• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Musiqa Boshqalar

    Jahon yulduzlarining shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, biroq uzoqqa cho‘zilmagan sevgi hikoyalari

    Gollivud yulduzlarining hayoti ko‘pincha ertakka o‘xshaydi: omma oldidagi muhabbat izhorlari, qimmatbaho uzuklar, dabdabali to‘y haqidagi orzular. Ammo turmush qurish qarori va dabdabali unashtiruvdan keyin ham to‘y bo‘lmaslik ehtimoli yuqori. Maqolada unashtiruvi to‘satdan buzilgan eng mashhur yulduzlarning sevgi hikoyalari haqida so‘z boradi.

    Foto: Instagram

    Ba’zida jamoatchilik bosimi, shaxsiy muammolar yoki ikkilanishlar eng chiroyli rejalarning ham barbod bo‘lishiga olib keladi. 

    Jennifer Lopes va Ben Afflek

    Foto: Instagram

    2000-yillarning boshlarida dunyo tomoshabinlari Bennifer juftligining munosabatlari rivojini katta qiziqishlar bilan kuzata boshladi. Ularning muhabbati film suratga olish maydonida boshlanadi. Ko‘p o‘tmay Ben Jenniferga mashhur Harry Winston’ning 6 karatli pushti olmos uzugi bilan turmush qurishni taklif qiladi. Bu uzuk darhol butun dunyoda muhokama markaziga aylanadi.

    To‘y 2003-yil sentyabriga belgilangan, yuzlab mehmonlar taklif qilingan, barcha tayyorgarliklar yakunlangan edi. Ammo marosimga atigi bir necha kun qolganda kutilmagan xabar — to‘y qoldiriladi.

    Rasmiy sabab ommaviy axborot vositalarining bosimi, ularning “bu ajoyib kunni his qilish imkonini yo‘qqa chiqargani” deb ko‘rsatiladi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay ayon bo‘ladiki, masala faqat jurnalistlar bosimi emas edi. Doimiy e’tibor, zo‘rayib borayotgan bosim va, ehtimol, ikkilanishlar juftlik orasida ziddiyat keltirib chiqargan. Nihoyat, 2004-yil yanvarida ular ajralganini rasman e’lon qiladi.

    Ammo 2021-yilda Bennifer yana butun dunyoni hayratga soldi. Oradan qariyb 20 yil o‘tib, ular munosabatlarini tiklashdi. 2022-yilda esa ikki marotaba to‘y qildi — biri sirli tarzda Las Vegasda, ikkinchisi esa tantanali tarzda Jorjiyada. Go‘yo baxtli yakun ro‘yobga chiqqanday edi.

    Ammo bu urinish ham muxlislar orzu qilganidek tugamadi. 2024-yilda Jennifer Lopes va Ben Afflek ajrashish uchun ariza topshirdi.

    Ularning muhabbati ikki bora katta va’dalar bilan boshlangan, lekin har safar ayriliq bilan yakunlangan go‘zal, ammo murakkab sevgi hikoyasiga aylandi.

    Ariana Grande va Pit Devidson

    Foto: Instagram

    2018-yil may oyida mashhur qo‘shiqchi Ariana Grande va komik aktyor Pit Devidson uchrashishni boshlaydi. Oradan bir oy o‘tib, iyun oyida ular unashtirilganini e’lon qilishdi. Pit Arianaga deyarli 100 ming dollar turadigan yirik, noksimon olmos uzuk taqdim etdi. Ularning muhabbati haqiqiydek edi: bir xil tatuirovkalar, ijtimoiy tarmoqlardagi doimiy muhabbat izhorlari, birga jamoat oldida chiqishlar…

    Ammo oradan atigi to‘rt oy o‘tib, 2018-yil oktyabrida bu ertak yakuniga yetdi. Turli manbalar voqea juda tez rivojlanganini aytishdi. Juftlik shunchaki bunday jiddiy qadamga tayyor emasligini anglab yetgan. Bundan tashqari, Ariana uchun og‘ir zarba bo‘lgan voqea ham bor edi: sentyabr oyida uning sobiq sevgilisi — rep ijrochisi Mak Miller fojiali tarzda vafot etdi. Bu hodisa Arianani ruhiy jihatdan larzaga soldi. Ustiga ustak, ularning har bir qadami OAV va jamoatchilik tomonidan kuzatilib, tahlil qilinayotgan edi.

    Pit keyinchalik intervyularida tan olgan: Millerning vafotidan so‘ng u Arianaga bo‘lgan munosabatlariga nuqta qo‘yish vaqti kelganini anglagan. Ajralish og‘riqli kechdi — tatuirovkalarni o‘chirishga to‘g‘ri keldi, uzukni esa Ariana qaytarib bergan.

