• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda chiqindi tozalash xizmatlaridan qancha tushum bo‘lgani ochiqlandi

    O‘zbekistonda 2024-yilda va 2025-yilning dastlabki uch oyida chiqindi tozalash xizmatlaridan “Yagona elektron tizim” orqali 1,38 trillion so‘mlik tushum qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi matbuot kotibi Dilnoza Komilova 2024-yil va 2025-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni taqdim etdi.

    Brifingda qayd etilishicha, maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini yaxshilash maqsadida 2024-yilda va joriy yil boshida 313 ta maxsus texnika, 3 800 dan ortiq konteyner, 3 ta chiqindi saralash hamda 11 ta qayta ishlash uskunasi xarid qilinib, sanitar tozalash korxonalariga yetkazildi.

    Aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Toza makon” yagona billing tizimi va mobil ilovasi ishga tushirildi. Tizim elektron to‘lov xizmatlari bilan to‘liq integratsiyalashgan bo‘lib, foydalanuvchilarga onlayn to‘lovlarni amalga oshirish va hisobvaraqlarni real vaqt rejimida ko‘rish imkonini beradi.

    Bugungi kunda mamlakat bo‘yicha 7,2 millionta abonent, ya’ni 63 foiz aholiga sanitar tozalash xizmati ko‘rsatilmoqda. “Toza makon” tizimida jismoniy shaxslarning 73 foizi shaxsiy identifikatsiya raqami, 94 foizi esa kadastr raqami asosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

    2024-yilda va 2025-yilning dastlabki uch oyida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun “Yagona elektron tizim” orqali 1,38 trillion so‘mlik tushum qayd etildi. To‘lov intizomi 90 foizni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, 2025-yil iyulidan to‘lov intizomi elektr energiyasi tizimi bilan bog‘lanib tartibga solinadi.

    Agentlik tomonidan xorijiy investitsiyalar jalb qilinib, Xitoy, AQSH va Janubiy Koreya kompaniyalari bilan chiqindilarni termik qayta ishlash va energiya ishlab chiqarish loyihalari boshlangan. Ushbu yo‘nalishdagi 933 million AQSH dollarlik loyihalar orqali 7 ta viloyatda chiqindi yoqish zavodlari barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda yiliga 3,6 million tonna chiqindidan 1,6 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

    Respublikada chiqindilarni nazorat qilish, ularni yig‘ish va tashish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida GPS va onlayn kuzatuv tizimlari joriy qilindi. 39 ta chiqindi yig‘ish maydonchasi va 219 ta maxsus texnikaga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

    2024-yilda aholidan 14,8 million tonna maishiy chiqindi yig‘ilgan bo‘lib, shundan 766 ming tonnasi qayta ishlangan. Shuningdek, 5 779 ta fuqarolik murojaatlari ko‘rib chiqilib, ularning 82 foiziga ijobiy yechim topilgan.

    Prezident farmoni asosida 42 ta chiqindi poligoni tartibga keltirilib, ularning 29 tasi rekultivatsiya qilindi va 81 gektar yer maydoni ekologik xavfdan xoli holga keltirildi. Aholini ekologik madaniyatga jalb qilish maqsadida ommaviy plogging eko-aksiyalari va “Dolzarb 10 kunlik” tozalik tadbirlari o‘tkazilib, respublika bo‘yicha 135 ming tonnadan ortiq chiqindi bartaraf etildi.

    O‘zbekistonda yil boshidan buyon 4 000 ga yaqin noqonuniy chiqindi tashlash holati aniqlandi. Ayni damda Ekologiya vazirligi Situatsion markazi tomonidan respublika miqyosida jami 250 ta onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, tun-u kun nazorat qilinadi. 

    O‘zbekistonda 80 gektardan ortiq yer maydoni chiqindi poligonlaridan tabiatga qaytarildi. Hozir chiqindixonalarda atmosferaga chiqarilayotgan tashlanmalarni monitoring qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha suv havzasi, sanitar burchaklar, qorovulxona, hojatxona hamda suv quduqlari, dizbaryer qurilmasi barpo etilib, uzluksiz elektr va ichimlik suvi ta’minotiga e’tibor qaratilyapti. 
     
    Jumladan, Ekologiya vazirligi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi tomonidan poligonlardagi 300 ga yaqin maxsus texnikalarga zamonaviy GPS nazorat tizimi o‘rnatilgan. Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 78 ta maxsus texnika xarid qilinib, hududlarga tarqatilgan. 
     
    Hozirda jami 184 ta maishiy chiqindi poligonidan 39 tasi tartibga keltirilib, o‘rtacha 70-80 sm tuproq qatlami bilan yopildi, aholi salomatligi, atrof-muhit va ekologiyaga salbiy ta’siriga chek qo‘yilib, yerlar tabiatga qaytarildi. 
     
