• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etdi

    O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev hamda hukumat a’zolari hamdardlik bildirdi.

    O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Behzod Yo‘ldoshev 2024-yil 28-avgust kuni 79 yoshida vafot etdi.

    B.Yo‘ldoshev 1945-yil 9-mayda Toshkent shahrida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng Toshkent davlat universitetini fizika mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. Mehnat faoliyatini 1968-yilda Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti stajor-tadqiqotchisi sifatida boshladi. 1972-yilda nomzodlik, 1982-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

    Yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan olim Yadro fizikasi instituti direktori, Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimlarida o‘zining yuksak ilmiy va tashkilotchilik salohiyatini namoyon etdi. Yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy natijalarni iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llash ishlariga munosib hissa qo‘shdi.

    Keyingi yillarda Fanlar akademiyasi prezidenti sifatida ilm-fan sohasini modernizatsiya qilish, akademiya tuzilmasini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot muassasalarini rivojlantirishga rahbarlik qildi.

    Yorqin iste’dod va chuqur bilimga ega bo‘lgan B.Yo‘ldoshev uzoq yillik ilmiy faoliyati davomida yadro fizikasi va elementar zarrachalar fizikasi bo‘yicha ko‘plab kashfiyotlar muallifi sifatida tanildi. Olimning 400 dan ortiq ilmiy ishlari, monografiyalari, yadro tadqiqotlari bo‘yicha fundamental tadqiqotlari nufuzli xorijiy nashrlarda chop etilgan. Uning rahbarligida o‘nlab fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlandi.

    U Xalqaro atom energiyasi agentligida fan bo‘yicha maslahatchi, AQSHning Vashington va Stenford universitetlari, Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti professori lavozimlarida ishlagan. Bir qator rivojlangan mamlakatlardagi ilmiy laboratoriyalarda xalqaro tadqiqotchilar guruhlari tomonidan bajarilgan yirik eksperimentlar hamda yadroviy xavfsizlikni mustahkamlash va yadro qurollarini tarqatmaslik bo‘yicha amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan yirik loyihalarga rahbarlik qilgan.

    B.Yo‘ldoshev yurtimizda milliy parlamentarizmni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi. 2000-2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, keyingi vaqtda Oliy  Majlis Senati a’zosi sifatida samarali faoliyat olib borib, ilm-fan sohasini rivojlantirishga oid qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilishda o‘zining jonkuyarligi va fidoyiligini namoyon etdi.

    Akademik B.Yo‘ldoshevning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlari, Beruniy nomidagi davlat mukofoti, “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni bilan mukofotlangan edi.

    Fidoyi olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Behzod Yo‘ldoshevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

    Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov, A.Aripov, Sh.Ayupov

    28.08.2024, 21:39   Izoh (0)   5969
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi maktablar oshxonasining auksionda sotilishi to‘xtatildi

    28.08.2024, 21:20

    Shavkat Mirziyoyev sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish va samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi 

    28.08.2024, 19:57

    Alibaba.com O‘zbekiston to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulot sotuvchilarini, butun dunyo bo‘ylab eksport qilishda qo‘llab-quvvatlaydi

    28.08.2024, 19:30

    Yangi loyiha majmuasini qurayotgan kompaniya hududdagi barcha daraxtlarni saqlab qolishga va’da berdi

    28.08.2024, 18:45

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya madaniyat va turizm vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

    28.08.2024, 18:27

    Qirg‘iziston—O‘zbekiston chegarasida uzun navbat yuzaga keldi

    28.08.2024, 18:05
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.