• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda aholi daromad manbalarini ko‘paytirish uchun 4 ta bank 500 mlrd so‘m kredit ajratadi

    Vazirlar Mahkamasi 7-iyul kuni “Hududlarda kooperatsiyalar tashkil etish orqali aholining daromad olish manbalarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Hujjatda qayd etilishicha, aholini tadbirkorlikka jalb etish orqali ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalar bilan manzilli ishlab, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining doimiy daromadi va xarid qobiliyatini yanada oshirish maqsad qilingan.

    2025-yilda kamida 30 ta tumanda yetakchi tadbirkorlik subyektlariga dehqon xo‘jaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (masalan, baliqchilik, quyonchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik) yo‘nalishlarida kooperatsiya asosida ishlab chiqarish va mahsulot xaridi uchun AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank”, “Turonbank”, “Aloqabank” orqali 500 milliard so‘m miqdorida kredit ajratish taklifi ma’qullandi.

    Quyidagilar mahallalarda kooperatsiya tizimini tashkil etish orqali aholining daromad olish manbalarini ko‘paytirish va ishsizlikni bartaraf etishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

    • mahallalarning ixtisoslashuv yo‘nalishlarini aniqlash, ixtisoslashuvni kengaytirishga doir yangi loyihalarni amalga oshirish;
    • aholining doimiy daromad olish manbalarini yanada ko‘paytirish, o‘zini o‘zi band qilib ishlashini kengaytirish choralarini ko‘rish;
    • mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan tashabbuskorlarni biznes asoslariga o‘rgatish;
    • aholi tomorqa va dehqon xo‘jaliklariga qarashli yerlardan samarali foydalanish, daromadliligini yanada oshirish, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur asbob-uskuna va xomashyo bilan imtiyozli kredit asosida ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqarilgan (yetishtirilgan) mahsulotlarni sotishga ko‘maklashish jarayonlarini tashkil etish uchun kooperatsiya asosida tadbirkorlik subyektlariga biriktirish;
    • tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish va faoliyatini monitoring qilib borish, yetishtiriladigan mahsulotning (ko‘rsatiladigan xizmatning) bozorini topishda yordam berish.

    Kooperatsiya asosida aholining daromad olish manbaini oshirish uchun kooperatsiya tashkil etadigan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga bank kreditlari uchun foiz xarajatlari bir qismini qoplab berish ko‘zda tutilgan.

    Bunda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamg‘armasi hisobidan Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 5 milliard so‘mgacha ajratiladigan kreditlar bo‘yicha hudud toifasidan kelib chiqib, asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda “1+2” tamoyili asosida kompensatsiya taqdim etiladi.

    Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga ishsiz yoki daromad olish manbaini ko‘paytirish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan tuzilgan kooperatsiya shartnomalari bo‘yicha quyidagi miqdorda kredit ajratiladi:

    • 30 tagacha shartnoma tuzadiganlarga — 1 milliard so‘mgacha;
    • 31 tadan 100 tagacha shartnoma tuzadiganlarga — 3 milliard so‘mgacha;
    • 101 tadan ortiq shartnoma tuzadiganlarga — 5 milliard so‘mgacha.

    Bunda bir nafar fuqaro bilan bitta kooperatsiya shartnomasi tuziladi hamda ishsiz fuqarolar belgilangan tartibda tadbirkorlik subyekti, dehqon xo‘jaligi yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 1 oy muddatda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda mahallalardagi aholining turmush sharoiti, xohish-istagi va imkoniyatlarini o‘rganishi lozimligi belgilandi.

    Prezident mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida 2025-yil bandlikni taʼminlash va kambag‘allikdan chiqarishda eng muhim va hal qiluvchi yil bo‘lishini ta’kidlagandi.

    O‘zbekistonda  2025-yilda jami 5 million 200 ming nafar, jumladan, banklar tomonidan 3 milliondan ziyod aholini band qilish rejalashtirilgan. Shu maqsadda 208 ta tuman va shaharlar hokimlari hamda banklar rahbarlari tomonidan aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolangandi. Aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida ajratiladigan 1 milliard dollar kredit resurslari banklar va hududlar kesimida taqsimlandi. 

