Angliya Premyer Ligasi 26-turi doirasida 4 ta uchrashuv o‘tkazildi. “Chelsi” o‘z maydonida “Lids” bilan, “Manchester Yunayted” safarda “Vest Hem” bilan durang qayd etdi. Shuningdek, “Bornmut” safarda “Everton”ni, “Nyukasl” esa “Tottenhem”ni mag‘lubiyatga uchratdi.

“Chelsi” — “Lids” 2:2
Gollar: 1:0 — Pedru (24), 2:0 — Palmer (pen, 58), 2:1 — Nmecha (pen, 67), 2:2 — Okafor (73)

“Tottenhem” — “Nyukasl” 1:2

Gollar: 0:1 — Tiau (45+5), 1:1 — Grey (64), 1:2 — Remsi (68)

“Everton” — “Bornmut” 1:2

Gollar: 1:0 — Ndiaye (42), 1:1 — Rayan (61), 1:2 — Adli (64)

“Vest Hem” — “Manchester Yunayted” 1:1

Gollar: 1:0 — Souchek (50), 1:1 — Sheshko (90+5)

Italiya kubogida chorak finalning uchinchi bellashuvi o‘tkazildi va unda “Komo” jamoasi “Napoli”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, “Inter” va “Atalanta” ortidan yarim finalga yo‘l oldi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.

“Napoli” — “Komo” 1:1 (pen: 6:7)
Gollar: 0:1 — Baturina (pen, 39), 1:1 — Vergara (46)