• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boshqalar

    “Markaziy Osiyo – Xitoy” hamkorligi: yangi bosqich sari

    Bugun Ostona shahrida “Markaziy Osiyo - Xitoy” ikkinchi sammiti bo‘lib o‘tadi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirok etadi.

    Oxirgi yillarda Markaziy Osiyo ochilayotgan imkoniyatlarni birgalikda amalga oshirishga qodir bo‘lgan yanada jips mintaqaga aylandi. Markaziy Osiyo ruhi paydo bo‘ldi. Xalqaro minbarlarda davlatlarimiz ovozi butun bir mintaqani ifoda etgan holda yanada zalvorli va ahamiyatli bo‘lib bormoqda.

    Samarali hamkorlikni belgilab beruvchi “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati nafaqat ikki tomonlama, balki ko‘p tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda muhim platformaga aylanmoqda.

    Markaziy Osiyo hozir 80 million kishi yashaydigan, 450 mlrd. dollar qiymatidagi yalpi ichki mahsulotga ega hudud. Bu yerda jahon neft va gaz zaxiralarining 7 foizi, raqamli va yashil transformatsiya uchun zarur bo‘lgan o‘ta muhim nodir materiallarning katta zaxiralari to‘plangan. Xususan, mintaqada mavjud 10 turdagi o‘ta muhim materiallar zaxirasi 5,2 foizdan 38,6 foizgacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.

    Markaziy Osiyo mintaqasining Xitoy bilan savdo hajmi jadal sur’atlarda o‘smoqda. Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda Xitoyning Markaziy Osiyo bilan savdo aylanmasi 95 mlrd dollarga yetdi. Savdo hajmini oshirish bo‘yicha hali ishga solish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar yetarlicha.

    Markaziy Osiyo raqobatbardosh mehnat resurslari ko‘payib borayotgan mintaqa hisoblanadi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilga borib mintaqa aholisi 100 milliondan oshadi. Shu bilan birga, u eng yosh mintaqalardan biri bo‘lib qoladi –aholining o‘rtacha yoshi 30 ga yaqin bo‘ladi. Bu raqamlar mintaqaning salohiyatini ko‘rsatish bilan birga hududda istiqomat qilayotgan aholi uchun munosib shart-sharoit yaratish zarurligini ham bildirmoqda. Aynan joriy yilning 17 iyun kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi ikkinchi sammit ham ushbu maqsad sari qilingan harakatlardan biridir.

    Ta’kidlash joizki, hozirda Markaziy Osiyo 10 dan ziyod “Markaziy Osiyo+” formatlari doirasida 40 ga yaqin davlat va ikkita mintaqaviy tashkilot bilan faol hamkorlik qilmoqda. Shu formatlarning o‘zi ham Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro manfaatli halqaro aloqalarni ko‘zlagan, ko‘p vektorli siyosat olib borayotganini namoyon qilmoqda.

    Bu formatdagi birinchi sammit Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2023 yil 18-19 may kunlari Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu sammit Markaziy Osiyo-Xitoy munosabatlarining yangi davrga kirishini boshlab bergan edi, desak aslo mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

    Ushbu sammitda Prezidentimiz savdo, investisiya, transport va gumanitar, ekologiya sohalari bo‘yicha konseptual taklif va tashabbuslarni ilgari surgan edi. Xususan, 6 davlatning milliy rivojlanish strategiyasini bog‘lash, “yangi iqtisodiy muloqot”ni shakllantirish, o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va mintaqa davlatlarining 2030 yilga borib Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmini 2 baravar oshirishni taklif qilgan edi.

    Ostonada bo‘lib o‘tadigan ikkinchi sammitning asosiy ahamiyati mintaqaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish va yangi istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlashdan iborat.

    “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitida mintaqa davlatlari rahbarlari va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etadi. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga sammit doirasida O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Raisi bilan ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Yakunda salmoqli qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

    Umuman olganda, “Markaziy Osiyo – Xitoy” hamkorligining yangi sur’atlari mintaqaning jahon siyosati va iqtisodiyotidagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz. Kutilayotgan ushbu sammit ana shu ezgu yo‘ldagi yana bir muhim qadam bo‘ladi.

    Anvarjon Mirkomilov, 
    “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i

    17 iyun, 17:33   Izoh (0)   2403
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uzbekistan: Land of Talents promoushn kampaniyasi O‘zbekistonni futbol mamlakati sifatida namoyish etadi

    16 iyun, 17:57

    “Bugun tug‘ilgan muammoni keyingi kunga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi” — Prezident selektorida aytilgan 10 ta muhim masala

    16 iyun, 17:37

     “O‘zkimyosanoat” korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi eng nufuzli xalqaro standart sertifikatiga ega bo‘ldi

    13 iyun, 21:13

    "O‘zbekiston – iste'dodlar zamini" yoshlar harakati muvaffaqiyatli boshlandi!

    12 iyun, 18:16

    Investision muhit jozibadorligi — O‘zbekiston iqtisodiy diplomatiyasining yutug‘i

    11 iyun, 14:03

    Qadimgi misrliklar nega ko‘zlariga surma qo‘ygan?

    11 iyun, 10:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.