38 yoshli Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” futbolchisi Lionel Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha yana rekordchi bo‘ldi. Messi bu ko‘rsatkich bo‘yicha “An-Nassr” hujumchisi va sardori portugaliyalik Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi.

Bugun, 20-iyul kuni MLS ligasidan o‘rin olgan “Inter Mayami”—“Nyu-York Red Bullz” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda Messi jamoasi raqiblari ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Messi bu o‘yinda ikkita gol urdi va yana bitta golli uzatma amalga oshirdi. Argentinalik futbolchi ikkala golni ham o‘yindan kiritdi.
Endilikda 38 yoshli hujumchining faoliyatidagi penaltisiz gollari soni 764 taga yetdi, Ronalduda esa – 763 ta. Umumiy hisobda Lionel Messi faoliyati davomida 1114 ta o‘yinda 874 ta gol (shundan 110 tasi penalti orqali) urgan bo‘lsa, Ronaldu 1281 ta o‘yinda 938 ta gol (shundan 175 tasi penalti orqali) muallifi bo‘lgan.
Izoh (0)