    Selena Gomes va The Weeknd

    Foto: Instagram

    Rasmiy ravishda uzuk taqdim etilmagan va “unashtirilgan” maqomi bo‘lmasa-da, bu juftlik ushbu ro‘yxatdan chetda qololmaydi. Chunki ularning muhabbati shunchalik jiddiy va ochiq bo‘lganki, to‘y haqidagi mish-mishlar doimo muhokama markazida bo‘lgan. Selena Gomes va Abel Tesfaye (The Weeknd) 2017-yil boshida uchrashishni boshlagan, munosabatlari tez sur’atda rivojlangan. Juftlik ko‘plab jamoaviy tadbirlarda, jumladan, Met Gala’da birga ko‘ringan, birgalikda sayohat qilgan. Hatto Abel Selenani o‘z oilasi bilan tanishtirgan edi.

    Manbalarga ko‘ra, ular birga yashay boshlashgan va jiddiy kelajak, jumladan, to‘y haqida ham suhbatlar bo‘lgan. Ammo 2017-yil kuzida, deyarli 10 oylik munosabatdan so‘ng, juftlik ajraldi. Bunga bir nechta sabablar ko‘rsatilgan: avvalo, har ikkala san’atkorning juda tig‘iz ish jadvali, shuningdek, Selenaning salomatligi bilan bog‘liq murakkab davri — lupus (tovon bezi yallig‘lanishi) kasalligi va bu sababli bo‘lib o‘tgan buyrak ko‘chirib o‘tkazish jarayoni.

    Bundan tashqari, paparatssilar Selenani tobora ko‘proq uning sobiq sevgilisi — Jastin Biber bilan birga payqashgan. Bu holat juftlikning ajralishiga ta’sir qilganmi yoki yo‘qmi — bu borada aniq ma’lumot yo‘q.

    Merayya Keri va milliarder Jeyms Peyker

    Foto: Instagram

    2016-yil yanvarda mashhur xonanda Merayya Keri avstraliyalik milliarder Jeyms Peyker bilan unashtirilganda, butun dunyo hayratda qoldi. Peyker unga taxminan 10 million dollar turadigan, 35 karatli olmos uzuk sovg‘a qilgan edi. Bu haqiqatan ham qirollik darajasidagi unashtiruv edi. Juftlik Bora-Borada hashamatli to‘y o‘tkazishni rejalashtirgan.

    Ammo munosabatlar nikohgacha yetib kelolmadi. 2016-yil oktyabrida, unashtirilganidan bir yil o‘tib, ajralish haqida xabarlar tarqaldi. Ajralish tashabbusi Peykerdan chiqqan. Turlicha sabablar aytildi: Peyker Merayyaning realiti-shoudagi ishtiroki va uning haddan tashqari xarajatlariga norozilik bildirgani, shuningdek, kelajak haqidagi qarama-qarshiliklar asosiy omillar bo‘lgan.

    Merayya esa o‘ziga xos uslubda munosabat bildirdi: u nafaqat o‘sha katta uzukni o‘zida qoldirdi, balki ko‘pchilik fikricha, ajralishga bag‘ishlangan “I Don’t” qo‘shig‘ini ham kuyladi.

    Muhabbat va munosabatlar — murakkab masala, hatto mashhur va boy bo‘lsangiz ham. Unashtiruv — bu faqat va’dadir, garov emas. Ba’zida to‘y oldidan ajralish, qanchalik og‘riqli va oshkora bo‘lmasin, eng to‘g‘ri qaror bo‘lib chiqadi.

    4 iyun, 14:21   Izoh (0)   1913
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Mashhur#Jahon yulduzi#San’atkor#To‘y#Ajrim

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentga Parij milliy operasi yulduzlari tashrif buyuradi

    24.03.2018, 14:00

    Merilin Monro, Sheron Teyt va taqdiri fojiali yakun topgan XX asrning boshqa yulduzlari

    22.08.2020, 09:37

    AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar. 2-qism (foto)

    06.03.2021, 09:53

    Instagram: Lutfulla Sa’dullayevning armoni, Ozoda Nursaidovadan ranjigan Liil Xurramov, tug‘uruqxonadan chiqishi bayramga aylangan Dilso‘z

    10.04.2022, 22:10

    Instagram: O‘zbekistonlik mashhurlardan bayram tabrigi, ayyomda o‘ziga mashina sovg‘a qilgan Feruza Normatova, Sevara qizini ko‘rsatdi

    09.07.2022, 22:30

    Aktrisa bo‘lishni istamagan, baxtini ikkinchi turmushidan topgan, mashhur xonandaning nevarasi Shahzoda Matchonova 35 yoshda (foto, video)

    08.08.2022, 16:33

    Instagram: Madinada o‘zbek muxlisasidan sovg‘a olgan Feruza Normatova, tug‘ilgan kunini nishonlagan xonanda Asal, garderobini ko‘rsatgan Malika Ravshanova

