• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boshqalar

    Kimyo sanoatida raqamlashtirishning o‘rni qay darajada? Yetakchi muhandis-dasturchi Albina Kaipova bilan suhbat

    Bugun kimyo sanoati raqamli transformatsiya davrini boshdan kechirmoqda. Raqamli texnologiyalar kimyo sanoatida, ayniqsa, matematik modellashtirish sohasida tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.

    Bu esa, o‘z navbatida, kimyoviy jarayonlarning harakatini aniq bashorat qilish va ishlab chiqarish siklining barcha bosqichlarida uni optimallashtirish imkonini beradi. Albina Kaipova – “Kimyoavtomatika” kompaniyasi va O‘zbekistondagi “Honeywell GES Uzbekistan” markazining ushbu sohadagi yetakchi muhandis-dasturchilaridan biri, xalqaro loyihalarda qariyb o‘n yillik tajribaga ega.

    Albina texnologik jarayonlarning matematik modellarini yaratish va “UniSim Design Suite” dasturiy ta’minoti asosida operatorlarni tayyorlash uchun simulyatorlar yaratish bilan shug‘ullanadi. U texnologiya, avtomatlashtirish va o‘qitishni kimyo zavodlaridagi real ishlab chiqarish sharoitlariga moslashtirgan holda yagona simulyatorga birlashtiradi.

    Quyidagi intervyuda qahramonimiz bilan raqamli simulyatorlarning ahamiyati, avtomatlashtirishga nisbatan zamonaviy yondashuvlar va kimyo sanoatining kelajagi haqida suhbat qurilgan.

    — Albina, avvalo, o‘zingiz va kasbiy faoliyatingiz haqida qisqacha gapirib bersangiz.

    Men Toshkent kimyo-texnologiya instituti bitiruvchisiman. Bu yerda neft va gaz qayta ishlash jarayonlari va apparatlari yo‘nalishida magistrlik darajasini olganman. 2015-yildan buyon “Kimyoavtomatika” va “Honeywell GES Uzbekistan” kompaniyalarida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Bu davr ichida men muhandis-dasturchilikdan yetakchi mutaxassis darajasigacha ko‘tarildim. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyadagi loyihalarda ishtirok etganman. Mening asosiy vazifam — kimyo sanoati obyektlarida operatorlarni tayyorlash uchun kompyuter o‘quv-mashg‘ulot komplekslari va matematik modellarini ishlab chiqish, yaratish va kelgusida joriy etish.

    — Kimyo sanoatida raqamli simulyatorlarning roli qanday?

    Bugun simulyatorlar kimyo sanoatida kadrlar tayyorlashning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Yuqori malakali operatorlarni ishlab chiqish uchun birgina nazariyaning o‘zi yetarli emas, imkon qadar real hayotga sharoitlardagi amaliyot zarur. Raqamli simulyatorlar quvurlarning yorilishi, bosimning keskin pasayishi va boshqa favqulodda vaziyatlardagi kabi murakkab va potensial xavfli ssenariylarni xavfsiz tajriba qilish imkonini beradi. Bu real sharoitlarda xatoliklar xavfini sezilarli darajada kamaytiradi va avariyalarning oldini olishga yordam beradi.

    Simulyatorlar ta’limiy va xavfsizlikni oshirish maqsadlaridan tashqari, yuqori sifatli operatorlarni tayyorlash hamda inson omili bilan bog‘liq xatoliklar xavfini kamaytirish orqali qayta ishlashdagi texnologik jarayonlarni boshqarish samaradorligini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Aniq matematik modellar evaziga asbob-uskunalar va texnologik tizimlarning ishini oldindan hisoblash, turli xil yechimlar samaradorligini baholash va ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni oldini olish mumkin. Bu xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish va korxona rentabelligini oshirish imkonini beradi.

    Kimyo sanoati — strategik muhim va o‘ta nozik soha bo‘lib, arzimasdek ko‘ringan xatolik ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu yo‘nalishda haqiqiy obyektlar ustida tasodiflar va tajribalarga o‘rin yo‘q. Mutaxassislarni tayyorlash imkon qadar aniq, amaliyotga yo‘naltirilgan va xavfsiz bo‘lishi kerak.

    Qanday qilib xodimlarni odamlar va uskunalarga zarar yetkazmagan holda samarali o‘qitish mumkin? degan savol tug‘ilishi tabiiy. Simulyatorlar ayni shu savolga javob bo‘la oladi. Biz reallikka imkon qadar yaqin bo‘lgan virtual muhitda keng ko‘lamli texnologik va favqulodda vaziyatlarni modellashtirish imkonini beruvchi simulyatorlarni yaratamiz. Bu ilg‘or xalqaro tajribalarga mos, zamonaviy va ishonchli o‘quv-tayyorlov vositasidir.

