Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi bosh murabbiyi Simone Inzagi klublar o‘rtasidagi JCHning nimchorak finali o‘yini oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Murabbiy “Manchester Siti”dagi hamkasbi Pep Gvardiolani dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb atadi.
“Gvardiolani hurmat qilaman. “Manchester Siti"ga qarshi o‘ynash va uni yana ko‘rish yoqimli bo‘ladi. Menimcha u barchadan ko‘ra yaxshi murabbiy. Uning faoliyati ko‘p narsalarni so‘zlaydi. Hali hamon u raqobatbardosh bo‘lishni istamoqda. Uning “Manchester Siti”si bu turnirni fantastik o‘tkazmoqda.
Ularga qarshi o‘ynash men uchun katta sharaf. Bunday bahslar bizning o‘sishimizga yordam beradi”, degan Inzagi.
Maʼlumot uchun, uchrashuv 1-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi.
Izoh (0)