    12.11.2022, 22:45

    Instagram: Umidaxon xonadonida to‘y, “qoshsiz qolgan” Maryam Tillayeva, 1 millionlik dovonga yetgan Bobur Mansurov

    16.03.2023, 22:30

    Bankrot bo‘lgan “paynetchi”, 8 yil kastingdan o‘ta olmagan omadsiz aktyor va Instagram yulduzi Bobur Mansurov 31 yoshda (foto, video)

    31.03.2023, 13:44

    Afsonaviy san’atkorning nevarasi, mashhur aktyorlarning farzandi, professional filolog, xonanda Rayhon 46 yoshda (foto)

    18.09.2024, 17:23

    Vertolyot parragi boshini uzib olgan: fojiali tarzda halok bo‘lgan Gollivud yulduzlari

    27 mart, 14:49

    Uch farzandni asrab olgan, Van Damm e’tiboriga tushgan “Istedim” xit qo‘shig‘i ijrochisi Roza Zargarli haqida nimalarni bilamiz? 

    19 mart, 12:14

    Rolls–Royce’dan tortib Bugatti’gacha: jahon yulduzlarining eng qimmatbaho avtomobillari

    26 mart, 10:50

    Hashamatdan qashshoqlikka: o‘z pullarini havoga sovurgan yulduzlar hikoyalari

    26 mart, 22:35

    Muvaffaqiyatli karyera qurgan, biroq shaxsiy hayotda baxt topa olmagan turk aktrisalari

    26 mart, 17:35

    Qaysi turk aktyori serialning bir qismida suratga tushish uchun 40 ming dollar oladi?  

    28 mart, 14:40

    Chiroyli genetika: turk seriallari yulduzlarining ota-onasi qanday ko‘rinishga ega?

    2 aprel, 11:48

    Ayshvariya Ray birinchi o‘rinda emas: Bollivudning eng badavlat aktrisasi kim?

    3 aprel, 18:57

    Yosh qizga uylangani sabab oilasi bilan janjallashib, yurak xurujini boshdan kechirgan mashhur turk aktyori — O‘zjan Denizning serqirra hayoti

    7 aprel, 08:20

    O‘z aksi, saqich yoki quymoqdan qo‘rqadigan yulduzlar: mashhurlarning g‘ayrioddiy fobiyalari

    15 aprel, 17:55

    2000-yillarning mashhur fransuz yulduzlari hozirda nimalar bilan band?

    10 may, 11:31

    O‘nta bo‘lsa o‘rni bo‘lak: jahon shou-biznesining ko‘p farzandli yulduzlari

    24 may, 16:25

    Kechirilgan xiyonat: Viktoriya va Devid Bekhem shuncha qiyinchiliklarga qaramay oilasini qanday saqlab qoldi?

    27 may, 09:34

    “Matritsa” ham mukammal emas: hammaning e’tiboridan chetda qolgan 5 ta xato

    30 may, 14:23

    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

    29 may, 21:00

    iPhone 16 modeli 2025-yilda dunyodagi eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi

    30 may, 10:24

    Aktyor bo‘lmaganda, film ham bo‘lmasdi: Gollivud yulduzlari uchun maxsus yaratilgan rollar

    30 may, 09:26

    Land Rover o‘zining yangilangan Defender modelini taqdim etdi

    30 may, 08:38

    Milliardlar sarflangan “Qizaloq va maymoq” multfilmi qanday qilib butun dunyoga mashhur bo‘ldi? 

    30 may, 10:50

    Onkolog saraton xavfini ikki baravar oshiradigan mahsulotlarni sanab o‘tdi

    30 may, 12:40

    Gollivud yulduzlari mashhurlikning haqiqiy bahosi haqida ochiq-oydin so‘zlab berdi

    30 may, 11:51

    Havaskorlar o‘rtasidagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuzaga keldi (video)

    30 may, 11:05

    Mashhurlikdan voz kechib, san’atni butunlay tark etgan o‘zbekistonlik san’atkorlar

    30 may, 16:17

    Toshkent Markaziy Osiyodagi top-3 ta shahar qatoriga kirdi

    30 may, 14:35

    Yangi “Garri Potter”ning kichik yulduzlari filmda suratga tushish uchun qancha haq olishadi?

    30 may, 15:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35

    Issiqda ehtiyotkorlik bilan iching: qahva yozda organizmga qanday ta’sir qiladi?

    Layfstayl | 26 iyul, 13:25

    Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi

    Dunyo | 26 iyul, 13:05

    Butunjahon hojatxonalar tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 12:40

    “Manchester Yunayted” “Real” darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 26 iyul, 12:30

    Aydan Shenerdan Hande Erchelgacha: jahonga mashhur turk aktrisalari

    Kino | 26 iyul, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.