    8 iyul, 12:26   Izoh (0)   2347
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #daromad#ishsizlik#kooperatsiyalar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda turizm va servis sohasiga yana 100 mln dollar ajratiladi 

    01.06.2024, 11:40

    G‘azoda urush boshlanganidan beri ishsizlik 80 foizga oshdi — XMT

    07.06.2024, 18:35

    O‘zbekistonda ayollar va erkaklarga teng haq to‘lanishini ta’minlash 700 ming kishini kambag‘allikdan chiqaradi — Jahon banki

    19.06.2024, 12:31

    “Yarim yillikdagi defitsit 34 trln so‘m”: byudjetdagi taqchillik sabablari va yechimlar

    04.07.2024, 19:17

    “Va’da qilganimdek, natijani ‘cho‘tki’ qilib chiqazdim”. Bandlik vazirligi boshqarmasi sobiq xodimi “shaffof” tizimni aldayaptimi? 

    08.07.2024, 08:43

    O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi tushdi — Bandlik vazirligi

    02.08.2024, 10:05

    Demografik o‘sish: iqtisod uchun yukmi yoki imkoniyat?

    02.08.2024, 16:00

    O‘zbekiston iqtisodiy kompleksidagi 297 nafar rahbar ishdan olindi

    16.12.2024, 16:06

    Davlat banklari bittadan venchur kompaniya ochib, mahalla startaplariga 50 mln dollar ajratadi

    16.12.2024, 16:57

    Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

    23.12.2024, 20:54

    Sovet ittifoqi “merosi”dan voz kecha olgan Gruziya: Saakashvili islohotlari, uning xato va kamchiliklari

    27.12.2024, 18:26

    “2024-yilda misli ko‘rilmagan narx inflyatsiyasi kuzatildi” — Ortda qolgan yil O‘zbekiston iqtisodi uchun qanday keldi? 

    2 yanvar, 15:50

    “Bitiruvchilarni o‘zimiz ish bilan ta’minlay olmasak, ularning xorijda ishlashiga sharoit yaratishimiz lozim” — professor

    14 yanvar, 21:20

    Yoshlarimizni Rossiyaga yubormay, o‘zimizda olib qolishga nima xalaqit beradi?

    24 fevral, 15:43

    Dam olmaslik, o‘zingizni boshqalar bilan solishtirish: ishdan ko‘nglingizni sovitadigan zararli odatlar 

    3 iyul, 20:03

    Bankrotlikdan keyingi hayot: 59 yoshli bokschi Mayk Tayson bugungi kunda nimalar bilan shug‘ullanmoqda?

    3 iyul, 20:50

    Iroq bir shart bilan tilanchilarga har oy pul berishini e’lon qildi 

    2 iyul, 13:20

    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

    3 iyul, 12:00

    “Qizim uchun o‘zimni asrashim kerak”. Bolaligida tortinchoq bo‘lgan, sahnada tinch turolmaydigan, sevgida omadi chopmagan Sevinch Mo‘minova 43 yoshda

    7 iyul, 11:40

    “Ruh” 35 yoshda: film bosh qahramonlari hozir qayerda?

    4 iyul, 15:58

    “Real”ning qayta tug‘ilishi, “Inter”ning tanazzuli va “Al-Hilol” mo‘jizasi: klublar mundiali 1/8 finali xulosalari

    4 iyul, 08:46

    AQSH 12 kunlik urushdan keyin ilk bor Eron neftiga sanksiya kiritdi

    4 iyul, 10:16

    Gaiti poytaxtining 90 foizini jinoiy to‘dalar egallab oldi — BMT

    4 iyul, 14:30

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    5 iyul, 17:50

    “O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi Qozog‘istonga yetib olishi amrimahol” — Behzod Hoshimov

    7 iyul, 09:05

    Surinamda birinchi ayol prezident saylandi

    7 iyul, 10:18

    “Lilo va Stich” jahon prokatida 950 mln dollardan ortiq daromad olib, 2025-yilning eng yuqori daromad keltirgan filmiga aylandi

    7 iyul, 14:39

    Xitoy elchixonalar orqali Rafale samolyotlari savdosiga to‘sqinlik qilishga urindi — Fransiya razvedkasi

    7 iyul, 13:18

    Prezident Namanganda mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha topshiriq berdi

    7 iyul, 17:45

    Jizzaxda 1,3 mln gektar qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani maʼlum qilindi

    7 iyul, 18:45
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada va Meksika aholisining yarmidan ko‘pi AQSHni asosiy tahdid deb hisoblamoqda

    Dunyo | 10 iyul, 08:30

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “PSJ” “Real”ni tor-mor etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi (video)

    Sport | 10 iyul, 08:01

    “Joriy yil oxirigacha issiq suv va issiqlik taʼminoti to‘lovlari bir martadan ortiq oshirilmaydi” — Ilhom To‘rayev

    O‘zbekiston | 10 iyul, 08:00

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.