 12:00

    Toshkentdagi ijara bozorida noyabr oyida turg‘unlik qayd etildi

    19.12.2024, 19:20

    O‘zbekistonda poliklinikalarga xizmat ko‘rsatuvchi markazlashgan laboratoriyalar tashkil etiladi

    21.12.2024, 12:31
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21

    Jizzaxda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

    O‘zbekiston | 9 may, 19:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.