Toshkentning Yangihayot tumanida hojatxonaga tushib ketgan bir yashar bola qutqarib olindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 25-iyul kuni “Chortoq” mahallasida joylashgan uylarning birida, ushbu uy egasining 2023-yilda tug‘ilgan farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib bordi va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qoldi.
Vazirlik ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikni so‘radi.
Shu kabi holat may oyida Toshkent viloyatida kuzatilgandi. Ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketgan ikki yoshli bola qutqarib qolingan.
Izoh (0)