• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino

    “Interstellar”ni tushunishga yordam beradigan filmdagi sirli ishora va detallar

    Kristofer Nolanning “Interstellar” filmi 10 yil oldin ekranlarga chiqqan bo‘lsa-da, allaqachon ilmiy-fantastik kinematografiya tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Film odamzod uchun yangi yashash joyini izlashga yo‘l olgan uchuvchi Kuper haqida hikoya qiladi. Kosmik kema qora tuynuk orqali boshqa galaktikaga o‘tadi, u yerda ekipaj bir nechta sayyoralarni tadqiq etadi. Voqealar yakunida Kuper insoniyatni qutqarish butunlay boshqa narsada ekanini anglab yetadi.

    Nolan o‘z filmlarida eng mayda tafsilotlarni puxta ishlab chiqadigan rejissyor sifatida mashhur. Ba’zi detallar shunchaki muhitni boyitsa, boshqalari filmni tushunishga yordam beradi.

    1. Saundtrekda kunlarning o‘tishi shifrlangan

    Eng mashhur sirli ishora Xans Zimmerning musiqasi bilan bog‘liq. Qora tuynukdan o‘tgach, “Endyurens” kemasi ekipaji Miller sayyorasiga yetib boradi. U yerda har bir soat Yerdagi 7 yilga teng. Qahramonlar sayyoraga tushganida, musiqaga soatga o‘xshash ritmik taqillash jo‘r bo‘ladi.

    Muxlislar hisob-kitobiga ko‘ra, bu taqillashlar orasidagi vaqt 1,25 soniyani tashkil etadi. Agar buni Yerda o‘tayotgan vaqtga nisbatan hisoblasak, har bir “tiq” bir kunga to‘g‘ri keladi.

    Vaqt mavzusi butun filmni qamrab olgan. Bu nafaqat Kuper qiziga sovg‘a qilgan soatda, balki boshqa jihatlarda ham namoyon bo‘ladi. Masalan, qahramonlarning kosmik kemasi tashqi ko‘rinishidan soat siferblatiga o‘xshaydi: u markaziy bo‘lim atrofida aylanadigan 12 ta blokdan iborat.

    2. Kuper boshini to‘g‘ri egadi

    Kuper insoniyat uchun eng muhim vazifani boshqarishga bejiz tanlanmagan. U kema boshqaruvining nozik jihatlarini a’lo darajada biladigan tajribali mutaxassis. Bu hatto sezilmas detallarda ham namoyon bo‘ladi.

    Doktor Mann bilan uchrashgan sayyoradan jo‘nab ketgach, qahramonlar qo‘nish modulini kemaga ulashga urinishadi va kuchli yuklanishni his qilishadi. Biolog olima Ameliya boshini kema aylanayotgan tomonga egadi va hushini yo‘qotadi. Kuper esa boshini aylanishga teskari tomonda ushlab turadi — bu unga hushdan ketmaslik imkonini beradi.

    3. Formulalarda sovet olimlariga ishora qilingan

    Rossiyalik astronom Vladimir Georgiyevich Surdinning aytishicha, film mualliflaridan biri va ilmiy maslahatchisi bo‘lgan Kip Torn asarda mashhur sovet olimlariga ishora qiluvchi yashirin ma’lumotlarni joylagan.

    Sahnalardan birida Kuperning qizi Myorf (Jessika Chesteyn ijrosida) taxtaga katta lotin harfi va ikkita indeksdan tashkil topgan tenzorlarni yozadi. Odatda bunday harflar yunon alifbosidan olinadi, ammo bu holatda kirill alifbosidan foydalanilgan.

    ЯБ — Yakov Borisovich Zeldovich, AД — Andrey Dmitriyevich Saxarov. Gap shundaki, bir paytlar ular maxfiy loyihalar ustida ishlagan va ismlari shunday yozilgan. Kin Torn bu olimlarning ma’ruzalarida bo‘lgan va rus tilini biladi. Sezilmas havola orqali u o‘qituvchilarga hurmat bajo keltirdi.

    4. Qizining birinchi iborasi film yakuniga ishora qiladi

    Film voqealari o‘n yillar davomida va turli sayyoralarda kechsa-da, asosiy voqealar Myorfning yotoqxonasida ro‘y beradi. Avvaliga qandaydir arvoh uning javonidan kitoblarni tushirib, fizika qonunlari bilan o‘ynaydi. Ota qizini buni g‘ayritabiiy hodisa deb hisoblamasdan, o‘rganishga undaydi.

