• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Samarqand

    Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

    Samarqand viloyatida 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu hqda O‘zA xabar berdi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Keltirilishicha, Samarqand viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Kengash a’zolari, viloyatdagi boshqarma va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda uning tasarrufidagi tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar va bu boradagi qonunchilik ijrosini o‘rganish yakunlari tahlil etildi.

    Tegishli dasturlar doirasida bandlik organlari va hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan viloyatdagi bank muassasalari tomonidan 2023-2024-yillar va joriy yilning 4 oyida 98 ming fuqaroga 1 trillion 803 milliard so‘m kreditlar ajratilgan, 12,1 ming nafar yurtdoshga 63 milliard so‘mlik subsidiyalar berilgan va 207 ming nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgan.

    Qayd etilishicha, sohada manfaatlar to‘qnashuviga oid hamda korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar saqlanib qolmoqda. Xususan, joriy yilning birinchi choragida 3300 dan ortiq holatda hisobotlarga qo‘shib yozilishi aniqlangan va buning natijasida 80 dan ortiq hokim yordamchisi va boshqa mas’ullarga nisbatan intizomiy, ma’muriy va jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi (19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi). 3 milliard so‘mlik subsidiya, nafaqa va kredit mablag‘lari talon-toroj qilingan.

    Hokim yordamchilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning salmoqli qismi Samarqand shahri, Urgut, Ishtixon va Oqdaryo tumanlari hisobiga to‘g‘ri kelsada, mahalliy hokimlik idoralari yoki bandlik organlari tomonidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazilmagan.

    Bandlik organlarining “Yagona milliy mehnat tizimi” elektron platformasi orqali amalda ish bilan band bo‘lgan yoki o‘zini-o‘zi band qilgan 155 nafar fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobarigacha miqdorda subsidiyalar berilgan. Bunday holatlarga asosan Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Narpay, Jomboy, Oqdaryo, Bulung‘ur Samarqand va Payariq tumanlarida yo‘l qo‘yilgan.  

    2023-2024 yillarda byudjet mablag‘lari hisobidan ta’minotchi korxonalardan sotib olingan 63 milliard so‘mlik asbob-uskunalar joylarga olib borilib, hokim yordamchilari ishtirokida ishsiz fuqarolarga topshirilgan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Ammo ijtimoiy reyestrdagi fuqarolarga yordam tariqasida subsidiyalar berish yo‘nalishida ham suiiste’mollikka yo‘l qo‘yilayotgani kuzatilmoqda.  

    “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunda davlat muassasalari  xodimlariga manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq, ayniqsa, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda cheklovlar o‘rnatilgan. Ammo bandlik organlarining 12 nafar xodimi va 25 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlik sub’yekti tashkil qilib, boshqarib kelgan.

    Yig‘ilishda mazkur holatlar yuzasidan viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda boshqa tashkilotlar rahbarlaridan izoh so‘raldi.

    Korrupsiyaga qarshi choralar

    O‘zbekistonda korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi.

    Korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha “Andijon tajribasi” asosida barcha hududlar tomonidan “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, ijroga qaratilgani, korrupsiyaning oldini olish, ayniqsa, maishiy korrupsiyaga barham berish, hududlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhit yaratish maqsadida yangi mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tuzilgan Respublika va hududiy ishchi guruhlarining vazifalari birma-bir ta’kidlab o‘tilgan. 

    O‘zbekistonda korrupsiya jinoyatligiga qaramay respublika dunyoning eng korrupsiyalashgan davlatlaridan biriligicha qolmoqda. Bu haqda Transparency International tashkiloti eʼlon qilib kelayotgan indekslarda qayd etilgan. Masalan, tashkilotning 2024-yilda 180 ta davlatni qamragan korrupsiya reytingida O‘zbekiston 121-o‘rinni egallagan. Umumiy 100 ballik baholashdan bor–yo‘g‘i 32 ball to‘plagan. Jami 50 balldan past natija davlatda korrupsiya yuqori darajada ekanini anglatadi. Shu bois, muammoga qarshi kurashish bugun yanada dolzarb ahamiyatga ega. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bu masala keng tahlil qilindi.

    Qayd etilishicha, hozir O‘zbekistonda korrupsiyaviy jinoyatlarning 75 foizi tuman va mahallada maishiy korrupsiya shaklida sodir etilmoqda. Jumladan, infratuzilmaga ulanish, litsenziya olish, imtiyozli kredit ajratish, ishga qabul qilish, malaka oshirish kabi yo‘nalishlarda korrupsiya omillari ko‘p.

