O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) tasarrufidagi “Sport TV” va “Futbol TV” telekanallari Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari — Ispaniya La Ligasi, Fransiya Liga 1, Italiya A Seriyasi hamda Germaniya Bundesligasi translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda jurnalist Otabek Jo‘rayev o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, yangi mavsumdan boshlab ushbu telekanallar nafaqat mazkur to‘rt chempionatni, balki Italiya kubogi, Angliya kubogi kabi nufuzli turnirlarni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etadi.
Shuningdek, noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati, Osiyo Chempionlar Ligasi, hamda 2026-yilda AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati ham “Sport TV” va “Futbol TV” orqali translyatsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Setanta Sports” telekanali Angliya Premyer Ligasi uchrashuvlarining O‘zbekistondagi translyatsiya huquqini 2030-yilgacha sotib olgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, kuchli beshlik chempionatlarining (La Liga, Bundesliga, A Seriya, Liga 1) qolganlari ham katta ehtimol bilan aynan shu telekanalda efirga uzatilishda davom etadi.
Izoh (0)