• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Musiqa Shou-biznes

    O‘zbek shou-biznesidagi eng “qimmat” xonanda, afsonaviy “Bolalar” guruhi yakkaxoni Tohir Sodiqov 52 yoshda

    Yoshlar orasida 90-yillarning eng mashhur qo‘shiqchisi, qisqa vaqt ichida tanilib, gastrol safarlarida bir stadionda 2-3 marotaba konsert bergan, bugungi kunda to‘ylardagi “birrov”i narxi juda qimmat bo‘lgan xonanda Tohir Sodiqov 1-iyul kuni 52 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan xonandaning bolaligi, ilk muhabbatini qanday uchratgani va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot beramiz.

    “Sho‘x bo‘lsam-da, a’lochi edim”

    Tohir Sodiqovning bolaligidayoq dunyodan ko‘z yumgan otasi Bahromjon Sodiqov zaxiradagi ofitser va uchuvchi bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyin masʼuliyat o‘z yelkasiga tushgach, onasi zavodga ishga kirgan. Bolaligini juda yaxshi eslaydigan xonanda maktabda eng sho‘x o‘quvchilardan biri bo‘lgan bo‘lsa-da, yaxshi o‘qigan.

    Foto: Instagram

    — Maktabda juda sho‘x edim, lekin 10 yil o‘qib biror marta choragimga uch baho olmaganman. To‘rt baholarim ham bir-ikkita bo‘lardi, xolos. Kitob o‘qish jon-u dilim edi. Men o‘zbek sinfda, opalarim esa rus sinfda o‘qishgan. Ammo rus tilini ham juda yaxshi bilardim. Maktabdosh do‘stlarimiz bilan 1989-yili guruh tashkil qilish va qo‘shiq aytish fikri paydo bo‘lgan. Javohir Zokirov pochchasi bilan gaplashib ko‘rishini aytgan. U paytda Nargiz Zokirovaning turmush o‘rtog‘i Ruslan Sharipov edi, deydi Tohir Sodiqov.

    “Guruhimiz nomi Ruslan Sharipovning o‘zbekchani bilmasligi sabab kelib chiqqan”

    Javohir Zokirov sabab Tohir Sodiqov Ruslan Sharipov bilan tanishgan. U o‘z davrining eng hit qo‘shiqlarini yozadigan bastakori edi. “Bolalar” guruhining ilk tarkibida Bahodir Po‘latov, Tohir Sodiqovning akasi Husan Sodiqov, Javohir Zokirov, Nargiza Zokirova, Tofik Morduxayev, Toir Odilov va Tohir Sodiqovlar bo‘lgan.

    Foto: Instagram

    — Hamma biladi, o‘sha yillari Yuriy Shatunov boshchiligida “Laskoviy may” guruhining ijodi gullagan yillar edi. Biz ham barcha yoshlar singari ularga havas qilardik, baʼzida o‘xshashga intilardik. Guruhga nom topish kerak bo‘lganida ham “Jozibador may” deb nomlamoqchi bo‘lganmiz. Bir kuni Ruslan Sharipovning ofisiga borib, shu borada gaplashib qoldik. U o‘zbek qo‘shiqchilari bilan ishlasa ham, bu tilni uncha yaxshi bilmasdi. Yoshimiz deyarli teng bo‘lsa ham, “Patsani” deb murojaat qilardi. Shunda Bahodir Po‘latov “Bolalar” deb qo‘ysak-chi, deb taklif kiritdi. Nom barchaga maʼqul bo‘lganidan keyin shunday nomlashga qaror qildik, deydi xonanda.

    “Bir mashina pulimiz bo‘lsa-da, ovqatlanolmas edik”

    Guruh ilk yakkaxon konsert dasturini 1990-yil 23-fevralda “Alpomish” sport saroyida taqdim etgan. Yanvar oyida esa “Esingdami seni” nomli ilk albomi chiqarildi. Oradan uch oy vaqt o‘tmasdan muxlislardan konsert berish borasida jiddiy takliflar tushgan va ular “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida konsert bergan.

    Foto: Instagram

    — O‘sha yillarda konsert tashkilotchilari bo‘lib ishlagan insonlar “Bolalar”ni juda yaxshi eslashadi. Talab yuqori bo‘lgani uchun bitta stadionda ikki-uch marotaba konsert berardik. Jamoamiz katta edi, uning ustiga diskoteka ruhiyatini yaratish uchun chiroqlar va ovoz kuchaytiruvchi uskunalarni ham o‘zimiz bilan olib yurardik. Endi Toshkentga qaytamiz deganimizda yana qaysidir viloyat yoki qo‘shni respublikadan taklif tushardi. Ammo juda qiyin yillar edi. Bir mashina pulingiz bo‘lsa ham, do‘konlarda sotib olishga narsa bo‘lmasdi. Gastrollarda ovqatdan ko‘p qiynalardik, deya eslaydi Tohir Sodiqov.

