O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Istanbulning “Bashakshehir” klubi bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi YouTube’dagi “90minut” podkastida Turkiya jamoasi bilan shartnoma imzolash sabablarini aytib o‘tdi.

Hujumchining so‘zlariga ko‘ra, Osiyoning turli klublaridan, xususan Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar chempionatlaridan ham takliflar bo‘lgan:
BAA va Qatar klublaridan, shuningdek, Turkiyaning boshqa jamoalaridan ham takliflar bor edi. Nima uchun “Bashakshehir”ni tanladim? Chunki ular yosh klub hisoblanadi. Boshqa yirik jamoalarga nisbatan bosim kamroq. Jamoa Konferensiyalar Ligasida ishtirok etadi, shuning uchun yetarli o‘yin amaliyoti bo‘ladi. Bu esa Jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi, deb o‘ylayman, — dedi Shomurodov.
Ma’lumot uchun, hujumchi “Roma”dan “Bashakshehir”ga ijara asosida o‘tgan. Shomurodov 2026-yil yozigacha istanbulliklar sharafini himoya qiladi. Shuningdek, bitimda majburiy sotib olish bandi ham mavjud.
Izoh (0)