• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boshqalar

    Sun’iy intellekt yordamida avtomatik kredit darajasini baholash tizimini yaratgan o‘zbek yigiti bilan suhbat

    U Fransiyada ish boshlagan, Amerikada ilm izlamoqda, ammo O‘zbekiston bank tizimi uchun muhim ta’sir ko’rsatgan. Anvar Zohidov — sun’iy intellekt (SI) yordamida avtomatik credit scoring (kredit darajasini baholash) yaratgan ilk o‘zbek mutaxassislardan biri. Bugun moliya dunyosining eng ilg‘or g‘oyalari atrofida fikr yuritayotgan, Fransiyaning yirik Orange kompaniyasida tajriba to‘plagan, hozir esa AQShda doktorantura (PhD) olib borayotgan bu yigitning orzusi bitta: texnologiyani odamlar hayotini yengillashtirish vositasiga aylantirish.

    Uning hikoyasi raqamli banking, ilmiy aniqlik va vatanparvarlik tutashuvida vujudga kelgan. U biz bilgan sun’iy intellektni konferensiyalar sahnasidan olib tushirib, real odamlar hayotiga — mikrokredit olish, chatbotdan yordam so‘rash, yoki ma’lumotlarni tez tahlil qilish jarayonlariga olib kirdi.

    Quyidagi maqolada Anvarning qanday qilib yirik Yevropa kompaniyasida ishlagani, O‘zbekistonda tarixiy SI-loyihani boshlagani, endilikda esa AQShda kechayotgan hayoti hikoya qilinadi.

    Orange’da boshlangan sun’iy intellekt sayohati

    Anvarning sun’iy intellektga bo‘lgan qiziqishi Fransiyadagi Orange (France Telecom) kompaniyasida ishlagan davridan boshlangan. Orange (France Telecom) — Fransiyada top 1 telekommunikatsiya kompaniyasi bo‘lib, butun Yevropadagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Faqat Fransiyaning o‘zida 36 milliondan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatadi, dunyo bo‘ylab esa 290 milliondan ziyod foydalanuvchiga ega.

    Uning faoliyati Orange Labsning Fransiyaning Lannion shahridagi kampusida, Orange Innovation’ning DATA-IA bo‘limi va NADIA (NAtural DIAlogue) jamoasida olib borilgan. Bu jamoa sun’iy intellektga asoslangan tabiiy til orqali muloqot (Natural Language Dialogue) yo‘nalishida tadqiqot va amaliy dasturlar bilan shug‘ullanadi. Aynan shu yerda Anvar CORDIAL nomli SI asosidagi til texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan loyiha doirasida faoliyat yuritgan. Ushbu korpus Orange kompaniyasining eng yirik korpuslaridan biri bo‘lib, 3 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi. Barcha ishlar R&D (Research and Development) — tadqiqot va rivojlantirish doirasida olib borilgan.

    ChatGPT mashhurlikka erishmasidan ancha oldin, Anvar Orange ichki chatbotlar ekotizimini yaratishga hissa qo‘shdi. U yaratgan "OrangeGPT" chatboti kompaniya mijozlarining kundalik so‘rovlarini avtomatik tarzda qayta ishlashga xizmat qilgan. Anvar foydalanuvchi so‘rovlarini tahlil qilib, savollarni guruhlarga ajratib bera oladigan tizim yaratdi. Bu chatbotga berilayotgan savollarni aniqroq tushunishga yordam berdi va foydalanuvchi tajribasini keskin yaxshiladi.

    Ikkinchi yaratgan SI programmasi, kompaniyani operatsion xarajatlarini 30 foiz qisqartiriishga yordam berdi. Aynan shu yerda Anvar sun’iy intellektning chuqur modellari bilan ishlashga yanada qiziqib qoldi.

    CNRS: ilmiy tadqiqotlar

    Orange’dan avval Anvar Fransiyaning CNRS — yirik ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan. Bu yerda u kameralar orqali voqealarni aniqlovchi tizim yaratdi. Bu loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilib, ko‘plab olimlar e’tiborini tortgan.

    Shuningdek, u biologik tadqiqotlar uchun sog‘liqni saqlash sohasidagi ma’lumotlarni saralab tahlil qiluvchi dastur yaratdi. Bu vosita ilmiy tadqiqotlarni ancha tezlashtirdi. Anvar bu yerda ilmga asoslangan muammoga yondashuvni chuqur o‘rgandi.

    Huawei: Xitoydan boshlangan ilhom

    Anvarning sun’iy intellektga qiziqishini uyg‘otgan ilk jihatlardan biri Huawei kompaniyasi orqali bo‘lgan. Bakalavriyatning ikkinchi kursida u Xitoyda tashkil etilgan “Seeds for the Future” dasturiga tanlab olingan. O‘ta raqobatbardosh tanlovdan o‘tish uchun u IELTS sertifikati, tavsiyanomalar, GPA, esse va intervyu bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan. Ikkinchi bosqichda matematika, mantiq va ingliz tili bo‘yicha testlar, uchinchi bosqichda esa Huawei bilan intervyu o‘tkazilgan. Nihoyat, butun O‘zbekistondan atigi 10 nafar talabadan biri sifatida tanlab olingan.

