Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yangi bosqichga kirdi. Davlat siyosatida shaffoflik, xolislik va masʼuliyatli boshqaruvni taʼminlash maqsadida iqtisodiyotning barcha sohalarida xalqaro standartlarga muvofiq tizimlar joriy etilmoqda.
Shu nuqtai nazardan, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida ham korrupsiyaga qarshi samarali boshqaruv tizimi shakllantirildi.
Jamiyat “CERT International” xalqaro akademiyasi tomonidan muvaffaqiyatli auditdan o‘tib, korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi eng nufuzli xalqaro standart — ISO 37001:2016 sertifikatiga ega bo‘ldi.
Joriy yilning 12-iyun kuni “O‘zkimyosanoat” AJda mazkur sertifikatni topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “CERT International” xalqaro akademiyasi rahbari Riad Ibragimov, “O‘zkimyosanoat” AJ rahbariyati va xodimlar ishtirok etdi.
ISO 37001:2016 – bu korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini joriy etish, ishlatish, kuzatish, tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha xalqaro ko‘rsatmalar va talablarni belgilovchi standart. U tashkilotlarga ichki va tashqi korrupsion xavflarni aniqlash, ularni oldini olish va samarali boshqarishga ko‘mak beradi.
Sertifikatni qo‘lga kiritish nafaqat tashkilotda shaffof boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, balki uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro hamkorlar ishonchini mustahkamlash va global bozorda raqobatbardoshligini taʼminlashga xizmat qiladi. ISO 37001:2016 standarti xalqaro biznesda ishtirok etayotgan kompaniyalar uchun muhim shartlardan biriga aylangan.
Izoh (0)