Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Samarqandda BMTning Davlat xizmati bo‘yicha xalqaro komissiyasi rahbari Larbi Jakta bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda davlat xizmatchilarining ishini qanday qilib samaraliroq va zamonaviyroq qilish mumkinligi, qaysi xalqaro standartlarni joriy etish va xodimlarni qanday qo‘llab-quvvatlash kerakligi haqida fikr almashildi.

“Ayni paytda O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida kechayotgan islohotlarga alohida e‘tibor qaratdik. Janob Jakta mamlakatimizning so‘nggi yillarda erishgan yutuqlarini yuqori baholab, bugungi O‘zbekiston infratuzilma, innovatsiya va inson kapitali jihatidan butkul boshqacha davlat ekanini ta‘kidladi.

O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlik misli ko‘rilmagan yuksak darajada. Larbi Jakta bilan uchrashuv ana shu munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va birgalikdagi faoliyat uchun yangi istiqbollarni belgilashga ajoyib imkoniyat bo‘ldi”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.


Izoh (0)