“Barselona” yozgi transferlar oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Kataloniyaliklar Niko Uilyams transferi barbod bo‘lgacha, bor e’tiborini “Manchester Yunayted” futbolchisi Markus Reshfordga qaratadi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar “Liverpul” futbolchisi Luis Dias transferidan ham voz kechadi. Kolumbiyalik futbolchinining yuqori narxi klub rejalarini o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Shu bois “Barselona” rahbariyati Reshford variantiga to‘xtadi. Klub bosh murabbiyi Hansi-Diter Flik ham ingliz futbolchining transferiga “yashil chiroq yoqqani” aytilmoqda.
Mankunianliklar Reshfordning ketishiga qarshi emas. Boisi u klub ustozi Ruben Amorimning rejalariga kirmaydi. Shuningdek unga tegishli 10-raqam “Manchester Yunayted”ning yangi a’zosi — Mateus Kunyaga berildi. Ushbu holat Markusning ketishidan darak bermoqda.
Avvalroq “Barselona” “Atletik” hujumchisi Niko Uilyams bilan muzokaralar olib borgan edi, biroq futbolchi basklar bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Shuningdek, klub “Atalanta” hujumchisi Ademola Luqmon variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Markus Reshford o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Aston Villa”da o‘tkazdi va klub safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Izoh (0)