FIFA prezidenti Janni Infantino 2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati final bahsida AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp shaxsan ishtirok etishini ma’lum qildi. Hal qiluvchi bellashuvda Angliyaning “Chelsi” klubi Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Prezident Tramp finalda qatnashadi. U futbolni juda yaxshi ko‘radi. U birinchi marta prezidentlikka saylanganda, Oq uy bog‘iga futbol darvozalari o‘rnatilgan edi. Tramp — futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilayotgan davlatlardan biri — AQSH prezidenti. U Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini qo‘llab-quvvatlagan ilk shaxslardan biri. Bunday yirik musobaqalar aynan shunday liderlarning yordamisiz amalga oshishi mumkin emas, — deya Infantinoning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.
Ma’lumot uchun, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finali 13-iyuldan 14-iyulga o‘tar kechasi, AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi “MetLife” stadionida bo‘lib o‘tadi. 82 566 tomoshabinga mo‘ljallangan ushbu arenada o‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Izoh (0)