    Joriy yilning birinchi choragida Toshkent, Namangan, Andijon, Buxoro, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarining jami 14 ta tumanda joylashgan qattiq maishiy chiqindi poligonlarida surish, zichlash, tekislash ishlari amalga oshirildi. 37 ta chiqindi poligoni avtotarozi va kuzatuv kameralari bilan jihozlanmoqda. 
     
    Shuningdek, 2025-yil davomida 18 ta chiqindi poligonini rekultivatsiya qilib, tuproq qatlami bilan yopish maqsad qilingan. 
     
    “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida respublika bo‘yicha 2024-yilda 123 ta chiqindi poligoni atrofida 461,0 ming tup hamda 2025-yil bahor mavsumida 130 ta chiqindi poligoni atrofida 367,7 ming tup terak, tut, qayrag‘och, saksovul, tol va boshqa turdagi daraxt ko‘chatlari ekilib, “yashil belbog‘”lar tashkil etildi. 

    4 iyun, 18:30   Izoh (0)   1565
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #chiqindi#maishiy chiqindi#sanitar tozalash

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahri, Buxoro va Namangan viloyatlari maishiy chiqindilar bo‘yicha xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi

    18.12.2023, 11:27

    Ko‘p qavatli uylar oldidagi chiqindixonalarda ayrim chiqindilar sotib olish yo‘li bilan qabul qilinadi

    08.01.2024, 10:22

    Asakada chiqindidan yiliga 2 mln kilovatt soat elektr ishlab chiqaradigan loyiha ishga tushiriladi

    19.02.2024, 22:48

    O‘zbekistonda qayta ishlanadigan foydali chiqindi aholidan sotib olinadi

    29.03.2024, 14:26

    Surxondaryoda yil davomida qancha chiqindi chiqarilishi ma’lum qilindi 

    01.04.2024, 17:22

    O‘zbekistonning yana 5 ta hududida chiqindi xizmatlari uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi 

    18.04.2024, 18:40

    Xorazm viloyatida chiqindi xizmati uchun tariflar oshirildi

    29.05.2024, 11:21

    Qashqadaryoda 351 ming xonadonning chiqindidan asossiz qarzdorligi bo‘yicha to‘lovlari qayta hisoblandi

    08.06.2024, 08:59

    O‘zbekistonda chiqindidan qarzini to‘lash uchun fuqarolarga 5 kun muhlat beriladi 

    24.12.2024, 15:17

    Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida chiqindi xizmati tariflari oshdi

    31 yanvar, 17:29

    O‘zini haqorat qilayotganlarni javobgarlikka tortmoqchi bo‘layotgan Alisher Qodirov, MTRKga qarashli telekanallarda o‘zgargan rahbarlar, faoliyati tugatiladigan Ip...

    31 yanvar, 22:30

    O‘zbekistonda 2024-yilda qancha shisha chiqindi qayta ishlangani ochiqlandi 

    10 fevral, 19:46

    Namanganda chiqindi tashish xizmati uchun aholidan 18 mlrd so‘mdan ortiq pul asossiz olingani aniqlandi

    11 fevral, 13:20

    Navoiy va Toshkent viloyatlarining ayrim hududlarida chiqindi xizmati tariflari oshdi 

    13 fevral, 16:45

    O‘zbekistonda suv va “svet” bo‘yicha iste’molchilardan bir yilda 12 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha pul olingan

    24 fevral, 16:24

    Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga qarshi reyd boshlandi

    12 mart, 14:20

    Toshkentda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlardan 1 kunda qancha jarima undirilgani ma’lum qilindi

    14 mart, 10:55

    Farg‘ona viloyatida chiqindi to‘plash xizmatlari uchun yangi to‘lov tariflari belgilandi 

    24 mart, 17:45

    O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi

    25 mart, 15:50

    O‘zbekistondagi chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

    26 mart, 11:05

    Toshkent tirbandlik darajasi bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda?

    14 aprel, 11:57

    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

    8 may, 16:35

    O‘zbekistonda yil boshidan buyon qancha noqonuniy chiqindi tashlash holati aniqlandi?

    10 may, 22:00

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    10 may, 22:25

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    11 may, 23:50

    To‘rtta hududda qariyb 1 mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    15 may, 08:40

    Tayvan o‘zining so‘nggi atom stansiyasini yopadi

    15 may, 18:45

    Kartoshkani po‘stlog‘i bilan yeyish mumkinmi?

    23 may, 16:40

    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

    23 may, 18:00

    O‘zbekistonda ekologik nazoratda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalaniladi

    25 may, 15:50

    O‘zbekistonda avtomobildan chiqindi tashlaganlik uchun jarima miqdori oshirilishi mumkin

    28 may, 16:58

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    28 may, 23:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.