• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Pokiston va Hindiston ziddiyatidan kim yutadi?

    7-may kuniga o‘tar kechasi Hindiston Pokiston hududidagi obyektlarga bir nechta raketa zarbalari yo‘lladi. Rasmiy Dehli bu xatti-harakati bilan Pokistondagi “terrorchilik” infratuzilmalarini yo‘q qilganini eʼlon qildi. Biroq rasmiy Islomobod zarbalar terrorchilarga emas, balki tinch aholi yashaydigan hududlarga berilganini taʼkidlamoqda. Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Hindistonning harakatlarini “urush akti” deb atagan va hujumga javob qaytarishga vaʼda bergan.

    Xo‘sh, ayni damdagi keskinlik ikki davlat o‘rtasida urush olovini yoqib yuborishi mumkinmi? “Daryo” ushbu mavzu atrofida siyosatshunoslar Shoislom Akmalov va Ravshan G‘oziyev bilan suhbatlashdi.

    — Pokiston Hindistonning havo zarbalariga qanday javob qaytarishi mumkin?

    Siyosatshunos Ravshan G‘oziyev:

    — Agar davlatlar o‘rtasidagi mojaro jiddiy tus olib ketsa, bunda Pokiston uchun juda qiyin bo‘ladi. Hindiston Pokistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tadigan Indus, Jhelum, va Chenab daryolari orqali katta suv resurslariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar rasmiy Dehli bu daryolarni bo‘g‘ib qo‘ysa, Pokistondagi ichki vaziyat murakkab tus olishi mumkin.

    Hozir Pokistonda hokimiyat uchun kurash mavjud, hatto sobiq bosh vazir Imronxonni qo‘llab-quvvatlovchilar faollashib qolgan. Shu sababdan Shag‘boz Sharif hukumati Hindiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jiddiy konfliktga kira olmasa kerak.

    Holatga real qarasak, Hindiston bu vaziyatni uzoq vaqtdan beri kutib kelganga o‘xshamoqda. Ayniqsa, Narendra Modi uchinchi muddatga bosh vazir etib saylandi. Bundan tashqari, mamlakat ichida hind millatchiligi kuchaymoqda. Bu narsa Hindistonning ichki va tashqi siyosatida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Hatto Hindistonning ayrim siyosatchilari endi agressiv siyosat olib borishni vaqti kelganini bir necha marotaba ochiq aytdi.

    Biroq Hindistonning bitta zaif tomoni bor. Agar urush boshlanib ketsa, bu mojaro Nepal, Shiri Lanka va Bangladeshga ta’sir qiladi. Shuning uchun Hindiston Hind daryosini to‘sib qo‘yishi orqali Pokistonga bosim o‘tkazishi yoki samolyotlar orqali havodan Kashmirni nishonga olishi mumkin. Lekin bunga Pokistonning javoblari parallel ravishda kuchli bo‘lmaydi.

    — Bu mojaro ortida uchinchi davlat bo‘lishi mumkinmi? Ayrim tahlilchilar beqarorlik ortida Amerika turganini aytmoqda.

    Siyosiy fanlar nomzodi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, Shoislom Akmalov:

    Amerika uchun bu mintaqada beqarorlik keltirib chiqarish, katta mehnat talab qilmaydi. Tegishli “dastaklar” bor. Darhaqiqat, oxirgi vaqtlarda Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar keskinlasha boshladi.

    Ayniqsa, Donald Tramp hokimiyatga kelgach, bu keskinlik ochiq gapira boshlandi. Agar haqiqatda bu ishda Amerikaning qo‘li bo‘lsa, Xitoy va AQSH munosabatlari sovuqlashib ketadi.

    Ravshan G‘oziyev:

    — Tobora Xitoy va AQSH qarama-qarshilik ortib bormoqda. Ayniqsa, bu kurashni Osiyo tinch okeani mintaqasida ko‘rish mumkin. Agar xalqaro munosabatlar tarixiga nazar tashlasak, sovuq urush davri (1945—1990)da Hindiston Sovet ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, Pokiston esa AQSH tomonidan.

    Bu geosiyosiy vaziyat 2000-yillarda o‘zgardi. 2007-yildan boshlab Amerika Pokistonni emas, balki Hindistonni qo‘llay boshladi. Natijada Pokiston Xitoyga yaqinlashishni boshladi.

    Bir mutaxassis “agar siz foydalanadigan sun’iy yo‘ldosh qaysi davlatniki bo‘lsa, o‘sha davlat tomonda turib urushga kirasiz”, degan edi. Bugun Pokistonning sun’iy yo‘ldoshlari Xitoyga tegishli. Shuning uchun Pokiston har qanday vaziyatda Xitoy tomonda turadi. Mana shu Amerika tomonidan qattiq tanqid qilib kelinayotgan edi.

    Hozir Qo‘shma Shtatlar bu vaziyatda neytral pozitsiyada turibdi. Lekin Tramp administratsiyasida Hindistonni qo‘llaydigan odamlar juda ko‘p. Masalan, milliy xavfsizlik kengashida Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktor — Ricky Gill va Federal qidiruv byurosi (FBI) direktori — Kash Patelning millati hind hisoblanadi. Bu orqali Hindiston AQSHdan bir qancha masalalarda yordam ham olmoqda. Shuning uchun ham Narendra Modi o‘zining agressiv siyosatini ochiqchasiga ko‘rsatishga o‘tdi.

    Pokistonda beqarorlik yuzaga kelishi — Xitoy manfaatlariga zarar yetkazadi. Shuning uchun rasmiy Pekin Islomobodga yordam berishi mumkin. Ammo bu istiqbolda Hindiston va Xitoy o‘rtasida mojaroga olib keladi. Bundan esa AQSH manfaatdor.

    Chunki Hindiston Hind okeanining qo‘riqchisi hisoblanadi. Agarda Xitoy va Hindiston munosabatlari sovuqlashsa, rasmiy Dehli Malakka bo‘g‘ozidan Xitoy mahsulotlarini o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Bu yerdan Xitoyning 60 foiz mahsulotlari o‘tadi.

    Xitoy va Hindiston o‘rtasida mojaro faqat Kashmir va Pokiston yuzasidan kelib chiqadi. Kashmirda Aksaychin degan hudud bor, bu yer Xitoyga qarashli. Hindiston esa bu hududni tan olmaydi. Hozirgi Kashmir mojarosiga Xitoy qo‘shilsa, bu global mojaroga aylanib ketadi.

    Suhbatni to‘liq versiyasini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasida ko‘rishingiz mumkin.

    8 may, 16:15   Izoh (0)   4656
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Pokiston#Hindiston#Mojaro#Siyosat#urush#AQSH

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.