Chikago universiteti tadqiqotchilari Quyoshda sodir bo‘layotgan global o‘zgarishlar tufayli besh milliard yildan so‘ng Yerda hayot barham topishini tahmin qilishdi. Bu haqda The Planetary Science Journal jurnali va “Glavniy regional” telekanali xabar bermoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yulduzning qarishi natijasida Quyosh tizimidagi bir nechta sayyora yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Quyoshda harorat ko‘tarilishi bilan Yerda karbonat angidrid gazi miqdori ortib, o‘simliklar nobud bo‘ladi. Natijada ularsiz sayyorada kislorod yo‘qoladi.
“Agar o‘simliklar nobud bo‘lsa, kislorodga bog‘liq bo‘lgan boshqa organizmlar ham yashay olmaydi”, deyiladi maqolada.
Shu bilan birga, tadqiqotchilar insoniyatning o‘sha paytgacha yetib borishiga kafolat bera olmaydilar. Ularning fikricha, odamzodning halok bo‘lishiga Quyoshning qarishi emas, balki vulqonlarning ommaviy otilishi yoki litosfera plitalarining tektonik harakati sabab bo‘ladi.
Dunyodagi eng yirik elektr stansiyasi hisoblangan, o‘rnatilgan quvvati 22,5 GVt bo‘lgan Xitoyning “Uch dara” gidroelektr stansiyasi Yerning aylanishini sekinlashtirgani xabar qilingandi. NASA Goddard kosmik parvozlar markazi geofizigi Benjamin Fong Chaoning aytishicha, ulkan to‘g‘on kunning 0,06 mikrosekundga uzayishiga va sayyora o‘qining 2 santimetrga siljishiga sabab bo‘lgan.
London universiteti kolleji olimlari sayyorani sovitish uchun yangi samolyotlar yaratish o‘rniga mavjudlaridan foydalanish mumkinligini aniqladi. Bu usul atmosferaga quyosh nurini qaytaruvchi va Yer haroratini pasaytiruvchi mayda zarrachalar qo‘shish orqali amalga oshiriladi.
Quyosh yuzasida ulkan koronal “teshik” paydo bo‘lgani, u Quyosh aylanasining chorak qismini qamrab olishi xabar qilingandi. Ma’lum qilinishicha, teshik Yer tomonga yuqori tezlikda quyoshli shamollar to‘lqinini tarqatishi mumkin. Bu esa sun’iy yo‘ldoshlarga zarar yetkazishi va Yerda qutb yog‘dularini keltirib chiqarishi kutilmoqda.
Izoh (0)