• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boshqalar

    "Bugun dunyodagi eng noyob karakat mushuk zotlari bizning qaramog‘imizda tug‘ilib, parvarish qilinmoqda" — Ganna Kuzmina

    Ganna Kuzmina – Vipleo cattery asoschisi va Karakat mushuk zotining yaratuvchisi. “Biz dunyodagi birinchi rasmiy Karakat zotini yetishtirganmiz. Bu karakal zoti va uy mushugidan olingan noyob gibrid jonivor”, deydi u. Sohaga ilk qadami 2010-yildan, Ukrainada yovvoyi mushuklar — serval, otselot va karakallar bilan ishlashdan boshlangan. 2011-yilda esa Vipleo kompaniyasi rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan beri Ganna genetik barqaror, ajoyib xulqli va odamlarga moyil karakatlarni yetishtirish yo‘lida harakat qilib kelmoqda.

    Ganna bilan suhbatda uning seleksionerlik faoliyati, xususan, O‘zbekiston bilan aloqalari, kelajakdagi rejalari haqida so‘z boradi.

    — Siz yaratgan Karakat zotining o‘ziga xos jihatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?

    Karakatlar nafaqat tashqi chiroyi bilan (karakal quloqlari, yirtqichlarnikiga o‘xshash gavda, noodatiy rang), balki ulkan ijtimoiylik va inson bilan aloqa o‘rnata olish qobiliyati bilan ajralib turadi. Ular suvni yaxshi ko‘rishadi, sayrga chiqishga moslashgan, ularni zanjirband holda olib yurish ham mumkin. Asosiy maqsadimiz bu zotdagi genetik barqarorlikni ta’minlash. Bu boradagi seleksion ishlar orqali karakatlar nafaqat ekzotik ko‘rinishga, balki barqaror salomatlik va xulqiy muvozanatga ham ega bo‘lib bordi.

    — Suhbat avvalida Toshkentdagi xalqaro ko‘rgazmada qatnashganman degingiz. Shu haqida gapirib bersangiz.

    Ha, bu men uchun unutilmas tajriba bo‘lgan. 2018-yil 29-aprelda Toshkentda o‘tkazilgan “Kashmir-2018” nomli xalqaro mushuklar ko‘rgazmasiga VIP-mehmon sifatida taklif qilindim. U yerda Karakat zotining O‘zbekistonda ilk taqdimoti bo‘lib o‘tdi — ko‘rgazma mehmonlariga ushbu noyob jonivorning xulq-atvori, parvarishi va xavfsiz saqlash uslublari haqida ma’lumotlar berdim. Tashrif buyurganlar ham, mutaxassislar ham katta qiziqish bilan savollar berishdi. Bu men uchun ulkan professional tajriba almashinuvi edi.

    — O‘shanda siz haqingizda “Dunyo bo‘ylab” telekanali ham maxsus reportaj tayyorlagan ekan. Bu qanday sodir bo‘lgandi?

    Bu tashrif davomida kutilmaganda bo‘ldi. “Dunyo bo‘ylab” telekanali bizning ko‘rgazmadagi ishtirokimizni yoritdi. Ko‘rsatuvda men karakatlar qanday parvarish qilinishi, ular qanday ijtimoiy xulq-atvorga ega ekani va ularning o‘ziga xos ehtiyojlari haqida so‘z yuritdim. Menimcha, bu ko‘rsatuv O‘zbekiston tomoshabinlariga, ayniqsa ko‘rgazmada ishtirok eta olmaganlar uchun qiziq va foydali bo‘ldi. Ushbu ko‘rgazmadan keyin odamlar karakatlarni faqat ekzotik hayvon sifatida emas, balki ehtiyotkorlik va mas'uliyat talab qiladigan jonli mavjudot sifatida qabul qila boshlashdi, qiziqish ortdi.

    — VIPLEO brendi bugun qanday bosqichda? Yutuqlar haqida gapirib bersangiz.