    “Amerikadagi do‘konda musiqiy albomimni qoldirib kelganman”

    Tohir Sodiqov ilk bor AQSHga borganida ko‘zlariga ishonmagani va musiqiy do‘konda bo‘lgan voqealar haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram

    — Birinchi marta AQSHga borganim paytlarimda kassetalar yo‘qolib, disklar paydo bo‘layotgan yillar edi. “Bolalar” guruhi O‘zbekistondan birinchilardan bo‘lib albomini disk ko‘rinishida chiqargan. Yashirmayman, o‘shanda AQSHdagi baland binolarni ko‘rib og‘zim ochilib qolgandi. Musiqiy albomlar do‘koniga borganmiz. Mamlakat harfini tanlasangiz, u yerdagi mashhur qo‘shiqchilarning nomi chiqar ekan. O‘zbekistonlik qo‘shiqchilardan Turg‘un Alimatov, Munojot Yo‘lchiyeva va “Yalla” guruhining albomlari sotilar ekan. Sotuvchiga 10 ta yangi albomimni qoldirib, kartatekaga kiritib qo‘yishini so‘ragandim, deydi Tohir Sodiqov.

    “Rafiqamni yomg‘ir tagida qolib ketganida uchratib, yoqtirib qolganman”

    Qo‘shiqchi uylangan va ilk bor ota bo‘lgan kunini hayotidagi eng baxtli kunlaridan deb ataydi. Xo‘sh, ayoli Shahnoza bilan muhabbat tarixi qanday bo‘lgan?

    Foto: Instagram

    — Bir kuni Toshkentdagi Qorasuv dahasi tomondan qaytayotgandik. Yomg‘ir yog‘ib turibdi, bir qiz yo‘lda ketayotgan ekan. Unga rahmim kelib to‘xtasam, “Kerakmas, ketavering” deb noz qilgan. Ertasi kuni ham uni yo‘lda ko‘rganman. Xullas, ko‘nglim tushib, uy telefonini so‘raganman. Ammo meni haligacha qiziqtiradigani Shahnoza u dahada yashamagan, o‘qimagan bo‘lsa (kulib). Men bilan uchrashish uchun atayin yo‘limdan chiqqanmikan?

    Ayolim bilan to‘rt yil davomida bir-birimizni sinaganmiz. Onamga sovchilikka boring, desam, “Avval ishni pishit, borsam, uydagilari yo‘q desa-chi”, degan. Chunki onam juda g‘ururli inson bo‘lgan. Xullas, bir-birimizni sinaganimizdan keyin oila qurishni taklif qilganman. Ikki qiz va bir o‘g‘il farzandni tarbiyaladik. Shahnozaning asl kasbi shifokorlik, ammo farzandlarimiz sabab ishlamadi, ularning tarbiyasi bilan shug‘ullandi, deydi Tohir Sodiqov.

    “Yosh bolalar bilan duet kuylamayman”

    Tohir Sodiqov o‘zbek estradasida duetdosh tanlash borasida eng injiq xonanda hisoblanadi. Hatto, u Cover Up loyihasida g‘olib bo‘lgan yosh ijodkor bilan duet kuylashni ham rad etgan. Buning sababini esa quyidagicha izohlaydi.

    Foto: Instagram

    — Yuristim va menejerim bor. Men avvaldan duetlarni shunchaki ijro etgan odam emasman. Taklif u xonanda tomonidan kiritilayotgan bo‘lsa, albatta, haq so‘rayman. Men bilan duet aytish uchun 25-30 ming AQSH dollari miqdorida gonorar to‘lashi kerak. Ko‘rsatuvga borganimda kutilmaganda duet aytasiz, deb qolishgan. 34 yillik sanʼatkor yosh ijrochi bilan duet kuylashi qanchalik to‘g‘ri? Dadasi yoki kanal maʼmuriyati pul bersa, boshqa gap edi, deydi xonanda.

    Foto: Instagram

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov bir kunda 3 tagacha to‘yda ishtirok etadi. Uning Toshkent to‘ylaridagi “birrov”i narxi 2000 dollar etib belgilangan.

