2025-yil 28-29 may kunlari Toshkentda yirik mintaqaviy tarmoqlararo tadbirlardan biri – Digital Uzbekistan 5-xalqaro PLAS-Forumi o‘tkazildi.
Xalqaro forum O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etildi va an’anaga ko‘ra, Markaziy Osiyo hamda YOII mamlakatlari bozorlarining asosiy qatnashchilarini jamladi.
Ko‘plab muhim masalalar qatnashchilar diqqat-e’tiborida bo‘ldi:
- Davlat boshqaruvi va G2B2Cda elektron servislar;
- women CEO in Tech;
- banking va islom moliyasi;
- sun’iy intellekt;
- kriptoindustriya va blokcheyn;
- fintex
Digital Uzbekistan 2025 bosh homiysi Mastercard bo‘ldi, kompaniya spikerlari raqamli transformatsiya, innovatsion to‘lov yechimlari va moliyaviy servislar xavfsizligini oshirish sohasidagi insaytlar bilan o‘rtoqlashdi.
“Mastercard tranzaksiyalarni bozorning barcha qatnashchilari uchun jadalroq, qulayroq va xavfsiziroq qiluvchi innovatsion va xavfsiz to‘lov yechimlarini tatbiq etib, O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining rivojiga hissa qo‘shmoqda. Maqsadimiz – kichik biznesning karta to‘lovlarini jismoniy shaxslar uchun karta orqali to‘lovlardek oddiy va odatiy qilib, biznesga samarali va zamonaviy vositalar sari yo‘l ochishdir.
Global tajriba va ilg‘or texnologiyalarga tayanib, Mastercard mamlakatning raqamlashuvini tezlashtirishga yordam beradi, tadbirkorlar uchun to‘siqlarni kamaytiradi, zamonaviy moliyaviy vositalardan foydalanishni kengaytiradi va to‘lov industriyasining kelajagini shakllantiradi. PLAS-Forumda qatnashish orqali biz xalqaro ekspertiza bilan o‘rtoqlashamiz va tarmoq rivojining yo‘nalishini belgilaymiz”,- izoh berdi Mastercard MDH mintaqasi bo‘yicha bosh menejeri Sulaymon Sozeri.
Global integratsiya va kiberxavfsizlik masalalari
Forumning birinchi ish kunida Mastercard Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi mijozlar bilan ishlash bo‘yicha vitse-prezidenti Rafal Trepka “Raqamlashtirish – zamonaviy davlat va bank biznesining global trendi” sessiyasida qatnashdi. U global integratsiya, jamoaviy markazlar o‘laroq ekotizimlar, shaxsiylashtirilgan to‘lov yechimlari, raqamli o‘ziga xoslik va proaktiv kiberhimoya masalalariga e’tibor qaratdi.
Mastercard raqamli mahsulotlar va servislar bo‘yicha direktori Chingiz Mammadovning “Infratuzilma rivoji. Bankomat va POS-terminal tarmoqlari. Bank o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatilishi” sessiyasi doirasidagi chiqishida asosiy mavzu “Zamonaviy jamiyat rivojining zaruriy unsuri o‘laroq masofadan identifikatsiya. Biometriya – davlat xizmatlaridan banklar, jamoat transporti va chakana savdogacha”ni qamrab oldi.
Mastercard MDHda kiberxavfsizlik yechimlarini rivojlantirish bo‘yicha direktori Aygerim Garifullina, “CISO. Xavfsizlik. Kibertahdidlar, ijtimoiy injeneriya va boqsha dolzarb chorlovlar”| sessiyasi doirasida, muammoga global nazar tashladi va uni hal qilishning mahalliy yondashuvlarini taqdim etdi. Mastercard’ning kiberhodisalarni prognozlash va qayta ishlash bo‘yicha keyslari qatnashchilar e’tiborini jalb etdi.
KO‘B raqamlashuvi va moliyaviy servislarga yangicha yondashuvlar
Forumning ikkinchi kuni sermahsullikda qolishmadi.
Chunonchi, “21-asr chakana bank biznesi. KO‘B raqamlashuvi. Chakana bankdagi eng yaxshi biznes-keyslar” panel munozaralarida Mastercard kichik va o‘rta biznes uchun mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy direktori Jamol Agrba qatnashdi. Jo‘shqin muhokamalar davomida KO‘Bning iqtisodiy o‘sishning salmoqli omili o‘laroq ahamiyati ko‘rildi, shuningdek KO‘Bni raqamlashtirish muammolari va istiqbollari, kreditlash va faktoring masalalari, ichki moliyaviy hizmatlar tarmog‘ida qatnashish (Embedded Finance) masalalariga urg‘u berildi.
Mastercard konsaltingni rivojlantirish bo‘yicha direktori Alibek Yesov “Raqamlashtirish davrida moliyaviy servislar. Raqamli ipotekadan onlayn-sug‘urtalashgacha. Moliyaviy sohaning nomoliyaviy qatnashchilari. O‘rnatma moliya” sessiyasidagi chiqishi raqamlashtirishdagi banklar va fintex rolini belgiladi. U tinglovchilarga “Bank – servis sifatida (Banking-as-a-Service, BaaS) yoki fintex – servis sifatida (Fintech-as-a-Service, FaaS). Moliyaviy bozordagi rol va talabgirlik” ma’ruzasini taqdim etdi.
Mastercardning Digital Uzbekistan PLAS-Forum 2025’da qatnashishi – bu global moliyaviy texnologiyalar yetakchilari mintaqadagi raqamli transformatsiyani va moliyaviy infratuzilma rivojlanishini qo‘llab-quvvatlayotganining namunasidir. O‘z tajribasi, innovatsion yechimlar va kelajakka mo‘ljallari tufayli, Mastercard progressiv tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlabgina qolmay, kiberxavfsizlikdan va biometrik identifikatsiyadan tortib kichik va o‘rta biznesni raqamlashatirishgacha bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarda kun tartibini faol shakllantiradi.
Mastercard haqida
Mastercard butun dunyo bo‘ylab 200 dan ziyod mamlakatda mahalliy iqtisodiyotlarni rivojlantiradi va insonlarni ilhomlantiradi. Mijozlarimiz bilan birga biz har kim gullab-yashnay oladigan barqaror iqtisodiy muhitni barpo etamiz. Biz raqamli to‘lovlar o‘tkazish uchun ko‘plab imkoniyatlarni yaratamiz, tranzaksiyalarni xavfsiz, sodda, aqlli va hammabop qilamiz. Texnologiyalarimiz va innovatsiyalarimiz, hamkorliklarimiz va aloqalarimiz odamlarga, kompaniyalarga va hukumatlarga o‘z salohiyatlarini maksimal ro‘yobga chiqarishda yordam berishga xizmat qiladi.
PLAS-Forum haqida
Digital Uzbekistan PLAS-Forumi raqamlashtirish, davlat tuzilmalari. Moliyaviy sektor, savdo riteyli, IT- va telekom-industriyalarning o‘zaro munosabati masalalariga bag‘ishlangan. Uning strategik vazifalari sirasida: O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojiga qo‘shimcha impuls berish, xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi keng ko‘lamli loyihalarni rivojlantirish.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)