    Yosh qizcha shunday deydi: “Men seni arvoh deb o‘ylagandim”. Yerdan uchib ketishidan oldin Kuper rus tilidagi dublyajda shunday deydi: “Biz bu yerga farzandlarimizning xotirasiga aylanish uchun kelganmiz”. Original ibora aniqroq tarjima qilinsa, “Ota-ona bo‘lib, siz farzandlaringiz kelajagining arvohiga aylanasiz”, degan ma’no anglashiladi.

    Finalda ma’lum bo‘ladiki, aynan Kuper qora tuynukdan qaytib kelib, javonlardan kitoblarni tushirgan va Myorfga keyingi harakatlarini ko‘rsatib bergan ekan. Aslida o‘sha “arvoh” Kuperning o‘zi bo‘lib chiqdi.

    5. Kuperning aslida ismi mavjud

    Mettyu Makkonaxi qahramonining ismi Kuper — bu uning familiyasi. Film davomida uning ismi bir marta ham aytilmaydi. U o‘zini aynan shunday deb bilgani uchun film oxirida qahramon “Kuper kosmik stansiyasi” uning sharafiga nomlangan deb noto‘g‘ri o‘ylaydi. Aslida esa bu qahramon qizi Myorfning xizmati.

    Biroq Kupernig ismi ssenariyda yozilgan, unda qahramonning ismi Jozef A. Kuper ekani faqat bir marta tilga olinadi.

    6. Barcha taomlar makkajo‘xoridan tayyorlanadi

    Film boshlanishida Yerda yashash tobora qiyinlashib borayotgani ko‘rsatiladi. Havoda azot miqdori ko‘payib, chang bo‘ronlari boshlanadi, qishloq xo‘jalik ekinlari yo‘q bo‘lib ketadi. Voqealar boshlanish paytida sayyorada faqat makkajo‘xori qolgan.

    Dalani tabiiy ko‘rsatish uchun film ijodkorlari 500 akr (taxminan 2 km²) maydonga makkajo‘xori ekishgan. Kuperlar oilasi faqat makkajo‘xoridan tayyorlangan ovqatlar yeydi: quymoq, sho‘rva, non, qiyom. Bu esa har bir sahna puxta o‘ylab chiqilganini yana bir bor tasdiqlaydi.

    7. “A” reja amalga oshmasligi kerak edi

    Kuperni NASAga olib kelganlarida, professor Brend unga insoniyatni qutqarishning ikki yo‘li borligini tushuntiradi. A rejaga ko‘ra, Yerdan iloji boricha ko‘proq odamni ko‘chirib o‘tkazishdan iborat edi. Agar bu reja amalga oshmasa, B rejaga o‘tiladi — boshqa sayyorani mustamlaka qilish uchun muzlatilgan embrionlardan foydalanish.

    Brend rolini ijro etish uchun rejissyor o‘zining sevimli aktyorlaridan biri — dono va olijanob inson qiyofasini yaratadigan Maykl Keynni taklif etdi. Biroq A rejasi haqida gapirganda, professor hech qanday tafsilotlarni oshkor qilmasdan, doimiy ravishda mavzudan chetga chiqib ketayotganini sezish mumkin.

    8. “Interstellar”da Nolanning sevimli filmlariga ishoralar mavjud

    Ko‘plab zamonaviy rejissyorlar singari Nolan ham qisman fantastika klassikasidan ilhomlanganini tan oladi. Ayniqsa, Stenli Kubrikning “2001: kosmik Odisseya” filmi bilan o‘xshashliklar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu nafaqat vizual qatorga, balki sun’iy intellektli TARS va CASE robotlariga ham taalluqli.

    Shu bilan birga, skafandrlar dizayni 1983-yilda suratga olingan “Haqiqiy yigitlar” filmiga ishora qiladi. Qahramonlarning tor ko‘rinishli kichik dumaloq shlemlari va yelka qalqonlari xuddi o‘sha filmdagidek. Miller sayyorasida suvga qo‘nish sahnasi esa klassik “Maymunlar sayyorasi” filmidan olingandek. Bu sahnada Kuper bir daqiqani ham boy bermaslik kerakligini aytib, “hech qanday maymunchilik qilish kerak emas” deydi.

