G‘azodagi suv tizimlarining antropogen tarzda ishdan chiqishi hududda sun’iy qurg‘oqchilikni keltirib chiqargan. Bu haqda UNICEF 19-iyun kuni ma’lum qilgan.

Bolalar tashnalikdan o‘la boshlaydi... Ichimlik suvi ishlab chiqarish inshootlarining atigi 40 foizi ishlab turibdi”, dedi UNICEF vakili Jeyms Elder Jenevada.
Isroil hozirda G‘azoga yordamning katta qismini G‘azo gumanitar jamg‘armasi orqali yo‘naltirmoqda. Jamg‘arma AQSHning xususiy xavfsizlik va logistika firmalariga tayanadi va Isroil kuchlari tomonidan qo‘riqlanadigan hududlarda bir nechta tarqatish joylarini boshqaradi.
Isroil HAMAS foydalanmasligini ta’minlagan holda, 2 milliondan ortiq odam yashaydigan G‘azoga yordam berishda davom etishini bildirgan. HAMAS Isroil ochlikdan qurol sifatida foydalanayotganini da’vo qilgan.
BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi rahbari Filipp Lazzarining 18-iyun kuni X’dagi postida yordam tarqatishning amaldagi tizimini “sharmandalik va jamoaviy ongimizga dog‘” deb atagan.
Isroilning G‘azoga harbiy hujumi, G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 55,6 mingga yaqin falastinlikni o‘ldirgan. Hududning deyarli barcha aholisini ko‘chirgan va og‘ir ochlik inqiroziga sabab bo‘lgan.
Jahon oziq-ovqat dasturi 18-iyun kuni G‘azoda oziq-ovqat ta’minotini sezilarli darajada oshirishga chaqirgan. So‘nggi 4 hafta ichida G‘azo ichkarisiga jo‘natilgan 9000 tonna zarur bo‘lgan mahsulotlar aslida juda kam ekani ta’kidlangan.
Izoh (0)