Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federatsiyasi — IFFHS 2023—24-yil mavsum yakunlariga ko‘ra jahonning eng kuchli klublari reytingini e’lon qildi.
Reytingni Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi “Real Madrid” boshqarib bormoqda. Undan keyingi o‘rinda “Manchester Siti” klubi joylashgan. Kuchli uchlikni “Bayer” klubi yakunlab bergan.
Ushbu reytingdan O‘zbekistonning 3 klubi joy oldi:
- “Nasaf” — 201-o‘rin (88,25 ochko)
- “Navbahor” — 221-o‘rin (83,75 ochko)
- “Paxtakor” — 496-o‘rin (51 ochko)
Qarshining “Nasaf” jamoasi Osiyoda 15-o‘rinda qayd etilgan.
Qiziqarlisi, “Nasaf” klubi Angliyaning “Fulhem” (212), “Everton” (206) hamda Ispaniyaning “Selta Vigo” jamoalaridan yuqoriroq o‘rinda joylashgan.
“Nasaf” jamoasi birinchi davra yakuniga ko‘ra 26 ochko bilan Superliga peshqadami bo‘lib turibdi. “Paxtakor” hisobidagi ochkolar 22 taga teng. Namanganning “Navbahor” klubi 13 turdan 19 ochko to‘plab chempionatning 5-o‘rnida bormoqda.
Toshkentning “Paxtakor” klubi yangi mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasining Elite Ligasida ishtirok etadi. “Nasaf” esa Chempionlar Ligasining ikkinchi toifasidagi musobaqasida ishtirok etadi.
Izoh (0)