Buxoroda ijtimoiy tarmoqda mashhurlikka erishish uchun fuqaroni oyogʻidan osib qoʻyib videoga olganlar jazolandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Peshku tumanidagi oshxonalarning birida Instagram uchun fuqaroni oyog‘idan osib qoʻyib, qassob rolidagi shaxs uning atrofida pichoq charxlab turgani aks etgan video olingan.
Bu jamoatchilik orasida keskin muhokamalarga sabab boʻldi.
“Hayp” uchun qilingan huquqbuzarlik
Tasvirlar Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi kanal admini va umumiy ovqatlanish shoxobchasi egalari tomonidan oʻzaro kelishilgan holda, mijozlarni jalb qilish va ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishish maqsadida sahnalashtirilgan.
Bu harakatlari bilan ular reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini va jamiyatda yurish-turish qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan.
Toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Peshku tumani sudida koʻrib chiqildi. Huquqbuzarlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddasida aybli deb topilib, BHMning 7 barobari miqdorida jarimaga tortildi.
Oʻzbekistonda oʻz huquqbuzarligini internetda tarqatganlarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi 3-fevraldagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda qabul qilingandi.


Izohlar
Izoh qoldirish uchun, avval