• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Bo‘lgan ishni ortga qaytarib bo‘lmaydi” — Ulug‘bek Rashitov

    O‘zbekistonlik ikki karra Olimpiya chempioni Ulug‘bek Rashitov antidoping qoidalarini buzgani uchun ikki yilga musobaqalardan chetlatilgani haqidadagi xabarlarga munosabat bildirdi.

    Foto: UzA
    Foto: UzA

    Sportchi vaziyatga aniqlik kiritarkan, hech qanday taqiqlangan modda iste’mol qilmaganini ta’kidladi:

    — Men ham bu borada o‘z fikrimni bildirmoqchiman. Meni musobaqalardan chetlatishlariga sabab — biror taqiqlangan modda iste’mol qilganim emas, balki antidoping tizimining joylashuv haqidagi qoidalarini buzganim bo‘ldi, — dedi Rashitov.

    Uning ta’kidlashicha, antidoping agentligi har bir sportchidan maxsus tizim orqali o‘z joylashuvi — ya’ni qayerda tunashi va mashg‘ulot o‘tkazishini aniq ko‘rsatib borishini talab qiladi.

    — Noyabr oyida, ertalab soat 06:00 da tekshiruvchilar keldi. Vaholanki, men tizimda kechki soat 21:00 da belgilangan manzilda bo‘lishimni ko‘rsatgan edim. Hech qanday oldindan ogohlantirish yoki telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘lmadi, faqat SMS yuborishdi. To‘rt oy o‘tgach esa, bu holat qoidabuzarlik sifatida baholanib, meni diskvalifikatsiya qilishgani haqida xat oldim. Oxirgi marta 22-aprelda doping-namuna topshirdim va ular menga barchasi joyida ekanligini aytishdi. Bu holat meni hayratda qoldirdi, — deya davom etdi sportchi.

    Rashitov so‘zining yakunida barcha qo‘llab-quvvatlovchilarga minnatdorlik bildirar ekan, kelgusi rejalari haqida ham gapirdi:

    — Bo‘lib o‘tgan voqeani ortga qaytarib bo‘lmaydi. Menda 2028-yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun katta istak va g‘ayrat bor. Tayyorlanaman va qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Qo‘llab-quvvatlaganingiz va tushunganingiz uchun barchangizga katta rahmat.

    Ma’lumot uchun, taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni Ulug‘bek Rashitov antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi va ikki yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. U 2027-yilning 12-mayiga qadar barcha musobaqalardan chetlatildi. 

    Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Rashitov Tokio-2020 va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida 68 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U, shuningdek, Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionati g‘olibi hamda jahon chempionati sovrindori sanaladi. Rashitov erkaklar o‘rtasida taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioniga aylangan ilk sportchi sifatida tarixga kirgan.

    11 iyul, 23:36   Izoh (0)   7104
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ulug‘bek Rashitov#Taekvondo#doping

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Parij—2024. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Olimpiada finaliga yo‘l oldi

    08.08.2024, 19:58

    Parij—2024. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov — oltin medal sohibi 

    09.08.2024, 00:37

    Olimpiada yopilish marosimida O‘zbekiston bayroqdori vazifasini Ulug‘bek Rashitov bajaradi

    11.08.2024, 21:28

    Parij—2024 medallar jamlanmasi. AQSH — yetakchi, Xitoy 2-bo‘lib yakunladi. O‘zbekiston eng yaxshi natijasini qayd etdi

    12.08.2024, 10:18

    Parij—2024. O‘zbekiston sportida yangi sahifa ochgan musobaqa tafsiloti

    12.08.2024, 15:09

    Muhammadqodir Abdullayevdan Diyora Keldiyorovagacha. Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga oltin medal olib kelgan sportchilar 

    16.08.2024, 18:02

    Diyora Keldiyorovadan Ulug‘bek Rashitovgacha: Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan bir guruh sportchi va murabbiylar mukofotlandi 

    23.08.2024, 12:00

    “Xalqimizning chinakam qahramonlari”. Prezident Olimpiadada o‘zbekistonliklar erishgan rekord natijalarni sanab o‘tdi

    28.08.2024, 14:34

    O‘zbekiston tarkibida 2 va undan ortiq Olimpiada medaliga ega chiqqan sportchilar

    28.08.2024, 17:10

    “Buyuk xalqimizga farzandlik mehri bilan ta’zim qilaman!” — Shavkat Mirziyoyev

    31.08.2024, 21:16

    Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov “yilning eng yaxshi erkak sportchisi” deb topildi

    04.12.2024, 20:45

    Abeni yenggan Diyora, Olimpiadadagi eng yaxshi natija, Superligada yangi chempion — o‘zbek sportida 2024-yilning eng yorqin voqealari

    29.12.2024, 14:15

    “Los-Anjeles — 2028 Olimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish maqsad qilingan” — Shavkat Mirziyoyev

    13 fevral, 12:37

    Ulug‘bek Rashitov antidoping qoidalarini buzganlikda ayblanib, ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi

    11 iyul, 09:44
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.