    2 iyul, 13:30   Izoh (0)   31422
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Tohir Sodiqov#Ruslan Sharipov#Nargiz Zokirova#“Bolalar” guruhi#Yuriy Shatunov#Javohir Zokirov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lola “Muloqot” a’zolari savollariga javob berdi (video)

    13.11.2013, 14:36

    Jahongir Poziljonov o‘zbek shou-biznesining ikki avlodini birlashtirdi

    02.03.2015, 21:35

    Javohir Zokirov “Bolalar” guruhini tuzganini tasdiqladi

    10.08.2015, 11:17

    Aktyor Javohir Zokirov ikki qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi

    08.05.2016, 21:00

    “Xizmatingizda Toshkentning eng zo‘r, ‘samiy diskotechniy’ gruppasi!”. “Bolalar”ning ilk kliplaridan biri

    18.06.2016, 11:00

    “Al-vakil”, “Setora”, “Ummon”: o‘z davrida shuhrat qozonib, so‘ng tarqalib ketgan guruhlar (foto va video)

    26.02.2021, 13:47

    Jasur Umirovdan “Million” va Yulduz Usmonovagacha. “Xalqlar do‘stligi”da o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?

    20.04.2022, 14:20

    “Avariyadan keyin, bir yil to‘shakka mixlanganman” — otasidan ayrilgan, maktabdayoq mashhurlikka erishgan va to‘ydan oldin ayolini to‘rt yil sinagan Tohir Sodiqov

    02.07.2023, 18:50

    “Erkak kishi kasb va xotin tanlashda adashmasligi kerak” — xonandalikdan ketgan, teatrdagi maoshidan qoniqmagan va G‘afur G‘ulomga kuyov bo‘lgan Javohir Zokirov 51...

    15.11.2023, 12:08

    O‘zbek shou-biznesidagi gonorari eng qimmat xonandalardan biri, uch farzandning otasi Tohir Sodiqov 51 yoshda (foto, video)

    03.07.2024, 12:00

    Ziyoda, Ozoda yoki Tohir Sodiqov: qaysi xonanda bir kunda 15 ta to‘yga boradi?   

    10.07.2024, 11:45

    Kinoda yarq etib ko‘ringan va keyin “yo‘qolib qolgan” aktrisalar (foto)

    16.08.2024, 17:12

    “Uyimni sotib bo‘lsa ham beraman” — Ozodbek Nazarbekov “Ovoz” loyihasiga sarflangan 2 mlrd so‘m uchun malomat qilmaslikni so‘radi 

    16.08.2024, 20:12

    Noodatiy obrazlar va to‘liq jonli ijro: xonanda Lola 10 yillik tanaffusdan so‘ng “Xalqlar do‘stligi”da konsert berdi (video) 

    29.09.2024, 11:37

    “Million” kulgi jamoasining yangi konsertidan reportaj (video)

    23.10.2024, 23:08

    Yandex Uzbekistan musiqiy tavsiyalarni o‘zbek tilida taqdim qiladi

    07.11.2024, 18:31

    Instagram: “Million” kulgi jamoasi aktyori uylandi, to‘ylarda soxta Yulduz Usmonovalar paydo bo‘ldi, Maryam Tillayeva kiyinishga qancha pul sarflaydi?  

    17.11.2024, 23:21

    Instagram: Rafiqasining tug‘ilgan kunini nishonlagan Tohir Sodiqov, imijini o‘zgartirgan Asal Shodiyeva, Umida Mirhamidova oilasida xursandchilik

    24.12.2024, 11:25

    “Muhabbat sinovlari”dagi Ruxshona, “Panoh”dagi Gulnoza. Yorqin obrazlari bilan tanilgan aktrisalar hozir qayerda? (foto)

    30.12.2024, 14:06

    Mudhish YTHda omon qolgan, “Boyvachcha”dan keyin boyib ketgan va sobiq hokimdan qimmatbaho sovg‘a olgan Jahongir Poziljonov 47 yoshda (foto, video)

    5 mart, 13:30

    Roza Zergerlidan “Million”gacha: Toshkentda kutilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi

    21 mart, 20:35

    Instagram: Hamdam Sobirov 230 ming dollarlik avtomobil xarid qildi, Munisa Rizayeva o‘g‘lining ismini qachon aytadi? Mo‘min Ibrohimovning reklamasi qancha?

    4 iyun, 21:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52

    Samarqandga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik xonadonidan o‘lik holda olib kelindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 09:17

    Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 08:12

    Linkoln imzolagan qullikni bekor qilish hujjati 12 mln dollarga sotildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:50

    Xitoyda 300 ming yillik sirli yog‘och qurollar topildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.