    Hozirda kimyo sanoati korxonalarida qanday avtomatlashtirish tizimlari qo‘llanilmoqda?

    Kimyo zavodlarida — qazib olish hamda qayta ishlashdan tortib tashish va tarqatishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oluvchi keng turdagi avtomatlashtirish tizimlaridan foydalaniladi. Jumladan:

    DCS (Distributed Control System, taqsimlangan boshqaruv tizimi)

    Bu kimyoviy jarayonlarni uzluksiz nazorat qilish uchun asosiy kalit tizimdir. DCS barqarorlik, xavfsizlik va boshqaruvning yuqori aniqligini ta'minlaydi. Tizim operatorlarga real vaqt rejimida parametrlarni kuzatish va sozlash imkonini beradi. Misollar: Honeywell Experion PKS, Yokogawa CENTUM va boshqalar.

    SCADA (Supervisory Control and Data Acquisition)

    Dispetcherlik nazorati va ma'lumotlarni yig‘ish tizimlari taqsimlangan obyektlar ustidan, ayniqsa neft va gaz qazib olish hamda tashishda (quduqlar, nasos stansiyalari, quvurlar) monitoring o‘tkazish uchun ishlatiladi. SCADA operatorga vizualizatsiya, ma’lumotlarni yig‘ish va masofadan boshqarish imkoniyatlarini taqdim etadi.

    IIoT-platformalar va raqamli egizaklar

    Industrial internet uskunalari (IIoT)ga ulangan sensorlar prognozli texnik xizmat ko‘rsatish, energiya samaradorligini oshirish va texnologik qurilmalarning raqamli egizaklarini yaratish uchun tahlil qilinishi mumkin bo‘lgan katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi.

    — Qaysi loyiha siz uchun eng murakkabi bo‘lgan?

    Har bir loyihada o‘ziga yarasha qiyinchiliklar bo‘lgan, lekin men uchun eng murakkabi OAJ “Azot” (Kemerovo) “Karbamid” zavodi loyihasi edi. Birinchidan, bu ehtimol faoliyatimdagi eng “sovuq” loyiha bo‘lgan (kuladi). Ikkinchidan, karbamid UniSim Design dasturiy ta’minoti orqali modellashtirishda o‘ziga xos murakkabliklarga ega. Chunki bu dastur qattiq moddalar uchun mo‘ljallanmagan va karbamid esa qattiq moddadir. Loyihani hayotga tatbiq etish uchun nostandart yechimlardan foydalanish va dasturdagi cheklovlarga moslashishga to‘g‘ri kelgan. Biroq, qiyinchiliklarga qaramay, loyiha muvaffaqiyatli yakunlangan.

    — O‘zbekistonda raqamli simulyatorlar va avtomatlashtirishning rivojlanishi bilan bog‘liq ishlar qanday ketmoqda?

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham bu borada raqamli yechimlar faol tatbiq etilmoqda. Biz allaqachon bir qator loyihalarni amalga oshirib ulgurdik. Jumladan, Qandim va Uzbekistan GTL. Buni xalqaro standartlarga moslashuv va kadrlarni zamonaviy usullarda tayyorlash yo‘lidagi muhim qadam deb bilaman. Ishonchim komilki, O‘zbekiston kimyo sanoatida raqamli infratuzilmasi eng rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallay oladi.

    Ziyodbek Ismoilov suhbatlashdi

    24 iyun, 16:03   Izoh (0)   835
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston munosabatlarida yangi sahifa

    23 iyun, 21:02

    “Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining g‘oliblar aniqlandi

    22 iyun, 12:27

    Har qanday yoshda o‘zini baxtli his qilishga yordam beradigan omil aniqlandi

    19 iyun, 22:25

    Butun dunyo izidan quvayotgan 5 ta noyob Labubu: nega ular bu qadar qimmat?

    18 iyun, 17:59

    Markaziy Osiyo – Xitoy” sammiti: mintaqaviy hamkorlik manzarasi va istiqbollar

    18 iyun, 16:38

    “Markaziy Osiyo – Xitoy” hamkorligi: yangi bosqich sari

    17 iyun, 17:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yengil jazo evaziga 60 ming dollar: Surxondaryoda advokat qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 11:56

    Issiq havoda chanqoqni tez qondiradigan tabiiy ichimliklar

    Maslahatlar | 15 iyul, 11:51

    AQSHda 35 yilga qamalishi kerak bo‘lgan shifokor oqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 11:38

    Gollivud yulduzi Jorj Klunining Fransiyadagi uyida yong‘in chiqdi

    Kino | 15 iyul, 11:30

    2025-yilda 100 mingdan ortiq Rossiya fuqarolari Ukraina bilan urushda halok bo‘lgan — NATO

    Dunyo | 15 iyul, 11:25

    “O‘rikzor” savdo kompleksi buzilmaydi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 11:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.