    4 iyun, 17:53   Izoh (0)   2203
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #amaldor#mansabdor#jinoiy ish#jinoyat#korrupsiya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2014-yilda 20 nafar mansabdor shaxs jinoiy, 807 amaldor ma’muriy javobgarlikka tortilgan

    05.11.2014, 10:08

    Shanxay merining sobiq o‘rinbosari korrupsiya bilan bog‘liq ish sabab egallab turgan barcha lavozimidan chetlashtirildi

    12.02.2021, 08:44

    Qirg‘izistonda “Qumtor” oltin koni bo‘yicha to‘rtta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ularning ishtirokchilari — sobiq bosh vazir va deputatlar

    18.05.2021, 16:10

    Qirg‘iziston hukumati va Kanada kompaniyasi nima sababdan “Qumtor” oltin konini bo‘lisha olmayapti?

    06.08.2021, 08:24

    DXRda respublika Oliy sudi sudyasiga suiqasd uyushtirildi

    05.11.2022, 14:09

    Tojikistonda 124 nafar mansabdorning farzandlari armiyaga xizmatga chaqirildi

    10.11.2022, 17:40

    Qozog‘istonda aholi ishda spirtli ichimlik ichgan hokimni himoya qildi

    30.03.2023, 19:52

    Qashqadaryoda ta’lim tizimidagi mansabdor og‘zaki topshiriq bilan ishdan haydaldi. Buyruq chiqmasidan uning o‘rnida yangi xodim ishlamoqda

    05.05.2023, 19:29

    Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi

    26.07.2023, 08:50

    Toshkentdagi qamoqxonada jazo o‘tayotgan sobiq amaldor nikohdan o‘tdi (video)

    05.03.2024, 18:52

    Xalqaro jinoiy suddan Medvedev, Solovyov va Kisilyovni hibsga olish uchun order berish so‘raldi

    07.06.2024, 09:04

    Andijonda 44 nafar amaldor jarimaga tortildi

    25.08.2024, 11:49

    Shimoliy Koreyada suv toshqinining oldini olmagan 30 nafargacha amaldor qatl etildi — OAV

    04.09.2024, 13:40

    Tuman hokimidan prezidentgacha: O‘zbekistonning yaqin tarixida joniga qasd qilingan olti amaldor

    02.12.2024, 12:45

    Ming dollardan 1 million dollargacha: Poraxo‘rlikda ayblangan hokim va “zamhokimlar”

    15 yanvar, 11:52

    Qo‘rquv, to‘daga qo‘shilgan amaldor shoirlar va Islom Karimov bilan munosabati haqida. Xurshid Davron bilan katta intervyu 

    15 mart, 13:12

    “Televizorda ko‘rib qolsa, topshiriq ijrosini so‘rab qolishi mumkin edi” — Xurshid Davron Karimov davrida sanʼatkorlarga taqiq qanday qo‘yilgani haqida

    17 mart, 21:05

    Ukrainaga 30 dan ortiq davlat harbiylarini yubormoqchi  

    18 mart, 09:10

    Rossiya muzokaralarda Donetsk, Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlari hududini talab qilmoqda

    25 mart, 09:48

    Oq uyda mojaro: jurnalist prezident jamoasining maxfiy chatiga “bexosdan” qo‘shib yuborildi

    25 mart, 17:10

    Hindistonda komik aktyorga mahalliy amaldor haqidagi hazili tufayli jinoiy ish qo‘zg‘atildi 

    26 mart, 19:05

    Ishxonasida psixotrop modda iste’mol qilgani aytilgan andijonlik amaldor ishdan olindi 

    10 aprel, 10:08

    Psixotrop modda isteʼmol qilgani uchun ishdan olingan amaldor, mashinasini stadiondagi odamlar ustiga haydagan haydovchi, daraxtga urilgan “Gazel”: 10-aprelning en...

    10 aprel, 22:59

    Zelenskiy ofisi ayollarni armiyaga majburiy chaqirishni taklif qildi

    13 aprel, 21:25

    Polsha bosh vaziri Erdo‘g‘onning sovg‘asi tufayli uch yillik qamoq jazosiga tortilishi mumkin

    7 may, 19:05

    AQSHda xaker aloqa xizmati bazasiga kirib, 60 ga yaqin amaldorning ma’lumotlarini o‘g‘irladi

    21 may, 23:35

    KXDRda esminets halokati munosabati bilan to‘rt nafar amaldor qamoqqa olindi 

    27 may, 09:49

    Qozog‘iston kartoshka narxi oshishida O‘zbekistonni aybladi

    2 iyun, 15:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avtosanoat, farmatsevtika, energetika: O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida qator loyihalar amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 14:16

    AQSH migratsiya xizmati dunyodagi eng mashhur tiktoker Habi Leymni mamlakatdan chiqarib yubordi

    Layfstayl | 9 iyun, 14:09

    O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 50 mlrd dollarni tashkil etdi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 14:03

    AirPods quloqchinlari endi odam qachon uxlaganini aniqlab, musiqani to‘xtata oladi

    Layfstayl | 9 iyun, 13:42

    Yevropada qizamiqdan kasallanish holatlari tez suratda ko‘paymoqda

    Dunyo | 9 iyun, 13:22

    O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 13:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.