O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2025-yil 1-sentyabr, dushanba kuni dam oladi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, 1-sentyabr — Mustaqillik kuni ishlanmaydigan bayram kunlari qatoriga kiritilgan. Shunday qilib:
- 5 kunlik ishlovchilar ketma-ket uch kun — 30, 31-avgust va 1-sentyabr dam oladi.
- 6 kunlik ishlovchilar ketma-ket ikki kun — 31-avgust va 1-sentyabr dam oladi.
Dam olish kunlaridan va ishlanmaydigan bayram kunlaridan xodimlarning oqilona foydalanishi maqsadida dam olish kunlari prezidentning farmoni bilan boshqa kunlarga ko‘chirilishi mumkin. Biroq doimgi an’anadan chekingan holda 2025-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari berish haqida farmon e’lon qilinmadi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2025-yil uchun ish vaqtining davomiyligi taqvimiga ko‘ra, bu kuni qo‘shimcha dam olish kunlari nazarda tutilmagan.
2024-yilda o‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan 4 kun dam olgandi. 1-sentyabr 2024-yilda yakshanba dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli bu dam olish kuni 2-sentyabr, dushanba kuniga ko‘chirilgan va 3-sentyabr barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘lgandi.
Izoh (0)