    May oyining oxirida boshlangan safar davomida Anvar Xitoyda ikki haftalik trening jarayonlarida qatnashgan. Dastlab Pekinda madaniy almashinuv va til kurslari, muzeylar va madaniy markazlarga tashriflar amalga oshirilgan bo‘lsa, keyin Shenchjendagi Huawei bosh ofisida IoT, telekommunikatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalariga oid chuqur treninglar o‘tkazilgan. Aynan mana shu tajriba uni sun’iy intellekt sohasiga jiddiy kirib kelishga ilhomlantirgan. Sertifikatlar topshirish marosimida o‘sha vaqtdagi O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Baxtiyor Saidov va Huawei kompaniyasining yuqori lavozimli rahbarlari ham qatnashgan.

    Keyinchalik, Anvar Huawei’ning Toshkentdagi ofisida ham stajor sifatida faoliyat yuritgan. Bakalavrni tamomlab, diplom olgach, u magistratura uchun Fransiyaga grant asosida yo‘l olgan.

    Bankdan kredit olish jarayonini osonlashtirgan sun’iy intellekt

    Orange’dagi muvaffaqiyatdan so‘ng Anvar vatanga qaytdi. U O‘zbekistondagi banklardan birida sun’iy intellekt muhandisi sifatida ish boshladi.

    Anvar ishchi guruhi bilan O‘zbekiston bank tizimida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun avtomatik onlayn kredit baholash tizimini ishlab chiqdi. Bu tizim orqali bankka bormasdan, mobil ilova orqali mikrokredit olish imkoniyati yaratildi. Ilgari kredit olish uchun ko‘plab hujjatlar va bank bilan muloqot zarur bo‘lgan bo‘lsa, yangi tizim bu jarayon yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ancha yengillashtirdi.

    U va uning jamoasi foydalanuvchining moliyaviy tarixini va xatti-harakatlarini tahlil qilib, qarz berish qarorini avtomatik qabul qiluvchi model yaratdi. Ular bir necha yondashuvlarni sinab ko‘rib, eng ishonchli yechimni joriy qilishdi. Bu tizim hozirgacha faol ishlamoqda.

    AQShdagi doktorantura va kelajakka qarash

    Hozirda Anvar AQShning Texas shtatidagi The University of Texas at Dallas universitetida doktorantura bosqichida tahsil olmoqda. U shu universitetda sun’iy intellekt bo‘yicha o’zidan pastroq pog’onada o’qiyotgan studentlarga professor yordamchisi sifatida o‘quv darslarini ham olib boradi.

    Yozgi ta’til davrida esa u sun’iy intellektning moliyaviy sohalardagi imkoniyatlari, bank tizimidagi raqamli transformatsiya kabi real sohalar bilan bog‘lash haqida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

    Anvar ba’zi doktorlik tadqiqotlarini ham asl vatandoshi va qarindoshi bo‘lgan taniqli fizik va professor Anvar Zahidov bilan birga olib bormoqda. Professor Zahidov nanofotonika va energiya tizimlari bo‘yicha dunyoga mashhur olimlardan biri bo‘lib, The University of Texas at Dallasda ilmiy faoliyat olib boradi. Ular birgalikda SI’ni ilmiy va texnologik sohalarga tatbiq qilish yuzasidan loyihalar ustida ishlamoqdalar.

    Anvar Zohidovning fikricha, yaqin 5 yil ichida O‘zbekistonda quyidagilar yuz beradi:

    “Ishlar avtomatlashadi, qog‘ozbozlik kamayadi. Ko‘plab jarayonlar raqamlashtiriladi, bu esa tezlik va aniqlikni oshiradi. Banklardagi ko‘plab oddiy amaliyotlar sun’iy intellektga o‘tadi. Barcha banklar avtomatik kredit baholash tizimlarini joriy etadi. Kiberxavfsizlik kuchayadi va bunda ham sun’iy intellekt muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston yangi texnologiyalarni tez qabul qilayotgan davlat sifatida, boshqa mamlakatlarga nisbatan sun’iy intellektni tezroq o‘zlashtiryapti. Markaziy Osiyo bilan birgalikda O‘zbekiston 5 yil ichida SI va fintex bo‘yicha global miqyosda asosiy o‘yinchilardan biriga aylanishi mumkin.”

    Bu darajaga yetish uchun nima qilish kerak?

    “Agar hozirgi tezlikda sun’iy intellekt joriy etishda davom etilsa — hatto undan ham tezroq va kengroq qamrovda ishlansa — O‘zbekiston va mintaqadagi kompaniyalar yaqin yillarda jahon miqyosidagi yetakchilarga aylanishi hech gap emas.”

    Abdulloh Tursunov tayyorladi.

    1 avgust, 18:45   Izoh (0)   297
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.