    Nolan qisman Stiven Spilbergning fantastik filmlariga ham murojaat qilgan, ulardan oila bilan xayrlashish mavzusi va robotlarning hazil-mutoyibali obrazlari o‘zlashtirilgan. Nolan loyihaga kelishidan oldin aynan Spilberg Kip Torn g‘oyalarini ekranga olib chiqishni rejalashtirgandi.

    19 may, 09:50   Izoh (0)   14397
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#filmlar#“Interstellar”#aktyorlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2025-yilda Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ladigan mashhurlar ismi tasdiqlandi 

    28.06.2024, 17:41

    Taniqli Gollivud aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? 

    15 mart, 09:55

    Persona non grata: Gollivudning qora ro‘yxatiga tushgan aktyorlar

    27 mart, 18:45

    Oliy ma’lumotli marketolog, havaskor haykaltarosh, ayollar huquqlari himoyachisi — aktyor Kerem Bursin haqida 9 ta qiziqarli fakt

    29 mart, 19:29

    Yoshligida popkorn sotgan, Gollivud taklifini rad etgan va “yulduzlik kasalligi”ga chalingan Nurgul Yeshilchay 49 yoshda

    27 mart, 16:55

    Gollivudning oltin avlodi: mashhurlikda ota-onasidan o‘zib ketgan aktyor va aktrisalar

    31 mart, 10:55

    Leonardo Di Kaprio, Megan Markl va boshqa kinoyulduzlarining noodatiy hobbilari 

    14 aprel, 13:12

    Warner Bros. va Paramount kompaniyalari YouTube’dagi feyk treylerlardan daromad olmoqda

    1 aprel, 19:45

    Mashhurlikda rafiqasidan o‘ta olmagan va mish-mishlar girdobida yashaydigan Bollivud yulduzi Ajay Devgan 56 yoshda

    3 aprel, 13:48

    O‘rtoq Saaxovning shlyapasi, Jek Nikolsonning boltasi: auksionda rekord narxga sotilgan mashhur filmlar rekvizitlari

    7 aprel, 09:47

    Kinoga tasodifan kirib kelgan va olamshumul mashhurlikka erishgan Gollivud yulduzlari

    11 aprel, 17:01

    Xitoyning eng boy aktyorlari top-7 taligi: Bryus Lining ustozi Ip Man esa 4-o‘rinda

    12 aprel, 11:59

    Xitoyning eng boy aktrisalari top-7 taligi: Dilraba Dilmurat esa oxirgi o‘rinda

    14 aprel, 16:40

    Aktyorlikdan tashqari biznesda ham muvaffaqiyat qozongan Gollivud yulduzlari

    8 may, 00:00

    Tonal kremsiz makiyaj: yuzni yangilashga yordam beruvchi 5 foydali usul

    10 may, 10:40

    Suratga olish maydonchasida janjallashib, dushmanga aylangan Gollivud aktyorlari

    9 may, 15:55

    Farzandlarining aktyor bo‘lishini xohlamaydigan Gollivud yulduzlari

    11 may, 12:30

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    10 may, 22:15

    Lab bo‘yog‘i nega uzoq turmaydi: siz bilmagan 5 xato

    11 may, 19:50

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    11 may, 16:35

    Jonni Deppning sobiq rafiqasi Ember Hyord egizak farzandlarni dunyoga keltirdi

    13 may, 11:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng boy inson Jeff Bezos va Loren Sanchesning nikoh marosimi bo‘lib o‘tishi kutilayotgan 5 hashamatli mehmonxona

    Layfstayl | 9 iyun, 11:38

    Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 11:18

    Xitoy kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda jamoat transportini yangilashga yordam beradi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 11:09

    Tom Kruz yonayotgan parashyut bilan 16 marta sakrab, jahon rekordini o‘rnatdi

    Kino | 9 iyun, 11:04

    FIDE reytingi. Karlsen yetakchi, Abdusattorov 6-o‘rin, Sindorov esa 29-pog‘onadan joy oldi

    Sport | 9 iyun, 10:45

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 10-iyun kuni yomg‘ir yog‘adi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 10:44

    Yozning jaziramasida salqinlik beruvchi 4 xil limonad retsepti

    Retseptlar | 9 iyun, 10:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.