    Bugungi kunga kelib VIPLEO dunyo miqyosida tan olingan brendga aylandi. Jumladan, 2020-yilda biz dunyodagi birinchi ko‘k rangli karakat mushuklarini yaratdik. 2021-yilda Karakat×Karakat naslchiligiga erishdik, bu brendimizning haqiqiy genetik yutug‘i bo‘ldi. 2022-yilda urush sababli Vipleo ofisini Ukrainadan Florida shtati (AQSH)ga ko‘chirishga to‘g‘ri keldi. Bu yerda ham faoliyatimizni davom ettirib, yanada rivojlantirdik. Bugun dunyodagi eng noyob karakat zotlari bizning qaramog‘imizda tug‘ilib, parvarish qilinmoqda. Bu menga ulkan faxr bag‘ishlaydi. Har safar biron natijaga erishganimizda ishimga bo‘lgan muhabbatim kuchayib boraveradi.

    Lekin faoliyatim faqat bu bilan cheklanib qolmaydi. Seleksionerlikdan tashqari, ilmiy-ekspert sifatida ham qator tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelaman. Xususan, bir necha yil davomida veterinariya klinikalari bilan hamkorlikda ishladim, ayniqsa, gibrid mushuklarga oid masalalarda ularning sog‘lig‘i, xulqi, oziqlanishi, xavfsiz saqlanishi, shuningdek, qonunchilik masalalarida maslahatlar berib boraman. Bu yo‘nalishda Yevropa sertifikatiga egaman va Ukrainda yashagan vaqtimda Davlat veterinariya xizmati bilan hamkorlikda ishlaganman. O‘sha paytda to‘plagan bilim va tajribalarim hozirgi faoliyatimda menga juda qo‘l kelyapti.

    — Yaqin kelajakdagi rejalaringiz qanday?

    Vipleo orqali karakat zotini genetik jihatdan barqaror, ijtimoiy moslashuvchan va axloqiy seleksiya asosida yanada takomillashtirish asosiy maqsadim. Shu bilan birga, xalqaro miqyosda, jumladan, Markaziy Osiyo bilan ilmiy va malakaviy tajriba almashuvini davom ettirish niyatidaman. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, O‘zbekistonda o‘tkazilgan ko‘rgazma biz uchun professional va tajriba jihatdan juda muhim bosqich bo‘lgan.Shu bois kelgusida ham O‘zbekistondagi hamkasblar bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istagi ham yo‘q emas. Umid qilamanki, tez orada reja qilgan maqsadlarimizga erishamiz.

    Abdulloh Tursunov suhbatlashdi

    21 iyul, 16:30   Izoh (0)   964
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mo‘ynoq: kecha, bugun, ertaga — milliy xotira va islohotlar maydoni

    11 iyul, 20:00

    Honorning yangi avlod smartfonlari — Honor 400 va Honor 400 Pro taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    8 iyul, 15:00

    O‘zbekiston investisiya jalb qilishda Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    4 iyul, 15:47

    Xiva deklaratsiyasi qabul qilindi

    2 iyul, 15:13

    Yoshlar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy kuchi

    30 iyun, 15:08

    O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy forumida: mintaqaviy faollik va  iqtisodiy diplomatiya 

    27 iyun, 21:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Qozog‘iston Jennifer Lopes konsertidan qancha daromad topdi?

    14 avgust, 09:30

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Keyingi 48 soat hal qiluvchi”: Ukraina armiyasi Donbassdagi muhim shaharda qurshovda qolishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 10:49

    “Manchester Siti” “Monako” futbolchisi uchun 80 mln yevro to‘lashga tayyor

    Sport | 14 avgust, 10:27

    Bir urushdan boshqasiga: G‘azodagi falastinliklar Janubiy Sudanga ko‘chirilishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 10:21

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Ra’no Shodiyeva, sovg‘alar “yomg‘iri”ostida qolgan Jey Lo, Yulduz Usmonovaning bir kuni qanday o‘tadi?

    Madaniyat | 14 avgust, 10:12

    O‘zbekistonda 15-avgust kuni havo harorati yana pasayadi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 09:59

    CNN: Putin va Tramp Alyaskadagi harbiy bazada uchrashadi

    Dunyo | 14 avgust, 09:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.