Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov Madridning “Real” klubiga iliq fikrlar bildirdi. Sportchi bolaligidan futbol muxlisi ekanini va vaqti kelib, dunyoning eng grand klublari uni mehmonga taklif qilishini tasavvur ham qilmaganini ta’kidladi.
“Bolaligimdan futbolni kuzataman. O‘sha vaqtlari dunyoning eng yaxshi klublari meni o‘z qarorgohlariga taklif qilishi tushimga ham kirmagan edi. Shu vaqtgacha juda ko‘p stadionlarda bo‘ldim, turli jamoalarning mashg‘ulot bazalarini ko‘rdim. Ammo ‘Real Madrid’ — hamisha qalbimda”, deb yozdi Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov ko‘p yillardan buyon Madrid klubiga muxlislik qilishi bilan tanilgan. U bir necha bor jamoa o‘yinlariga tashrif buyurgan va klub yulduzlari bilan yaqindan muloqotda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli Habib Nurmagomedov MMA’da 29 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. U 2018-yil aprel oyida yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, uning 2018-yilda Konor Makgregorga qarshi o‘tkazgan jangi UFC tarixidagi eng kassabop janglardan biri bo‘lgan. Nurmagomedov so‘nggi marta 2020-yil oktyabr oyida Jastin Getjiga oktagonga chiqib, shundan so‘ng faoliyatini yakunlagan.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun, avval