• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mo‘g‘ul yoshlarining O‘zbekistondagi OTMlarda taʼlim olishi qayta tiklanadi

    Mo‘g‘uliston Davlat saroyida prezident Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uchrashuv avvalida davlat rahbari Mo‘g‘uliston yetakchisiga samimiy qabul hamda ushbu mamlakatga javob davlat tashrifi bilan kelish taklifi uchun minnatdorlik bildirdi.

    Ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchisi bo‘lgan ushbu tashrif ko‘p qirrali O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston aloqalarini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berishi alohida taʼkidlandi. O‘zbekiston prezidenti Mo‘g‘uliston tomonini yaqinlashib kelayotgan Xalq inqilobi kuni bilan ham tabrikladi.

    O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Barcha darajadagi aloqalar va almashinuvlar faollashdi. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari jadal o‘sib bormoqda. Qo‘shma korxonalar soni ko‘paymoqda, sog‘liqni saqlash, taʼlim, elektron savdo, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida ilk kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish boshlandi.

    Kuni kecha ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va idoralari vakillari ishtirokida qo‘shma biznes forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi, Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston mahsulotlarining shourumiga ega savdo uyi ochildi.

    Muzokaralarda iqtisodiy kooperatsiyani chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yaqin yillarda o‘zaro savdoni, eng avvalo, talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini oshirish hisobiga karrasiga ko‘paytirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi.

    Shu maqsadda imtiyozli savdo va investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitimlarni qabul qilishni tezlashtirish muhimligi taʼkidlandi.

    Davlat rahbari iqtisodiyotning muayyan tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish muhimligini taʼkidladi. Hamkorlikning qator istiqbolli yo‘nalishlari ustuvor etib belgilab olindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bu, avvalo tog‘-kon sohasidagi sheriklik, jumladan, geologiya-qidiruv dasturini ishlab chiqish, xomashyo resurslari konlarini o‘zlashtirish, texnologiyalar transferi, tajriba almashish va kadrlar tayyorlash sohalari.

    Shu maʼnoda, sohadagi loyihalarni ilgari surish maqsadida Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston geologiya vazirligining vakolatxonasi ochilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Qo‘shma klasterlar tashkil etish, go‘sht-sut, jun va charm mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini ilgari surish asosida qishloq xo‘jaligida kompleks hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdorlik bildirildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va yangi logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Yil yakuniga qadar poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

    Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar uchun xalqaro tahlil instituti bilan birgalikda eng qisqa va samarali transport yo‘laklarini aniqlash bo‘yicha amaliy tadqiqotlar o‘tkazish taklifi bildirildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi. Shu kunlarda Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari, sanʼat va turizm tadbirlari o‘tayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni faol rivojlantirish, ajratilayotgan kvotalar doirasida mo‘g‘ul yoshlarining O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishini qayta tiklashga kelishib olindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan ahdlashildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yakunda davlat rahbari Mo‘g‘uliston prezidentini javob tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

    24 iyun, 18:31   Izoh (0)   1204
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev#Mo‘g‘uliston

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston hamkorligini kengaytirishga qaratilgan 14 ta hujjat imzolandi 

    24.06.2024, 14:24

    “Mo‘g‘uliston prezidentining O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi haqli ravishda tarixiy bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

    24.06.2024, 15:35

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    24.06.2024, 16:26

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

    24.06.2024, 17:33

    Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Texnoparkka tashrif buyurdi

    24.06.2024, 20:21

    “Daryo” dayjesti: 24-iyunning eng muhim xabarlari

    24.06.2024, 22:10

    Parrandachilik korxonalari 5 yilga yer solig‘idan ozod qilinadi

    25.06.2024, 18:30

    Shavkat Mirziyoyev 67 yoshda: O‘zbekiston prezidentini kimlar tabrikladi?

    24.07.2024, 17:10

    Shavkat Mirziyoyev G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi (foto)

    9 may, 15:57

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    5 iyun, 23:46

    Qashqadaryoda viloyat “Islohotlar shtabi” tuziladi

    20 iyun, 13:05

    “Respublikadagi barcha tuman hokimlari Shahrisabz, Yakkabog‘ va Ko‘kdalani kelib ko‘rsin, o‘rgansin” — prezident

    20 iyun, 13:29

    Qashqadaryoda chorvadorga mol sonini ko‘paytirish uchun arzon resurslar ajratiladi

    20 iyun, 13:45

    Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi

    20 iyun, 15:31

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    20 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyev Ko‘kdala tumani maʼmuriy markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi (foto)

    20 iyun, 19:09

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    20 iyun, 23:05

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga boradi

    23 iyun, 14:25

    Ulan-Batorda O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston biznes-forumi o‘tkazildi (foto)

    23 iyun, 15:30

    O‘zbekistonda elektr isteʼmoli yuqori 18 ta tarmoq o‘zini o‘zi energiya bilan taʼminlaydigan tizimga o‘tkaziladi

    23 iyun, 20:49

    Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi. Nimalar muhokama qilindi?

    23 iyun, 20:59

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    23 iyun, 22:52

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    23 iyun, 23:36

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi

    24 iyun, 09:39

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurdi (foto)

    24 iyun, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.